Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

BOSHLANG’ICH SINFLARDA "K
ЕYS" TЕXNOLOGIYASI ASOSIDA TA'LIM 
SAMARADORLIGIGA ERISHISH 
 
RAUPOVA M.M., SUVONOVA S. NavDPI.
 
Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman 
axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilishni, o`quvchilarni musataqil o` 
fikrini erkin bayon eta olishning innovatsion yondashuv asosida dars mazmunini boyitishga xizmat qiladigan shakl, 
vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o'z zimmasiga olmog'i talab etiladi. 
Respublikamiz hukumati tomonidan ta'limni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohasi deb e'lon 
qilinishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratlashuvi va insonparvarlashuvi hamda "Ta'lim to'g'risida"gi 
qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta'lim tizimining rivojlanishiga asos bo'ldi va ta'lim 
tizimida tub islohotlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga 
qodir yosh avlodni shakllantirish - «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy ustuvor yo'nalishidir. Bu esa 
mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarni joriy etish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni 
tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta'lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta'lim boshqaruvini 
demokratlashtirishni o'z ichiga oladi. 
Ijtimoiy voqelik ta'limni boshqarish muammolarini ko'rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo'nalish sifatida 
ajratib olish, ta'lim- tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish 
zaruratini belgilab berdi. Uning o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o'rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari; 
ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini 
oshirdi. 
Turli tipdagi ta'lim muassasalarida amalgam oshirilayotgan ta'limning o'rni va darajasini aniqlashga 
yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina 
ta'lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini 
rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta'lim 
jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta'lim natijalarining jamiyat 
hayotiga ko'rsatadigan ta'sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo'la oladi. Demak, shundagina o'quv-tarbiya 
jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish 
mumkin. 
O'qish, o'qitish — inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar 
nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida 
ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g'oya o'qish-o'qitish faoliyatiga ham taalluqlidir. 
Shu o’rinda yosh avlodga ta’lim – tarbiya asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur 
ko’lamini hosil qilish, ma’naviy axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy – tarbiyaviy ishlarni samarali 
tashkil etishga bog’liqdir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanib mavzu harakteriga qarab xilma – xil qiziqarli 
muammoli va fikrlashga davat etuvchi keys texnologiyalari asosida tashkil etish, o’quvchilarda mustaqil ijodiy 
mushohada yuritish, o’z fikrini aniq, ravon, ixjam holda o’zgalarga yetkaza bilish ko’nikma va malakalarini ya’nada 
shakllantirishda yordam beradi.
Keys-stadi ta`lim texnologiyasining Rossiya ta`lim tizimiga kirib kelishi XX asrning 70-80 yillariga to`g`ri 
kelsada, amalda ushbu texnologiyaning ta`lim tizimi sharoitida ommalashuvi XXI asrning boshlariga to`g`ri keladi. 
Rossiyada ushbu metodni ishlab chiqish va asoslashga G.A.Bryanskiy, Yu.Yu.Ekaterinoslavskiy, O.V.Kozlova, 
Yu.D.Krasovskiy, V.Ya. Platov, D.A.Pospelov, O.A.Ovsyannikov, V.S.Rapopport va boshqalar hissa qo`shdilar. Ayni 
paytda O`zbekiston ta’lim tizimiga ham keys-stadi ta’lim texnologiyasi muammoli ta’lim texnologiyalari qatorida kirib 
kelgan va bugungi kunda eng samarali metodlardan biri hisoblanadi 
Keys-stadi metodi – bu ta’limdagi metodik yangilik bo`libgina qolmay, balki uning ta’lim tizimida keng 
ishlatilishi zamonaviy ta’lim tizimidagi vaziyatga ham bog`liq. Aytish mumkinki, ushbu texnologiya asosan yangi 
bilim, ko`nikmalarni o`zlashtirishga emas, o`quvchilarning umumiy intellektual va kommunikativ salohiyatini 
rivojlantirishga qaratilgan. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib Boshlang’ich sinflarda “Keys” texnologiyasi asosida ta’lim samaradorligiga 
erishishda quyidagilarni tavsiya etamiz: 

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish