Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»


 Gazkoidensat konlarini qatlam bosimini saqlash bilan ishlashning o‘ziga



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

11.4. Gazkoidensat konlarini qatlam bosimini saqlash bilan ishlashning o‘ziga 
xosligi 
Qatlam  bosimini  saqlash  quruq  gaz  yoki  suvni  unga  haydash  bilan  amalga 
oshirilishi  mumkin.  Quruq  gazni  haydash  mazkur  konning  gaz  zahralarini  ma‘lum 
vaqt  davomida  saqlash  imkoniyati  bo‗lganda  qo‗llaniladi.  Suv  haydashni  amalga 
oshirish  arzon  suv  manbalarining  borligiga,  haydovchi  quduqlarning  qabul 
qiluvchanligiga  va  kollektorlik  xususiyatlariga,  qatlamning  har  xillik  darajasiga 
bog‗liq.  Qatlam  bosimini  saqlash  usullarining  har  biri  o‗zining  afzallik  va 
kamchiliklariga  ega.  Kondensatni  ko‗proq  qazib  olish  quruq  gazni  qatlamga  qayta 
haydash (saykling-jarayon)da erishiladi. Bu jarayonda oluvchi va haydovchi quduqlar 
tizimiga  ega  bo‗linadi.  Oluvchi  quduqlardan  yog‗li  gaz  qazib  olinadi.  Haydovchi 
quduqlar  orqali  qatlamga  quruq  gaz  haydaladi.  Bunda  quyidagilar  kuzatiladi. 
Birinchidan,  quruq  gazni  haydash  qatlam  bosimini  boshlang‗ich  (yoki 
kondensatsiyalanishni  boshlanish  bosimdan  yuqori)  darajasida  ushlash  imkonini 
beradi.  Natijada,  qatlam  bosimi  saqlanar  ekan,  teskari  jarayonlar  amalga  oshmaydi. 
Ikkinchidan,  quruq  gaz  quduqlarga  yog‗li  gazni  siqib  keladi.  Mazkur  ijobiy  omil 
keyin  o‗zining  teskarisiga  aylanadi  -  quruq  gaz  yaxshiroq  sizdirilayotgan  hudud  va 
qatlamchalardan  oluvchi  quduqlarga  yorib  o‗tadi.  Gazni  aylantirish  (sirkulyatsiya 
qilish)  rentabel  bo‗lmaydigan  vaqt  keladi.  Shunda  gazkondensat  konini  qatlam 
energiyasi so‗nish tarzida ishlash davom ettiriladi. 
Bu jarayonning asosiy kamchiligi  - gaz zahiralarini nisbatan uzoq (bir necha 
yil)  saqlash.  Bu  munosabatga ko‗ra  quruq  gazni qisman  haydash  mumkinligi,  ya‘ni 
kondensat  olinayotganla  bir  vaqtning  o‗zida  qazib  olingan  gazni  qandaydir  qismini 
istemolchiga  uzatish  va  qolgan  quruq  gazni  qayta  qatlamga  haydash  mumkinligi 
nisbatan afzalligidir.  
Quruq  gazni  qisman  haydashda  uning  faqat  bir  qismi  (umumiy  qazib 
olishning  40-80%)  qatlamga  qayta  haydaladi.  Shuning  uchun  bosim  qisman 
saqanganda, u ishlash boshidan boshlab bir tekisda kamayib boradi. Bu yerda yutuq 
shunda-ki,  gaz  zahiralari  saqlanmaydi,  yutqazish  esa  -  kam  kondensat  beraolishlik 
koeffitsiyentiga  erishishda  (bosimni  boshlang‗ich  darajada  saqlashga  nisbatan). 
Quruq gazni haydash uchun yuqori bosimli kompressorlar talab qilinadi, bu esa ba‘zi 
holatlarda  hal  qiluvchi  omil  bo‗lib  qolishi  mumkin.  Quruq  gazni  haydashda  qoldiq 
gazning qoldiq hududchalari hosil bo‗lishi mumkin, alohida yuqori o‗tkazuvchan va 
sizdirilayotgan  qatlamchalardan  oluvchi  quduqlarga  quruq  gazni  yorib  kirishi  sodir 
bo‗ladi.  Bu  esa,  tabiiyki,  quruq  gazni  haydash  jarayonini  samarasini  pasaytiradi. 
Quruq  gazni  quduqqa  yorib  kirishi  bilan  kondensat  qazib  olish  vaqt  davomida 
(kondan  gazni  doimo  olishda)  pasayadi.  Gazkondensat  qatlamiga  suv  bostirishda 
chegara  tashqarisiga  yoki  chegara  ichkarisiga  usulini  amalga  oshirish  mumkin. 


Birinchi  holatda  xaydovchi  quduqlar  gaz-suv  chegarasi  tashqarisiga  joylashtiriladi; 
ikkinchisida  esa  -  gazlilik  maydoni  ichra.  Oxirgi  holatda  suvni  gaz-suv  chegarasi 
yaqiniga haydash kerak. 
Suvni  haydashda  maydon  va  qalinlik  bo‗yicha  qatlam  ko‗rsatgichlarini  har 
xilligi,  shuningdek  alohida taxlam, qatlamchalarni  sizdirilishini  notekisligi oqibatida 
qatlam  va  quduqlar  muddatidan  avval  suvlanishi  mumkin.  Haydovchi  hududlarda 
qatlamning  ochilgan  qalinliklari  bo‗yicha  notekis  suv  haydalishi  oluvchi  quduqlar 
orqali  uyumni  notekis  sizdirishni  keltirib  chiqaradi.  Bundan  tashqari  suv  haydashda 
siqish  fronti  ortida  yuqori  qatlam  bosimidagi  gaz  qolib  ketadi,  bu  esa  gaz  va 
qondensat beraolishlikni pasayishiga olib keladi. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish