jigardagi o`t pufakda ishlab chiqilgan o`t suyuqligi va me'da osti bezida ishlab
chiqilgan me'da osti bezining shirasi yordamida va 12 barmoqli ichak
devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta'sirida ovqat butkasi parchalanadi.
Ichak shirasi 99% suv, qolgan qismi organik modda, fermentlardan (eripsin,
lipaza, amilaza) va tuzdan iborat bo`ladi. Bir sutkada 1 ,5-2 litr ichak shirasi
ishlab chiqariladi. Ichak devori ishqoriy xususiyatga ega. Ichak devorlari juda
ko`p so`rgichlardan iborat bo`lib, ular qon tomirlariga juda boy bo`ladi.
Parchalangan ovqat shular yordamida qonga so`riladi. Bola 1 yoshgacha
to'lguncha ichaklari tez o'sadi, 10-15 yoshda yanada tezlashadi. Bolalar ichagi
bola tanasiga nisbatan 4,5 marta, ko'krak yoshidagi bolalarda 6 marta uzun
bo'ladi. Go'dakligida ingichka ichak devoridagi vorsinkalar, shira ajratuvchi
bezlar, muskullar yaxshi rivojlanmagan bo'ladi.Bola yoshi ortishi bilan ichak
shirasi miqdori va fermentlar qonsentrasiyasi orta boradi.
Me'da osti bezi
. Me’da osti bezi me’daning pastki va orqa sohasida
joylashgan bo’lib, uning og`irligi yangi tug’ilgan bolalarda -4-5g, 12 yoshda uning
uzunligi katta odamnikiga teng bo`ladi. Me'da osti bezining og`irligi kattalarda 70-80
g. barg shaklida, uning boshi, tanasi, dum qismlari bo`ladi. Me'da osti bezi bir
sutkada 500-800 sm
3
shira ishlab chiqaradi, Uning 98% suv, qolgan qismi oqsil va
tuzdan iborat. Shira tarkibidagi fermentlar, ya'ni eripsin, peptonlarni
aminokislotalargacha, lipaza yog``larni yog`` kislotasi va glitsiringacha parchalaydi
.
JIGAR.
Jigar organizmdagi eng katta bez bo`lib, bolaning yoshi ortishi
bilan jigarning hajmi, og`irligi tuzilishi o`zgarib boradi. Yangi tug`ilgan bola
jigarning og`irligi 130 g, 2-3 yoshda-460 g, 6-7 yoshda-675 g, 8-9 yoshda- 720 g, 12
yoshda-1130 g, 16yoshda-1260 g. Kattalarda 1,5-2 kg, uzunligi 20-22 smga teng
bo’lib, asosan ong qovurg’alar yoyi ostida joylashgan. Bolalarda o`t kislotasining
qontsentratsiyasi va miqdori kam bo`ladi.
Jigar quyidagi vazifalarni bajaradi: qondagi zaharli moddalarni
zaharsizlantiradi; qon deposi hisoblanadi. Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi; o`lgan
eritrotsitlar jigarda to`planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo`ladi; Ko`per
hujayralarida o`t suyuqligi ishlab chiqariladi; Jigar ortiqcha glyukozani glikogen
sifatida zapas saqlab turadi; Jigar tana temperaturasini turg`un saqlashda ishtirok
etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so`ng o`t ajralib
chiqadi va 12 barmoqli ichakka quyiladi. O`t yog`’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi
erishini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish kanalini harakatini yaxshilaydi, ichakdagi
mikroblarni o`ldiradi. Ovqat hazm kanalida hazm bo`lganidan so`ng chiqindi
moddalar najas bo`lib, yo’g`on ichakka yig’iladi. Defikatsiyaning nerv markazi orqa
miyaning 3-4 bel segmentida joylashgan. Tashqi sfinter ixtiyoriy.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |