497
•
asoslanganlik, barcha xizmatlarni takdim etish turist ehtiyojlariga
asoslangan, sayohat maqsadi va tegishli sharoitlar bilan moslashgan
bo‘lishi lozim;
•
ishonchlilik, axborot, ma’lumot ishonchliligi,
mahsulot real tarkibining
reklamaga muvofiq kelishi;
•
samaradorlik, turist tomonidan kam harajatlar evaziga ko‘proq samaraga
erishilishi;
•
butunlik, mahsulotning yakunlanganligi, uning turist talabini to‘la qondira
olish hususiyati;
•
aniqlik, mahsulot iste’moli, uning yo‘naltirilganligi ham turist uchun, ham
xizmat ko‘rsatuvchi xodim uchun tushunarli bo‘lishi lozim;
•
qo‘llashdagi oddiylik;
•
egiluvchanlik, mahsulot va xizmat ko‘rsatish tizimining iste’molchilarning
turli tiplariga mos kelishi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimning o‘zgarishiga
nisbatan befarqligi;
•
naflilik, mahsulotning bir yoki bir nechta maqsadga erishish uchun xizmat
qilishi (masalan dam olish va o‘rganish) turistning
u yoki bu ehtiyojlarini
qondira bilish qobiliyati.
Ushbu hususiyatlar sotilishi ustidan nazorat birinchi navbatda turistning
sayohatdan qoniqish darajasini o‘rganish (so‘rov, anketa) hisoblanadi. Ammo
turistik xizmat ustidan nazoratning o‘zi turmahsulotni rejalashtirish bosqichida
boshlanadi. Yuqoridagi ta’kidlangan hususiyatlar bilan bir qatorda turmahsulotning
mehmondo‘stlik kabi betakror hususiyati ham tan olingan. Ushbu hususiyatsiz har
qanday eng mukammal turmahsulot ham o‘z qiyofasini yo‘qotadi va turist o‘zining
u yoki bu ehtiyojining qoniqtirilishining ko‘tilayotgan darajasiga erisha olmaydi.
Turistik industriya sohasida mehmondo‘stlik – bu kasbiy talab, bu turistlarga
xizmat qilishdan xursand ekanligini bildirishdir. Mehmondo‘stlikning ajralmas
qismlari bo‘lib e’tibor, xurmat, persanalning iltifotliligi hisoblanadi.
Mehmondo‘stlik serqirra tushuncha bo‘lib, bir necha
tashkil etuvchi omillardan
iborat:
a)
dam olish imkoniyatlari, bilim olish va vaqtichog‘lik haqidagi mahalliy va
hududiy bozorlarning sifatli axboroti;
b) potensial iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va turistik
xudud to‘g‘risida ijobiy tasavvur yaratish (reklama, teleko‘rsatuvlarda qatnashish
va h.k.);
v) xizmat ko‘rsatuvchi persanolning turistlarga iltifot ko‘rsatishga intilishi
(hammasi mijoz uchun shiori bo‘yicha xizmat ko‘rsatish);
s) turistik mahsulotni taqdim etuvchilarning turistlar xajmi va iltimoslariga
e’tiborli munosabati (biz siz uchun nima qila olamiz? tamoyili bo‘yicha);
d) xizmatlarni olishda turistning moslashuvini yengillashtirish (turfirma ichki
axboroti, turistga tushunarli bo‘lgan tilda tayyorlangan bukletlar, sayohatnomalar);
e) turistlarga marhamatli munosabatda bo‘lish
ushbu hususiyat xizmat
ko‘rsatish tamoyillaridan biriga aylanish lozim.
Yuqorida ta’kidlangan tamoyillarning barchasi xizmat ko‘rsatish
texnolgiyasiga kiritilishi lozim. Turni tashkillashtirish texnologiyasida turistlar va
xizmat ko‘rsatuvchi xodimning o‘zaro ta’sir muhiti ham turistlar tomonidan
xizmatlar qabul qilinishining psixologik jihatlari ham birdek muhimdir. Bu shuni
498
anglatadiki, turistning shaxsiy qiziqshlari, unga bo‘lgan samimiy munosabat doimo
birinchi o‘ringa qo‘yilishi lozim.
Shu nuqtai nazardan xalqaro turizmda qo‘yidagi e’tibor alomatlarini
turistlarga ko‘rsatish allaqachon amaliyotga aylangan:
- har bir turist uchun qo‘tlovchi suvenirlar mehmonxona xizmatidan farqli
o‘laroq (mehmonxonada xatto yostiq ustidagi shokolod ham suvenir)
turlarda
suvenirlar sayohat maqsadidan kelib chiqib beriladi. Masalan: kasbiy sayohat, ya’ni
ish yuzasidan sayohatlarda prospektlar yoki turistlarni qiziqtiruvchi mahsulotlar
namunalari, falklor turlarda esa milliy harakterdagi suvenirlar bo‘lishi mumkin;
- tur yakunida turistlarga bosib o‘tilgan marshrutlar hamda maxsus
tayyorlangan diplomlar, yorliqlar, nishonlar taqdim etish;
- reklama varaqlari, bukletlar, yo‘l ko‘rsatuvchilar va dam olish maksanlari
haqidagi ma’lumotlar turistlar uchun doimiy ravishda tarqatilishi lozim;
- sayohatning ilk kunlarida asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha
tushuntirish ishlarini olib borish uchun turistlar bilan gidning uchrashuvini tashkil
etish.
Bularning barchasi juda samimiy tus oladi va turistlar uchun joziba kashf
etadi.
Xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda ozodlik tamoyilini inobatga olish juda
muhimdir, ya’ni sayohat chog‘ida barcha ko‘ngilsiz narsalardan ozod bo‘lishi
lozim. Masalan, turistlarni transportga biletlar
buyurtmasidan, konsert va teatrlarga
biletlar buyurtmasidan, har qanday turdagi xizmatlarni kutishidan butunlay xolos
qilish lozim.
Xizmat ko‘rsatishning optimalligi mehmondo‘stlikka aloqador bo‘lgan
iste’molchi hususiyatlaridan biri. Xizmat ko‘rsatishning optimallashuvi
qo‘yidagilarni nazarda to‘tadi:
•
barcha xizmat turlarining yagona daraja (klass)ga mos kelishi;
•
barcha xizmatlarning tur mazmuniga mos kelishi;
•
turning iste’molchilarning ma’lum maqsadli guruhiga yo‘naltirilganligi;
•
xizmat ko‘rsatish dasturini oldindan kelishish;
•
dasturlarning qayishqoqligi (elsatiligi) u yoki bu xizmatlarni almashtirish
imkoni mavjudligi;
•
taqdim etiladigan xizmatlar soni bo‘yicha xizmatlarning maqsadga
muvofiq tarkibi;
•
xizmat ko‘rsatishda majburiylik alomatlarining yo‘qligi;
Ushbu tamoyillarning barchasini turistik
mahsulotni ishlab chiqarish
bosqichidayoq inobatga olish muhimdir. Bunda noto‘g‘ri tayyorlangan mahsulotga
nafaqat talab mavjud bo‘lmasligi, balki bunday mahsulot tashkilotdan bo‘lajak
potensial mijozlarning ixlosini ham qaytarishi mumkinligini uno‘tmaslik lozim.
Bugungi kunda turistik bozorda hukm so‘rayotgan raqobat sharoitida
yuqoridagilar kuchli omil bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: