D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

 
 


169 
 
ESHITISH ANALIZATORI 
Eshitish organi uchta bo‗limdan: tashqi quloq, o‗rta quloq va ichki quloqdan 
iborat. Tashqi quloq. Tashqi quloqda quloq suprasi va tashqi eshitish yo‗li bo‗ladi .  
Quloq  suprasi  tog‗aydan  iborat  bo‗lib,  teri  bilan  qoplangan.  Ko‗pgina 
hayvonlarning  quloq  suprasi  harakatchan  bo‗lib,  ular  tovush  kelgan  tomonga 
qulog‗ini qarata oladi, natijada, tovushni yaxshi eshitadi. Odamning quloq suprasi 
harakatchan  emas.  Ammo  tovush  qaysi  tomondan  kelayotganligini  aniqlashga 
yordam  beradi.  Agar  tovush  yon  tomondan  chiqsa,  bu  tovushni  bir  quloq  oldin 
eshitadi.  Bu  hodisa  esa  tovushning  qaysi  tomondan  kelayotganligini  aniqlashga 
imkon beradi. 
Tashqi  eshitish  yo‗li  egri  bo‗lib,  tashqi  va  ichki  tog‗ay  qismlardan  iborat, 
ichki  tog‗ay  qismi  chakka  suyagining  ichkarisida  yotadi.  Tovush  yo‗lini  qoplab 
turgan  terida  yog‗  bezlari  bilan  tuklar  bo‗ladi.  Tovush  yo‗lnning  ichki  uchiga 
biriktiruvchi to‗qimadan iborat nog‗ora parda tortilgan, bu parda tashqi quloq bilan 
o‗rta quloqni bir-biridan ajratib turadi.  O‗rta quloq. Nog‗ora parda orqasida o‗rta 
quloq  bo‗shlig‗i  bo‗lib,  unda  uchta  eshitish  suyakchalari  bor:  ulardan  biri  - 
bolg‗acha  -  nog‗ora  pardaga  tegib  turadi,  ikkinchisi  -  o‗zangi  -  ichki  quloq 
bo‗shlig‗iga  boruvchi  oval  shaklidagi  teshikka  tortilgan  pardaga  yopishadi.  Bu 
ikkala suyakcha orasida uchinchi  suyakcha - sandon turadi. 
O‗rta  quloq  bo‗shlig‗i  evstaxiev  nayi  orqali  burun  halqum  bilan  tutashadi. 
Nay  orqali  o‗tuvchi  havo  nog‗ora  pardaning  ikki  tomonidagi  bosimni 
baravarlashtirib turadi.  Agar  uchuvchi  yuqoriga  tez  ko‗tarilsa  yoki  pastga  tez 
tushsa,  uning  qulog‗i  qattiq  og‗riydi.  Bu  hodisaning  sababi  atmosfera  bosimining 
birdan o‗zgarishidir. Samolyot ko‗tarilganda bosim pasayadi, samolyot pasayganda 
esa  bosim  oshadi.  Bosim  pasayganda  quloqning  nog‗ora  pardasi  sirtga  tomon 
bo‗rtadi, bosim oshganda esa o‗rta quloq bo‗shlig‗iga tomon botib ketadi.      
Ammo tez-tez yutish harakatlari qilib turilsa, quloq og‗rimasligi mumkin. Bu 
harakatlar    evstaxiev  nayi  orqali  havo  o‗tishini  osonlashtiradi,  bu  havo  nog‗ora 


170 
 
pardaning  ikki  tomonidagi  bosimni  muvozanatga  keltiradi.  Ichki  quloq  eng 
murakkab tuzilgan. Bu erda eshitish organiga chig‗anoq kiradi.  Chig‗anoq burama 
yo‗l  bo‗lib,  markaziy  o‗q  atrofidan  ikki  yarim  marta  aylanib  chiqadi.  Bo‗ylama 
to‗siq bu yo‗lni ikki kanalga ajratadi. Bu kanallarning biri o‗zangining tagi bilan 
bekilgan  oval  teshikdan  boshlanadi.  Chig‗anoq  kanallarini  bir-biridan  ajratib 
turuvchi  to‗siqning  bir  qismini  asosiy  parda  hosil  qiladi,  asosiy  parda 
ko‗ndalangiga tor-tilgan har xil o‗zunlikdagi tolalardan iborat.  Bu tolalar soni 24 
mingga  boradi.  Pardaning  boshdan  oxirigacha  kortiev  organ  joylashgan.  Kortiev 
organ-ning eng muhim qismi sezgichi  hujayralar - tovush ta‘sirlari qabul qiluvchi 
retseptorlardir. Demak, kortiev organ eshitish analizatorining periferik qismi-bo‗lib 
xizmat  qiladi.Unda  hosil  bo‗ladigan  ta‘sirlarga  qarab,  odam  o‗z  gavdasi  va 
harakatida  sodir  bo‗lgan  o‗zgarishlarni  sezadi.  Ichki  quloqda  chig‗anoqdan 
tashqari,  teshik  oldi  bilan  yarim  doira  kanallar  bo‗lib,  ular  ichida  retseptorlar 
bo‗ladi. Odam bu retseptorlar ta‘sirlanishi orqali muvozanatini sezadi. Chig‗anoqni 
to‗ldirib  turadigan  suyuqlikni  tebranishi  natijasida  retseptorlada  qo‗zg‗alish 
vujudga keladi. Bu qo‗zg‗alishlar eshitish nervi orqali bosh miyaga beriladi. Yarim 
sharlar po‗stlog‗ining eshitish zonasida tovushning kuchi farq qilinadi. 
 
43-rasm. Eshitish a‘zosining tuzilishi. 
       Eshitish  organi  gigienasi.  Nog‗ora  parda  shikastlansa  quloq  og‗irlashadi, 
chunki  tovush  to‗lqinlari  eshitish  retseptorlariga  uncha  o‗tmay  qoladi.  Quloqni 


171 
 
qattiq  har  xil  narsalar  bilan  kovlashning  naqadar  havfli  ekanligini  shundan  bilsa 
bo‗ladi.  Tovushning  kuchli  to‗lqinlari  nog‗ora  pardaga  katta  bosim  ko‗rsatadi. 
Agar bunday bosim pardaga doimo ta‘sir etib tursa, parda elastikligini yo‗qotadi. 
Bu  esa  quloqning  og‗irlashishiga  sabab  bo‗ladi.  O‗quvchilar  tanaffus  vaqtlarida 
baland ovoz bilan gaplashsa va bir-biridan qattiq qichqirsa, shovqin hosil bo‗ladi. 
Agar  bunday  shovqin  har  kuni  takrorlanib  tursa,  bolalarning  qo‗log‗i  yaxshi 
eshitmaydigan  bo‗lib  qoladi.  Shovqin  eshitish  organlarigagina  yomon  ta‘sir 
etibqolmaydi. Shovqin nerv sistemasini ham charchatadi. Shovqinga qarshi ko‗rash 
formalaridan biri ko‗kalamzor qilishdir: ko‗kalamzor tovushni yutadi.              

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish