О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov biologiya



Download 59,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet117/184
Sana20.07.2022
Hajmi59,4 Kb.
#827716
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184
Bog'liq
4 Odam va uning salomatligi 8-sinf 2019

0 ‘ylab javob bering:
1. Nima sababdan issiq havoda teri qizaradi, sovuq havoda titray boshlaydi?
2. Nima sababdan odamni nam va issiq havoda tezroq issiq uradi?
3. Nima uchun sovuq havoda tanadagi tuklar ko'tarilib, odam qaltiray boshlaydi?
4. Odam 50-60°C li issiq suvga tushganida organizm qizib, uni issiq uradi. Nima 
sababdan cho'lda 50-60°C li issiqda odamni issiq urmaydi?
112


Teri gigiyenasi. 
Terini toza tutish sog‘lom bo‘lishning asosiy sharti hisob­
lanadi. Chunki teri kirlanganida o'lik epidermis hujayralari ter va yog‘ bezlari 
yo‘lini to‘sib q o lad i. Kirlangan terida mikroorganizmlar ko‘payishi uchun sharoit 
tug‘iladi. Muntazam yuvinib turmaydigan odamning 1 cm
2
terisi yuzasida 40 
mingtagacha mikrob bo‘ladi. Ulardan ayrimlari kasallik paydo qilishi mumkin. 
Faqat issiq suvda sovunlab yuvinish orqali to‘planib qolgan mikroblar va ular 
ishlab chiqaradigan zaharli moddalardan xalos bo‘lish mumkin.
Soch gigiyenasi. 
Soch va tirnoqlar terining shox qavatidan hosil bo‘ladi. 
Sochga quyosh nuri va harorat ta’sir qiladi. Oftobda bosh kiyimisiz yurish soch 
rangi va yog‘ bezlari funksiyasiga ta’sir qiladi. Quyosh nuri va shamol ta’sirida 
soch quruq va mo‘rt bo'lib, boshda qazg'oq paydo bo‘ladi. Qish faslida sovuq 
ta’siTida boshdagi qon tomirlari torayib, sochning oziqlanishi buziladi va soch 
to‘kila boshlaydi. Sochlarni har haftada yuvib turish lozim.
Kiyim gigiyenasi. 
Kiyim yil fasliga mos, havoni yaxshi o‘tkazishi, yengil va 
qulay bo‘lishi lozim. Qishki kiyim issiqni yaxshi saqlaydigan jun gazlama, momiq, 
mo'yna yoki sintetik material lardan tikiladi. Qishki poyabzal issiqni yaxshi 
saqlaydigan, tagcharmi qalin va pishiq bo‘lishi zarur.
Teri 
knyganida birinchi yordam ko‘rsatish. 
Teri olov, qizib turgan metall 
buyumlar, kislota yoki qaynab turgan suyuqlik tekkanida kuyadi. Kuchli kuygan 
kishining hayoti unga tezda birinchi yordamni ko‘rsatilishi bilan bog‘liq. Qaynab 
turgan yoki qaynoq suyuqlik bilan kuyishda tezlik bilan kuygan joyga 15 minut 
davomida sovuq suv quyib turiladi. Song‘ra kuygan joy sterillangan bog‘ich yoki 
toza material bilan bog‘lab qo‘yiladi. Kuygan joyda paydo bo'ladigan pufaklarni 
yorish, jarohatga o‘simlik yog‘i, margansovka, spirt surtish mumkin emas. Bu 
moddalar kuyishni va og‘riqni kuchaytirib, jarohatning bitishini qiyinlashtiradi.
Yong‘inda odam ustidagi kiyim yona boshlaganda, olovdan qutulish uchun 
yugurmaslik kerak. Chunki, yugurganda havo oqimi yonishni kuchaytiradi. 
Shuning uchun kiyimni yechib tashlash yoki yonayotgan kiyim ustidan suv 
quyish, odam ustiga biron qalin mato (ko‘rpa, palto) yopish lozim. Yaxshisi, 
yonayotgan kishi o‘zini yo'qotmasdan yerga ag‘anab, olovni o‘chirishi lozim. Olov 
o‘chirilgandan so‘ng tananing kuygan joylariga 15 minut davomida sovuq suv

Download 59,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish