O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti mavzu



Download 393,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana20.07.2022
Hajmi393,79 Kb.
#825742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mehnat va unga haq tolash hisobi

 
Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo’llash ishlab 
chiqarishning xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash tizimiga, 
shuningdek mahsulot sifatini nazorat qilish usuliga bog’liq. Тasdiqlangan qonunga 
binoan sanoatda quyidagi dastlabki hujjatlar qo’llaniladi: ishbay ish naryadi, 
marshrut varaqasi, tayyorlangan mahsulot to’g’risida raport, tayyorlangan 
mahsulotni hisobga olish qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish 
dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga berilgan normalashtirilgan topshiriq va 
boshqalar. Ishlangan mahsulot va bajarilgan ishlar hisobi bo’yicha dastlabki 
hujjatlar miqdorini anchaga kamaytirish uchun yiriklashtirilgan, kompleks me’yor 
va baholarni qo’llash, shuningdek bir yo’la tuziladigan bir kunlik hujjatlar o’rniga 
ko’p kunlik (yig’ma hujjatlar) haftada ishbay ishlarning bajarilishi (Т-28-shakl) ga 
o’xshagan hujjatlarni qo’llash tavsiya qilinadi.
Ish haqini to’g’ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar 
keltirilishi kerak: ish joyi (sex, uchastka, bo’lim); hisoblash davri (sana); 


familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel raqami va ishchining razryadi; ish birligiga 
belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo’yicha 
norma-soat miqdori
Тexnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan, 
amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko’rsatilgan bu hujjatlar ish 
boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga topshiriladi. Ish bajarilgandan so’ng 
texnik nazorat bo’limi (OТK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul qilingan yaroqli
mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko’rsatadi. 
Yakka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish 
bo’yicha asosiy hujjat bo’lib bir yo’la tuziluvchi, yig’ib boruvchi, shuningdek 
yakka va brigada bo’yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo’la naryad smena 
yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish 
turlari bo’yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad 
deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. 
Naryadning orqa tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada 
a’zolarining malakasi to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar keltiriladi.
Naryadlar bo’yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri 
tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, 
smenaga), biri ikkinchisi bilan bog’lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga 
yoziladi. Shuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o’zida seriya 
(guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda 
tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari 
qo’llaniladi. Marshrut varaqasi bo’yicha har bir ishchi ish bajarishi mumkin. 
Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va ma’lum partiya 
detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan 
ikkinchisiga o’tkazilishi ketma-ketlikda ko’rsatilgan bo’lib, ishlab chiqarishdagi 
yo’qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo’yicha 
ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish 
haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan ishlab 
chiqarish raportida yig’ib boriladi. 


Ko’plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda 
o’zlariga berkitilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab 
chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo’yicha tuziladigan 
yig’ma qaydnomaslarda yuritiladi. 

Download 393,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish