Microsoft Word Turoperator majmua tayyor doc


Turoperatorlar o‘rtasidagi shartnomalar



Download 3,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet430/466
Sana20.07.2022
Hajmi3,7 Mb.
#827167
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   466
Bog'liq
1.Bekjanov D.Turizm operator xiz.t.et. majmua

Turoperatorlar o‘rtasidagi shartnomalar
. Mehmonxonalar, avialiniyalar va 
boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar jarayonida boriladigan 
joy, guruhlardagi turistlar soni va ularning kelish sanalari belgilanganidan keyin 
shartnoma va bitimlarni imzolash bosqichi keladi. 


566
Shartnoma tomonlarining majburiyati va mas’uliyatlarini tartibga solish 
uchun zarur. Xususan mehmonxonalarda sotilmagan joylar, samolyotda bo‘sh 
joylar qolganda yoki charter aviareyslar bekor qilinganda har bir holat uchun 
jarima, sanksiyalarni ko‘zda tutish uchun zarur bo‘ladi. 
Turoperatorning to‘g‘ri tashkil qilingan shartnoma ishi uning turli xizmatlar 
yetkazib beruvchilar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaslikka yordam beradi. Yirik 
turoperatorlar, odatda, mehmonxonalar bilan, arzonlashtirilgan narxlarda ma’lum 
joylar soniga yoki mehmonxonaning to‘liq bandligini ta’minlash uchun uzoq 
muddatli shartnoma tuzadilar. Bunda turoperator uchun xavf ham mavjud - barcha 
turlari sotilmagan hollarda bo‘sh joylar uchun o‘z hisobidan pul to‘lashga majbur. 
Uncha katta bo‘lmagan yoki maxsuslashgan turoperatorlar ahamiyatli
mustaqil, inklyuziv turlarni sota turib, mehmonxonalar bilan erkin sotish haqida 
bitimga ega bo‘lishi mumkin va bunda mehmonxonalar turistlarning maksimal soni 
uchun joylashtirishni kafolatlashga rozi bo‘ladilar. Bunday bitimlar uncha katta 
bo‘lmagan turistik dasturlar uchun foydali bo‘lishi mumkin, ammo ular sezilarli 
kamchilikka ega, chunki mehmonxonalar egalari ba’zida ma’lum sanada 
mehmonxonani yopish huquqini o‘zlarida saqlab qoladilar. 
Turizmda shartnomaviy o‘zaro munosabatlar xalqaro va milliy foqarolik 
huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi. 
Xalqaro darajada bunday munosabatlar quyidagi asosiy hujjatlar bilan 
tartibga solinadi: 

turistik agentliklar uyushmalarining Butunjahon Federatsiyasi Bosh 
assambleyasi tomonidan 1970 yil 22 oktabrda sayohatlar uchun 
shartnoma bo‘yicha Xalqaro konvensiyasi; 

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik davlatlarining 1994 yil Venadagi 
uchrashuvida qabul qilingan Turistlar shartnomalari va ularni 
almashtirish bo‘yicha Nizomi; 

1929 yil 12 oktabrda qabul qilingan, 1955 yil va 1975 yillarda 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan xalqaro havo tashuvlarining 
asosiy qoidalarini unifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim (Varshava 
konvensiyasi); 

1967yil Bryusselda qabul qilingan yo‘lovchilar va yuklarning xalqaro 
avtomobil tashuvlari bo‘yicha Jeneva konvensiyasi; 

1996 yil 29 oktabrda MDH davlatlari - qatnashchilari Parlamentlararo 
assambleyasi tomonidan qabul qilingan "MDH davlatlari - 
qatnashchilarining turizm sohasidagi hamkorliklarining asosiy prinsiplari 
haqida" va boshqalar. 
Turizm sohasidagi shartnoma munosabatlari milliy darajada quyidagi 
me’yoriy-huquqiy aktlar orqali tartibga solinadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2002 y. 310-
sonli "O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizm va mehmonxona biznesini 
rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori; 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2002 y PF-3099-sonli 
"O‘zbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyutalar muomalasini tartibga solish 
to‘g‘risida"gi Farmoni; 
3. Markaziy bank boshqaruvining 10.05.2002 y. 504-1-sonli "Yo‘l cheklarini 
berish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomiga o‘zgartirishlar kiritish 
haqida"gi Qarori (AV 21.05.2002 y. ro‘yxatga olingan 1115-1 -son); 


567
4.Markaziy bank boshqaruvining 10.05.2002 y. 505-1-sonli " Ayirboshlash 
punkti haqidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qarori (AV 
21.05.2002 y. ro‘yxatga olingan 1114-1-son); 
5.Turistik xizmatlarni sertifikatsiyalash tartibi (O‘zbekiston Respublikasi 
sertifikatsiyalash milliy standartlari) (O‘zdavstandart tomonidan tasdiqlangan
AVda 18.03.2000y. ro‘yxatga olingan 911-son); 
6. Turistik guruhlarni xorijga yuborishning vaqtinchalik tartibi (AVda 
07.03.2000 y. 908-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekturizm tomonidan 
04.02.2000 y. 22G‘217-P-son bilan. TIV, MXX, IIV tomonidan 10.02.2000 y., 
DCHKKtomonidan 09.02.2000 y tasdiqlangan); 
7. O‘zbekiston Respublikasining 20.08.1999y. 830-1-sonli «Turizm 
to‘g‘risida»gi Qonuni; 
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.1999y. PF-2286-sonli 
"O‘zbekistonda 2005 yilgacha davrda turizmni rivojlantirish davlat dasturi 
to‘g‘risida"gi Qonuni; 
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.1998 y. 346-
sonli "Turistik tashkilotlar faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to‘g‘risida"gi 
Qarori; 
10. O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish 
qoidalari (AVda 12.01.1998 y. ro‘yxatga olingan 389-son, Kommunal xizmat 
ko‘rsatish Vazirligi tomonidan 22.12.1997y tasdiqlangan); 
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.1992 y. 484-
sonli "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish masalalari 
to‘g‘risida"gi Qarori. 

Download 3,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   426   427   428   429   430   431   432   433   ...   466




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish