tahlilidan ma`lumki, o`rganilayotgan mavzuning ayrim yo`nalishlari bo`yicha
3) O`zbekistonning mustaqilligi davridagi nashrlar.
Каримов И. Ватан равнақи учун ҳар биримиз маъсулмиз. 9-жилд. –Т., «Ўзбекистон», 2001. 286 бет
7
1) O`zbekiston o`z davlat mustaqilligiga erishgandan keyingi davrda
davlatimiz rahbari I.Karimov tomonidan davlat mustaqilligi, uning boshqaruv
tartibi, hokimiyatdagi o`zgarishlar masalalariga e`tiborni qaratdi
4
. O`zbek xalqi
hech qachon hech kimga qaram bo`lmasligi, inson, uning huquq va erkinliklari -
oliy qadriyat ekanligi, Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror
rivojlanishini ta`minlash - bizning oliy maqsadimiz ekanligi, Jahon inqirozining
oqibatlarini engish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan
davlatlar darajasiga ko`tarish kabi masalalarga asosiy e`tiborni qaratdi.
Shuningdek, davlat mustaqilligi davrida joylarda, hokimiyat strukturasida
o`zgarishlar qilishni hayotning o`zi talab qila boshladi. Chunki bozor
munosabitlariga o`tish, tabiiy ravishda joylarda ham boshqaruv tizimiga
o`zgartish kiritish zaruriyatini tug`dirdi
5
.
2) O`zbekiston davlati tomonidan qabul qilingan qonun-qoidalar haqida
so`z yuritganimizda, birinchi navbatda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
haqida fikr yuritamiz. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasi
O`zbekistonning xalq hokimiyatchiligiga bag`ishlangan. Unda «Xalq davlat
hokimiyatining birdan bir manbaidir. O`zbekiston Respublikasida davlat
4
Каримов И.А. Ўзбекистон дунё харитасида ўзига муносиб жой олди.; Қаранг: Каримов И.А.
«Ўзбекистонда демократик узгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқоралик жамияти асосларини
шакллантиришнинг асосий йўналишлари». –Т., «Ўзбекистон» 2002; Озод ва обод Ватан, эркин ва
фаровон ҳаёт - пировард мақсадимиз. -Т., «Ўзбекистон», 2000. 8 жилд; Биз келажагимиз ўз қўлимиз
билан қурамиз. -Т., «Ўзбекистон», 1999. 6 жилд; Ўзбекистон буюк келажак сари. - Т., «Ўзбекистон»,
1998; Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. -Т., «Ўзбекистон», 1996. 1 жилд; 2011
йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда Ўзбекистонни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг
устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги
«2012 йил Ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади» мавзусидаги маърузасини
ўрганиш бўйича ўқув қўлланма. - Т.: «O’qituvchi» НМИУ, 2012; Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-
ижтимоий тараққиётининг мустақиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва
кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари: статистик тўплам. - Т.:
«Ўзбекистон», 2011; Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик
жамиятини ривожлантириш концепцияси. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги
маърузаси. // Халқ сўзи. 2010. 13 ноябрь. 220. (5135).
5
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва
тараққиёт кафолотлари. Т., 1997. 326 б.; Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.: Ўзбекистон,
1999. 7-жилд. 410 6; Ўзбек халқи ҳеч қачон ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т.: Ўзбекистон, 2005. 13-жилд.
446 б; Инсон, унинг ҳуқуқ ва еркинликлари - олий қадрият. Т.: Ўзбекистон, 2006. 14 жилд. 280 б;
Ватанимизнинг босқичма-босқич ва барқарор ривожланишини таъминлаш - бизнингг олий мақсадимиз.
Т.: Ўзбекистон, 2009. 17-жилд. 278 б; Жаҳон инқирозининг оқибатларини енгиш, мамлакатимизни
модернизация қилиш ва тараққий топган давлатлар даражасига кўтариш сари. Т.: Ўзбекистон, 2010. 18-
жилд. 279 б; Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008. 176 б.; Жаҳон молиявий-иқтисодий
инкирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф етишнинг йўллари ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2008. 56
б.; Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: Ўзбекистон, 2013. 4 б.;
8
hokimiyati
xalq
manfaatlarini
ko`zlab
va
O`zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan
idoralar tomonidangina amalga oshiriladi,-deyilgan.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini
o`zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to`xtatib qo`yish yoki tugatish,
hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof
hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo`ladi»,-deb atab
o`tilgan
6
.
11-moddasida esa, «O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi
- hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi
printsipiga asoslanadi»
7
,-deb ko`rsatilgan. Bu demak, O`zbekistonda davlat
boshqaruv usuli olib boriladi, deganidir.
Mamlakatimizning hayotiy muhim manfaatlarini belgilaydi, birinchidan,
shaxsning huquqlari va erkinliklari; ikkinchidan, jamiyatning moddiy va
ma`naviy boyliklari; uchinchidan, davlatning Konstitutsiyaviy tuzumi,
suvereniteti, hududiy yaxlitligini himoya qiladi. Shu bilan birga boshqa hududiy
davlatlar bilan o`z-aro har tomonlama munosabatlarni yaxshilashga zamin
yaratadi.
Shu bilan birga, davlat boshqaruvini ta`minlovchi hujjatlar qabul qilindi.
Konstitutsiya qabul qilingunga qadar bir qator qonunlar qabul qilindi
8
.
Shuningdek, «Inson huquqlari. Inson huquqlari to`g`risida Bill`»;
«Normativ huquqiy hujjatlar to`g`risida» kabi qonun-qoidalar va qonun osti
6
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. –Т., 2012.
7
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 2012.;
8
«Ўзбекистон Республикаси халқ депутатларининг мақоми тўғрисида»ги Қонун, 1990 йил 31 октябрь;
«Ўзбекистон Республикасининг давлат мустақиллиги асослари тўғрисида»ги Қонун, 1991 йил 31 август;
«Ўзбекистон Республикаси Ижроия ҳокимияти - бошқарма идораларини тузилишини такомиллаштириш
тўғрисида»ги Қонун, 1990 йил 3 ноябрь; Ўзбекистон Республикаси «Тошкент шаҳар ҳокимини сайлаш
тартиби тўғрисида» муваққат Низомни тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаш
Риёсатининг Қарори, 1991 йил 25 ноябрь ва бошқалар; 1992 йил 4 январда «Ўзбекистон
Республикасининг маҳаллий ҳокимият идораларини қайта ташкил этиш тўғрисида»ги ва бошқа
Қонунлар.
9
hujjatlari qabul qilindi. Bu hujjatlar O`zbekistonning davlat mustaqilligini va
o`ziga xos siyosatini belgilab berdi
9
.
3) O`zbekistonning mustaqilligi davridagi nashrlar. O`zbekiston o`z davlat
mustaqilligiga erishgandan keyingi davrda ushbu masalalar haqida bir qator
olimlar o`z kitoblarini yaratdilar
10
. Sh.G`oyibnazarov O`zbekistonda davlat
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish borasida olib borilayotgan tub
o`zgarishlar haqida juda keng mulohaza yuritgan. N.Jo`raev O`zbekiston
tarixining milliy istiqlol davriga tegishli qismida davlat strukturasidagi
o`zgarishlar haqida ma`lumotlar beradi. Sh.T.Qudratxo`jaev O`zbekistonda
professional parlament tizimining siyosiy institut sifatida shakllanishi va
rivojlanishi qonuniyatlariga ahamiyat bergan. E.Axmedov esa O`zbekiston
shaharlarining mustaqillik yillarida boshqariluvi, hokimiyatlar roli haqida
mulohaza yuritgan. R.Jumaev esa, siyosiy tizimni demokratlashtirish, xalqaro
tajriba haqida ko`p materiallar va fikrlar bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: