19-§. SHAKLI 0 ‘ZGARGAN NOVDALAR
Shakli o‘zgargan novdalar yerosti va yerusti shakli o‘zgargan
novdalarga bo‘linadi. Shakli o‘zgargan yerosti novdalariga esa
piyozbosh, tugunak, ildizpoya kiradi (37-rasm).
Shakli o‘zgargan yerosti novdalar
muhim biologik aha-
miyatga ega. Ular o‘ simliklami noqulay tashqi muhitdan
saqlaydi, o‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘playdi va
ulaming vegetativ yo‘ l bilan ko‘payishi uchun xizmat qiladi.
0 ‘ simliklar bargida boradigan murakkab biologik jara-
yonlar natijasida organik (oziq) moddalar hosil bo‘ladi va
ular turli organlarda to‘planadi. Bu moddalar o‘ simliklaming
o‘ sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi.
Tuproq orasida piyoz hosil qiladigan o‘ simliklar
piyoz-
boshli o‘simlik deyiladi.
Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U
kurtak singari, tashqi tomondan quruq qobiq bilan o‘ralgan.
Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlay
di.
Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta
poyacha borligini ko‘rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta
poyacha asosidan pastga qarab mayda qo‘ shimcha
ildizlar
hosil bo‘ ladi. Yuqorida esa seret qobiqlar (shakli o‘zgargan
barglar), kurtaklami ko‘rish mumkin. Piyozning ana shu se
ret barglari shakli o‘zgargan barglar bo‘lib, ulaming hujay-
ralarida oziq moddalar to‘planadi. Vaqt o‘tishi bilan kurtak-
dan barglar, gulpoya о‘ sib chiqadi. Gulpoya uchida to‘pgul
hosil bo‘ladi. Demak, piyozbosh shakli o‘zgargan yerosti
novdadir.
Tugunak va ildizpoyalar ham o‘ simliklaming shakli
o‘zgargan yerosti novdasidir. Tugunakli o‘ simliklarga ham-
mamizga tanish bo‘ lgan kartoshka, topinambur kabilar kira
di. Ulardan eng ko‘p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz.
Kartoshkaning tugunaklari uning yerosti poyasidan hosil
bo‘ladi. U, asosan, yumaloq shaklda bo‘lib, o‘zida ko‘p
miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki
tuzilishi jihatidan novdaga o‘xshaydi. Tugunaklaridagi chu-
43
qurchalarda - ko‘zchalarida kurtaklar
joylashganligi bilan
boshqa yer osti novdalardan farq qiladi.
Tugunaklar issiq, semam sharoitda tez ko‘kara boshlaydi.
Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda o‘ sib chiqadi.
Kurtaklaming ko‘p qismi tugunakning uchiga yaqinroq joy-
lashadi. Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklar
dan o‘ sa boshlaydi.
Agar kartoshka tugunagi kesib ko‘rilsa, uning ichki tuzi
lishi poyanikidan farq qilmasligini ko‘rish mumkin.
Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun
kesilgan tugunakka bir tomchi
kuchsiz yod eritmasi tomi-
zilsa, u asta-sekin ko‘karadi. Kraxmal boshqa o‘ simlikdagi
singari barglarda hosil bo‘ lib, o‘ sha yerda shakarga ayla-
nadi va po‘ stloqning elaksimon naychalari orqali tugunak
ka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va
to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: