Ing computer hisoblayman



Download 247,19 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2022
Hajmi247,19 Kb.
#825893
Bog'liq
Kompyuter - Vikipediya



Kompyuter
Kompyuter
(ing. computer — hisoblayman), 
EHM
(
Elektron Hisoblash Mashinasi
) — oldindan
berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash
mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, K. hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning
funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin.
Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur
taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq
qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa
boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan
K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360,
1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral
sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi. Shaxsiy K. (mikro va-mikro EHM) tushunchasi 20-
asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi avlodlarida
mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha
kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning
yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM
bilan PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh ("Makintosh") yoki oddiygina "maki" deb
ataladigan K. ni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin
EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEHM) boʻlgan. K.lar masalalarni yechishda
foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan K.dan, xujjatlarni bosishda harf
bosish qurilmasi boʻlgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan
iborat boʻladi. Kerak boʻlganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki
da K.ning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy
amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey)
matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli


axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, K. tarkibiga "sichqon" manipulyatori va printer kiritiladi. "Sichqon"
ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida K. ishini osonlashtiradi.
Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt
qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish
qurilmasi K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K.ning
asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish
kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali
belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi.
Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira
(disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish-ch iqarish
qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
K. oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular yordamida koʻp narsalarni
amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin (qarang 
Kompyuter oʻyinlari
). K.ning
universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli
sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon
Shaxsiy kompyuterning sxemasi:
1. 
Monitor tizimi
2. 
Ona plata 
3. 
Protsessor
4. Port 
ATA
5. 
Tezkor xotira
6. 
Kengaytiruvchi kartalar
7. 
Quvvat bloki
8. 
Diskovod
9. 
Qattiq disk
10. 
Klaviatura
11. 
Sichqon


beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostansiyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan
axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay
boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang 
Intranet

Internet

Kompyuter tarmogʻi
).
Xolmatov T., Taylaqov N., Informatika va hisoblash texnikasi T., 2001.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat boʻlib, ular quyidagi alomatlari
bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-
chiqarish qurilmasi, dasturiy taʼminoti.
1947-yilda Bell laboratoriyasinig xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter
Bratteyn tomonidan elektron lampa ishini bajara oladigan 
tranzistor
ishlab chiqildi. Endi bu
element asosida EHMlar oʻlchami, vazni va energiya sarfi minglab baravar kamaydi, tezligi oʻnlab
marotaba ortdi. Bu kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi. 1957-
yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kilbi mantiqiy elementlardan tuzilgan birinchi
integral sxema
ni ishlab chiqdi. Tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli qisqa davr
ichida EHMlarning quyidagi jadvalda qiyoslamasi berilgan toʻrt avlodi ishlab chiqarilgan.
Adabiyotlar
Manbalar
Tarixi


Avlodlar
Asosiy
element
Amal
bajarish
tezligi
Kiritish-chiqarish
qurilmasi
Dasturiy taʼminot
Shu avlod
EHMiga
misol
1-avlod
1946-
1955
Elektron
lampa
1
sekundda
10-20
ming
Boshqarish pulti,
perfokarta
Mashina tili, dasturlash tili
ENIAC,
MESM,
MINSK-1,
URAL
2-avlod
1956-
1965
Tranzistor
1
sekundda
100-500
ming
Perfokarta,
perfolenta,
magnitli baraban
Dispetcher va paket
sistemasi,
IBM 707,
BESM-6
MINSK-22
3-avlod
1966-
1974
Integral
sxema
1
sekundda
2×10
6
gacha
Videoterminal
sistemasi
Operatsion sistemalar
IBM 360,
EC-1030
4-avlod
1975 -…
Katta
integral
sxema
1
sekundda
10
8
va yuqori
Rangli grafik
displey
Maʼlumotlar ombori,
ekspert sistemasi
PRAVETS,
IBM,
Pentium
Narxi qimmat hamda oʻlchami katta EHMlarga koʻp sonli muhandislar va dasturchilar xizmat
koʻrsatishgan. Bunday hisoblash mashinalarining oddiy inson xonadoniga kirib kelishi uchun
narxini arzonlashtirish, oʻlchamlarini kichiklashtirish, oʻrnatilgan dastur asosida dasturchilarsiz
mustaqil ishlatilishi mumkin boʻlgan holatga keltirish zarur boʻldi. Bu rivojlanish shaxsiy
kompyuter (PC – Personal Compyuter) atamasi bilan bogʻlangan.
Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni
taʼminlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan.
Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron oʻyinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter
1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi „Apple Computer“ firmasi tomonidan
mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab


chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta
ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
Hozirgi kunda xilma-xil zamonaviy kompyuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ular ning tashqi
koʻrinishlari ham turlicha. Lekin kompyuterlarni tashkil etuvchi qurilmalar (yaʼni apparatli
taʼminoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda oʻxshashlik
borligini koʻramiz. Har qanday kompyu terning apparatli taʼminoti 
asosiy
va 
qoʻshimcha
qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini taʼminlasa, qoʻshimcha
qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qoʻshimcha imkoniyatlar beradi.
Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qoʻshimcha
qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va
boshqalar misol boʻladi.
Sistema bloki, asosan, gʻilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira
qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.
Asosiy plata
yaxlit asosga yigʻilgan elektron sxemalar boʻlib, unga baʼzi qurilmalar axborot
almashish sistema magistrali – 
shina
lar (simlarining oʻramlari) yordamida bogʻlanadi. Shinalar
kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina
xizmat koʻrsatadi: 
berilganlar
(berilgan maʼlumotlar) shinasi, 
adreslar
shinasi, 
boshqarish
shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va
tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus 
slot
(qirqim)lariga ulanadi.
Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar 
portlar
deb yuritiluvchi asosiy platadagi
maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada 
kontrollerlar
deb
ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal
ketma-ket (USB) turlarga boʻlinadi. Ketma-ket port protsesordan maʼlumotlarni baytlarda oladi
va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda,
sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda koʻp asosiy
platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 boʻlmaga ulanadi. Hozirgi kunda
universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.
Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi 
(DXQ
, ing.
ROM – Read Only Memory – faqat oʻqish uchun xotira) mikrosxema koʻrinishida tashkil etilgan
boʻlib, quvvat manbaiga bogʻliq boʻlmagan holda maʼlumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi.
Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic
Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi.
Protsessor
ni mikroprotsessor yoki CPU (yaʼni, Central Processing Unit-markaziy protsessor)
deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bogʻlanadi va
barcha qurilmalar ishini boshqaradi.


Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim
oʻtkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil
topgan mikroprotsessor, yaʼni oʻta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida koʻradigan
boʻlsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori oʻz ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni
saqlaydi.
Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va raz ryadlar soni bilan belgilanadi.
Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan
ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega boʻlsa,
Intel Pentium IV protsessori uchun bu koʻrsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessor ‐
ning razryadlari soni uning bir vaqtning oʻzida baravariga ishlashi mumkin boʻlgan bitlar miqdori
bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qoʻllanilmoqda.
Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik
soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Shu kunlarda protsessorlarning
koʻp yadroli turlari ishlatilmoqda.
Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:
arifmetik-mantiqiy qurilma;
maʼlumotlar va adreslar shinasi;
registrlar;
buyruq jamlagichi;
kesh, yaʼni kichik hajmli oʻta tezkor xotira;
qoʻzgʻaluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.
Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi
va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, yaʼni bir vaqtning oʻzida 16 bit axborot va 2
32
=
4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.
Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni
oʻqish va bajarish, natijani yozib qoʻyish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat
takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqa rishni amalga
oshirish, maʼlumotlarni zarur joydan oʻqish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa
qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.
Demak, 
protsessor
berilgan dastur va zarur maʼlumotlar asosida inson aralashuvisiz
kompyuterning avtomatik ishlashini taʼminlovchi qurilma ekan.
Tezkor xotira qurilmasida (
TXQ)
ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha
axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan


axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida
saqlanayotgan maʼlumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda
oʻchib ketadi.
Tezkor xotira qurilmasi 
registr
lardan tashkil topgan. 
Registr
– maʼlumotlarni ikkilik shaklida
vaqtinchalik saqlab turish uchun moʻljallangan qurilma. Har bir registr oʻz navbatida triggerlardan
tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema boʻlib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda „1“ ni,
zaryadlanmagan holatda „0“ ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning
necha 
razryad
li ekanini belgilaydi. Registrlar 
uyachalar
(yacheykalar) deb ham yuritiladi.
Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (yaʼni 0 yoki 1). 8 bit axborot
birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt oʻz tartib raqamiga, yaʼni
adres
iga ega boʻladi. Uyachaning sigʻimi 
mashina soʻzi
uzunligini belgilab beradi. Mashina
soʻzining uzunligi baytlarda oʻlchanadi. Mashina soʻzining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng boʻlishi
mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, toʻrt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina soʻzini
tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham oʻz adresiga ega, u esa shu uya chadagi
boshlangʻich bayt adresi bilan ifo dalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM
(Random Access Memory – tanlov boʻyicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan
adresli uyachaga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkoniyati mavjud.
Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida boʻlishi mumkin. Bu
platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat koʻrsatkichiga erishish maqsadida
ishlatiladi.
Tovush platasi
(ing. Sound adapter, adapter-moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga
yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish
qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi oʻz
mikroprotsessoriga ega boʻlib, tovushni kiritishda analog-raqamli oʻzgartirish va chiqarishida
diskret-analogli oʻzgartirishni taʼminlaydi.
Video-plata
(ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni
taʼminlab beruvchi plata. Bu plata oʻz mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega boʻladi.
Zamonaviy video-karta hajmli va uch oʻlchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi
kundagi juda koʻp dasturlar va oʻyinlar 64 Mb yoki 128 Mb sigʻimli video-kartalar bilangina
ishlaydi. 
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Soʻnggi tahrir 22 kun avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Kompyuterlarga oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Kompyuter&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Kompyuter&oldid=2598620

dan olindi

Download 247,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish