Urganch davlat universititeti Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari yo’nalishi


Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi



Download 388,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.07.2022
Hajmi388,24 Kb.
#826239
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Matnazarov Xursand

Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi
Chuchuk suv tabiatdagi biologik jarayonlarning asosini tashkil 
qilibgina qolmay, undan xalq xo`jaligining turli sohalarida, kishilarning kundalik 
turmushida keng foydalaniladi. Sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo`jaligi va 
kommunal sohalarni suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Zamonaviy 
korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga sarflanayotgan suv miqdori ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot og`irligiga nisbatan yuzlab va minglab marta ko`pdir. 
Masalan, 1 tonna po`lat ishlab chiqarishga 250 tonna suv ishlatiladi, qog`oz ishlab 
chiqarish ham taxminan shuncha suvni talab qiladi, 1 tonna alyuminiy ishlab 
chiqarish uchun 1500 tonna, 1 tonna nikelga 4000 tonna, 1 tonna sintetik tolaga 
5000 tonna suv sarflanadi. Sanoatda ishlatiladigan suv asosan texnologik 


uskunalarni sovutishga ketadi. Atom elektrostantsiyasida ming megavatt elektr 
energiyasi ishlab chiqarish uchun reaktorlarni sovutishga 3 mln. litr suv sarflanadi. 
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish ayniqsa ko`p miqdorda 
chuchuk suvni talab qiladi. Ma'lumotlarga qaraganda turli xildagi o`simliklar 1 kg. 
quruq massa hosil qilish uchun 150-1000 m. kubgacha suv sarflaydi; 1 tonna 
bug`doy olish uchun 1500 tonna, 1 tonna sholiga 8000-10000 tonna, 1 tonna 
paxtaga esa 10000 tonnagacha suv sarflanadi. 
Yer sharida sug`oriladigan yerlar maydoni 220 mln. gektar bo`lib, har 
bir gektarni sug`orishga yilida o`rtacha 12-14 ming. m. kub suv sarflanadi. 
Masalan, 1 gektar makkajo`xori uchun vegetatsiya davomida 3 mln. litr suv 
sarflanadi, 1 gektar karamga 8 mln litr, 1 gektar sholiga esa 20 mln. litrgacha suv 
sarflanadi. Bunga qo`shimcha ravishda yerlarning sho`rini yuvishda ham 
anchagina suv sarflanadi. Hisoblarga ko`ra dunyo dehqonchiligi uchun suvning 
yillik sarfi o`rtacha 2,8 ming km.kub bo`lib, bu suv daryolardan va yer ostidan 
olinadi. Bu ko`rsatkich Yer sharidagi daryolar yillik oqimining 7% dan ortiqdir. 
Chuchuk suv zahiralardan kommunal maqsadlarda ham keng 
foydalaniladi. Dunyo miqyosida olib qaraladigan bo`lsa, bu maqsadlarda sutkasiga 
odam boshiga 220-230 litr suv sarflanadi, shundan 5% yeb-ichishga, qolgani 
yuvish va yuvinish ishlariga sarf bo`ladi. Bu ko`rsatkich markazlashgan suv 
quvurlari bilan ta'minlagan shaharlarda (280 litr) qishloq joylariga (50-60 litr) 
qaraganda ancha yuqori bo`ladi. 
Aholining kundalik turmushi uchun suv sarfi dunyoning rivojlangan 
kapitalistik mamlakatlarida nisbatan ko`p. Bu borada AQSH yetakchi o`rinni 
egallaydi. Bu mamlakatda jami aholining 99% markaziy quvurlar suvidan 
bahramand qilingan bo`lib, sutkalik suv sarfi shaharlarda jon boshiga 330 litr, 
qishloqda esa 250 litrni tashkil qiladi. 
Xalq xo`jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto`xtov o`sishi 
chuchuk suv zahiralaridan tobora ko`proq foydalanishni taqozo etadi. Shuning 
uchun ham hozirgi vaqtda nafaqat yer usti chuchuk suvlari, balkim yer osti suv 
zahiralari ham ko`plab ishlatilmoqda. Bu zahiralar ba'zi mamlakatlarda ularning 


hosil bo`lishiga qaraganda tezroq sarflanayapti. Masalan, AQSH da yer osti suv 
zahirilarining miqdori 1910 yilda 490 km. kub bo`lgan bo`lsa, 1959 yilda 62 km. 
kubga tushib qoldi. Bu mamlakatning Kaliforniya, Arizona va Texas shtatlarida 
yer osti suvlarining zahirasi hozirgi kunda qariyb tugadi. Boshqa mamlakatlarda, 
masalan, Avstriya va Daniyada aholining suvga bo`lgan ehtiyoji to`liq ravishda, 
Gollandiyada ehtiyojning 80% va Germaniyada uning 40% yer osti suvlari 
hisobiga qondirilmoqda. 
Hisoblarga ko`ra chuchuk suv zahiralaridan foydalanish bo`yicha 
oldingi o`rinda qishloq xo`jaligi (66%), undan keyin sanoat va energetika (27%), 
oxirgi o`rinda aholining kommunal ehtiyojlari (7%) turadi. 
Dunyo miqyosida sanoat ishlab chiqarishi va energetikaga yilida 1000 
km. kub suv sarflanadi. Issiqlik va atom elektr stantsiyalarining agregatlarini 
sovutishda ham juda ko`p suv ketadi. Masalan, quvvati 2,5 mln. kvt bo`lgan 
issiqlik elektr stantsiyasi agregatlarini sovutish uchun Dnepr daryosi o`rta 
qismining yoz faslidagi o`rtacha suv miqdori (90-100 m. kubG`sek.) ga teng suv 
sarflanadi. Holbuki dunyoda bunga o`xshash yuzlab elektr stantsiyalari to`la 
quvvat bilan ishlamoqda. Sayyoramiz aholisining kundalik turmush ehtiyojlariga 
sutkasida 7 mln. tonna suv sarflanmoqda. 
Shunday qilib, xalq xo`jaligining rivojlanishi va aholi sonining 
beto`xtov o`sib borishi bilan ularga sarflanadigan suv miqdori ham ko`paymokda. 
Buning ustiga daryolar bo`yidagi o`rmon va to`qayzorlarning yo`qotilishi, o`tloq 
va botqoqlarning quritib o`zlashtirilishi bilan daryolarning suv saqlash qobiliyati 
pasayib ketdi. Buning oqibatida, bir tomondan, ularning suvi tez oqib o`tib dengiz 
va okeanlarga quyilayapti va nihoyat, yalang`och sohillardan suvning havoga 
bug`lanishi tezlashayapti. Shuning uchun ham, garchi quruqlikdagi suv zahiralari 
tabiatda aylanib turishi tufayli to`xtovsiz tiklanib tursada, hozirgi kunda ba'zi 
joylarda chuchuk suv tanqisligi keskinlashib bormoqda. Chunki bu joylarda 
suvning sarflanish tezligi tiklanish tezligidan jadallab ketdi. Bu hol ayniqsa 
rivojlangan mamlakalarda yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Yevropaning qator 
rivojlangan mamlakatlarida, jumladan Angliya, Germaniya, Frantsiya, AQSH va 


Kanadada sanoat va turmush ehtiyojlari uchun toza suv yetishmay qolayotir. Ba'zi 
joylarda chuchuk suv hatto eksport predmetiga aylandi. Masalan, Gonkkong 
chuchuk suvni quvurlar orqali Xitoydan oladi. Jazoyir mamlakati ham tashib 
keltiriladigan suv hisobiga kun kechirmoqda. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon Bankining ma'lumotlariga 
ko`ra hozirgi kunda Yer shari aholisining 40% joylashgan 80 ta mamlakatda 
ichimlik suvining tanqisligi sezilmoqda. Ayniqsa 1 mlrd. aholini qamrab olgan 
rivojlanayotgan mamlakatlarda kishilar toza ichimlik suvi yetishmasligidan jiddiy 
qiynalmoqdalar. Bu mamlakatlarda yetarlicha tozalanmagan suvni iste'mol qilish 
oqibatida turli kasalliklarga chalinib, har yili taxminan 10 mln kishi hayotdan ko`z 
yumadi. 
Bunday tashvishli signallar jahon jamoatchiligini hushyorlikka 
undaydi, kishilar tasavvurida «bitmas-tuganmas» bo`lib ko`ringan chuchuk suv 
zahiralarining hisob-kitobi borligidan, unga xo`jasizlarcha munosabatda bo`lish, 
ularni isrof qilish va ifloslash global masshtabda suv tanqisligini keltirib chiqarishi 
mumkinligidan ogoh qiladi. 

Download 388,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish