Naften uglevodorodlar (C n H 2n ) siklik tuzilishga ega bo‘lib,
ularning molekulalari tarkibiga bir-biri bilan o‘zaro oddiy
valent bog‘lanishdagi uglerod atomlarining yopiq halqasi kiradi.
Yonilg‘ining yengil fraksiyasi tarkibiga monosiklik naf-
ten uglevodorodlar kiradi. Ularning molekulalari bitta hal-
qa dan iborat bo‘lib, besh yoki olti uglerod atomiga ega.
Monosiklanlarning umumiy empirik formulasi C
n
H
2n
ko‘ri-
nishida bo‘ladi. Monosiklanlarga siklopentan C
5
H
10
va siklo-
pentan C
6
H
12
, kabi uglevodorodlar kiradi.
Naftenlar parafinlar kabi nisbatan past haroratlarda oksid-
lanish reaksiyasiga kirishmaydi. Yuqori haroratlarda (400°C va
undan yuqori) siklanlarning oksidlanishga qarshi turg‘unligi
n -parafinlarga nisbatan yuqori va
i -parafinlarga yaqin bo‘ladi.
Past haroratda qaynaydigan naftenli uglevodorodlar neft
mahsulotlarining qotish haroratini pasaytiradi. Shuning uchun
ular qishki yonilg‘i va moylash materiallarining qimmatli
tarkibiy qismi hisoblanadi. Naftenli uglevodorodlarning
yuqo ri haroratlarda ham oksidlanishga chidamliligi tufayli
benzinlarning detonatsiyaga qarshi xususiyatlari yaxshi bo‘ladi.
Naften uglevodorodlarning miqdori neftlarda 20–30 foiz,
moy fraksiyalarida esa 70 foizgacha bo‘ladi.
Aromatik uglevodorodlar (C n H 2n – 6 ; Ñ n N 2n – 12 ) olti bo‘lakli
siklik (benzolli) yadrodan tarkib topgan. Neft mahsulotlarining
yengil fraksiyalarida
monosiklik aromatik uglevodorodlar va
og‘ir fraksiyalarda
polisiklik uglevodorodlar bo‘ladi.
Bir xil molekular massadagi aromatik uglevodorodlarning
alkanlar va siklonlarga nisbatan qovushoqligi, zichligi va
qaynash harorati biroz yuqoridir. Harorat pasayishi bilan aro-
matik uglevodorodlarning qovushoqligi keskin oshadi, bu esa
moylash materiallarining xususiyatlariga teskari ta’sir ko‘rsatadi.
Aromatik uglevodorodlarning oksidlanish xususiyati ancha
pastligi tufayli ular benzin yonilg‘isining detonatsiyaga
turg‘unligini oshiradi. Aromatik uglevodorodlar dizel yonilg‘isi
tarkibida yonilg‘i aralashmasining o‘z-o‘zidan alangalanish
davrini uzaytiradi va dvigatelning og‘ir sharoitda ishlashiga
sabab bo‘ladi.
Qovushoqlik-harorat xossalari yomonligi tufayli aromatik
uglevodorodlar moylash materiallariga kam qo‘shiladi.
Neft tarkibida 10–15 foiz aromatik uglevodorodlar bo‘ladi
va qaynash harorati oshishi bilan ba’zi fraksiyalarda bu miqdor
ortib boradi.