27.3.Gaz va gazkondensat konlarini ishlatishda uchraydigan asosiy muammolar
Gaz konlarini ishlatishning joriy holati va samaradorligining kattaligi, konni
va uni o‗rab turgan bassenning geologik tuzilishining barcha xususiyatlarini hisobga
olib ishlatish sistemasining qanchalik mukammal va amaliy holatga yaqinlashtirib
loyihalashtirilganligi orqali aniqlanadi. Geologik va gidrogeologik shartlar, shu bilan
birgalikda tanlangan ishlatish texnologiyasi asosida loyihalashtiriladi.
Konni ishlatishning murakkablik darajasini aniqlovchi shartlar va omillarni va
ularning ta‘siri asosida nazorat qilish ko‗rsatkichlari kompleksini shartli ravishda ikki
guruhga ajratamiz: geologik va gidrogeologik; texnologik.
Birinchi guruhga uyum o‗lchami va uning boshlang‗ich parametrlari
(maxsuldor qatlamnining yotish chuqurligi, qatlam bosimi va harorati, gaz va
kondensat zaxirasi), maxsuldor gorizontning geologik tuzilishi(ko‗pqatlamliligi,
kollektorlik xossalarining har xilligi, siniqli buzilishlari va boshqalar), uyum turi
(qatlamli, salmoqli (massivnaya), suv ustida joylashuvchi (vodoplavayushaya),
qatlam flyuidlarining fizik-kimyoviy xossalari va boshqalar. Bu guruhda uyum
suvtaziqli basseyn bilan aloqada bo‗lishi bilan tavsiflanadi. Bu basseynning xossa
lariga tarqalish kengligi, o‗tkazuvchanligi, gidrostatik napori kiradi.
Ikkinchi gruhga uyumni ishlatish usuli (qatlam bosimini ushlash, uyumning
gazli qismini yoki neft yotqizig‗ini ishlatmasdan, so‗nish orqali ishlatish va
boshqalar.); uyumdan uglevodorodlarni olish surat va alohida quduqlar debiti,
ularning ishchi bosimiva joriy holati; tuzulmada quduqlarning joylashtirilishi va
maxsuldor gorizontni ochilish tizimi: gazning qatlam ichida yoki qatlamdan-qatlamga
silishi mumkinligi va boshqalar.
Ayrim faktorlar, qo‗shni konlarning o‗zaro ta‘siri, ishlash rejimi va boshqa
ko‗rsatkichlar umumiy hisoblanib, ular konni ishlatish vaqtida kuzatib, bu
ko‗rsatkichlarni shartli ravishda ikkinchi guruhga o‗tkazamiz.
Umumiy holatlarda tilga olingan faktorlar qancha ko‗p bo‗lsa nazorat
sistemasi shuncha qiyin bo‗ladi. Katta o‗lchamli va gazgato‗yingan bir xil bo‗lmagan
kollektorli, blokli tuzilishli ko‗p qatlamli, shu bilan birgalikda qatlam suvlari bilan
ta‘sirlashgan konlarda maksimal nazorat parametrlari qo‗llash talab etadi. Katta
bo‗lmagan bir qatlamli gaz konini soddalashtirilgan nazoratsistemasi va katta samara
bilan ishlatish mumkin bo‗ladi.
Nazorat sistemasi texnologik sxemani tuzish va tajribaviy-ishlatish loyihasini
yoki sanoat ishlatish loyihasini tuzish davrida aniqlanadi.
Gaz konini ishlatishning barcha davrlarida qatlam suv bosimi rejimida
ishlayotganda ostki va chekka suvlarning qatlamga suvning kirib kelishiga asosiy
etibor qaratiladi. Qatlamdan gazni olishning barcha davrlarida ham suvning faolligi
bir xil bo‗lmaydi. Odatda dastlab faqat gaz bosimi rejimi belgilari kuzatiladi. Qatlam
bosimi tushishi evaziga suvning ancha faol ta‘siri kuzatiladi. Ishlatishning so‗ngi
davrlarida suvlanganlik keng tarqalgan bo‗lib, bunda sizilishga qarshilik ortib
suvning faolligi kamayadi. G‗ovak va kovak kollektorlarda suvlanish jarayoni
o‗zgarishlarga boyligi, suvlangan gaz qatlamlarining nazorat sistemasiga aniq
yondashishni talab qiladi. Gazkondensat konini ishlatish o‗ziga xos xususiyatga ega
bo‗ladi.
Gazkondensat
konini
ishlatishda
asosiy
muammo
uglevodorod
kondensatlarini qatlamdan qazib olish bilan bog‗liq bo‗ladi. Bir tomondan bu savolni
yechish uchun qatlamning maksimal beraoluvchanligini oshirishda yechimlarini talab
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |