Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»


Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/129
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#82226
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   129
Bog'liq
neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi

Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash 
Ma’ruza rejasi 
8.1. Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash tavsifi 
8.2.  Neftni  karbonat  angidrid  va  karbonlashgan  suv  bilan  haydash 
texnologiyasi 
Tayanch so‘zlar 
Korbanat angidrit, korbanat angidritli hoshiya, korbanat angidritning erishi.  
8.1. Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash tavsifi 
Qatlamga  karbonat  angidrid  haydash  neftbaoluvchanlikni  oshirishning  eng 
samarali  usullaridandir.  Karbonat  angidridni  qatlamga  haydash  natijasida  neft 


chiqarishda  yuqori  natijalarga  erishish  mumkin  va  eng  muhimi  bu  usulning 
arzonligidir. 
Karbonat  angidridning  neft  qatlamiga  haydalishi  qatlam  sharoitidagi 
suyuqliklarning    qovushqoqligini  keskin  kamaytiradi.  Karbonat  angidridning  neftda 
erishi  uning    qovushqoqligini  10-500  %    orasida  kamaytirishi  mumkin,  qatlam 
harorati  va  bosimiga  ham  ta‘sir  qiladi.  Neft  tarkibida  korbanat  angidritning  erishi 
uning hajmiy koeffitsiyentini 50 % oshirishi mumkin. 
Neft hajmining ortishi neft bilan to‗yingan g‗ovaklar hajmini ham oshiradi va 
ulardagi harakatga  foydali ta‘sir ko‗rsatadi. 
Neft  qovushqoqligining  kamayishi  uning  harakatini  osonlashtiradi,  natijada 
neftni siqib  chiqaruvchi suyuqlik kislotasi kamayadi. 
Karbonat  angidridning  qatlam  suvida  yaxshi  erishi  natijasida  suvning 
qovushqoqligi  ortib,  neftning  suvga  nisbatan  harakatlanishi  yaxshilanadi.  Karbonat 
angidrid  qatlamda neft va suv o‗rtasidagi sirt tarangligini kamaytiradi. 
Yuqorida  ta‘rif  qilingan    xususiyatlar  tavsiya  qilingan  usulning 
samaradorligidan  dalolat  beradi.  Lekin  karbonat  angidridni  qatlamga  haydashning 
asosiy  kamchiligi suvda erigan gaz  harakatlanuvchanligi yuqori  bo‗lganligi uchun 
siqib  chiqaruvchi  agent    yorib  chiqishi  kuzatiladi  va  mo‗ljaldagi  ishga  ziyon 
yetkazadi. 
Neftni  karbonat  angidrit  bilan  siqib  chiqarish  qatlamni  qamrashning  yuqori 
ko‗rsatgichi  bilan  ajraladi,  hamda  siqib  chiqarish  xususiyatining  yuqoriligi  bilan 
ahamiyatga molik. 
Karbonat  angidritning  suvda  va  neftda  yaxshi  erishi  eng  yaxshi  xususiyat 
bo‗lib, neftni siqib  chiqarishga eng qulay sharoit  yaratadi. 
Gazning bu xususiyati neft  tomchilarini g‗ovaklar orasidan yuvib chiqishga 
va  natijada  ko‗proq  neftberuvchanlikka  erishishga  olib  keladi,  g‗ovakli  sharoitni 
yuviluvchanligini  oshiradi  va  shular  natijasida  qatlamdan  siqib  chiqariladigan  neft 
miqdori ortadi. 
Karbonat  angidridning  neftda  eruvchanligi  harorat  va    bosimga  bog‗liq 
bo‘ladi.    Neftning  bir  hajmida  karbonat  angidridning  yuzlab  hajmi    erishi  mumkin. 
Boshqa  sharoitlari  bir  xil  bo‗lgan  holda  karbonat  angidrid  С
5

7
  neftlarida  juda 
yaxshi  eriydi,    smola    mazutlari  ko‗p  neftlarda  uning  erishi  ancha  yomonlashadi. 
Bosim o‗zgarmagan holda haroratning oshishi karbonat angidridning neftda erishini 
kamaytiradi. 
Karbonat  angidrid  qatlam  suvlarida  yaxshi  eriydi,  lekin  bu  xususiyat  biroz 
chegaralangandir.  
Bunga  harorat  bosim  va  suv  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Minerallanganligi  va  harorat 
o‗zgarmagan holda bosim ortishi bilan  uning suvda erishi ortadi. Minerallanganligi 
va bosim o‗zgarmagan holda haroratning ortishi  bilan  karbonat angidridning suvda 
erishi  bir  xil  bo‘lmaydi.    Harorat  va  bosim  o‗zgarmagan  holda  suvning 
mineralizatsiyasi ortishi bilan unda karbonat angidridning erishi pasayadi. 
Karbonat angidridning suvdagi eritmasi karbonatlar bilan reaksiyaga kirishib, 
ularni  eritadi  natijada  kollektorning  o‗tkazuvchanligi  ortadi  va  haydovchi 
quduqlarning qabul qiluvchanligi ortadi. 


Neftda karbonat angidridning erishi natijasida neftning qovushqoqligi harorat, 
bosim sharoitida 2-150 martagacha kamayishi mumkin. Bu xususiyat quyuq neftlarda 
yaxshiroq seziladi. 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish