«master funksiy» (funksiyalar ustasi) ni qo‘llash funksiyaning yozilishi va uning
hamma argumentlarini sintaktik to‘g‘ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. «master
funksiy» (funksiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panelidagi
Piktogrammasini sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tanlash
lozim.
«master funksiy» (funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega.
Kategoriyalar darchada 11 ta turli xil sohalarga tegishli bo‘lgan funksiyalar
kategoriyalari berilgan. Agar foydalanuvchining maxsus funksiyalari ham
qo‘llanilsa, bu kategoriyalar soni undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Funksiyalar
ro‘yxatidagi kategoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot darchasida shu funksiya
kategoriyasiga tegishli funksiyalarning ro‘yxati chiqadi. Ro‘yxatlar darchasida
funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro‘yxati bilan foydalanish haqida
qisqacha ma’lumot paydo bo‘ladi. Bu quyidagi rasmda keltirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |