Sitoplazma - hujayranmg asosiy tarkibiy qismi hisobla-
nadi. U rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq holda bo‘ lib,
doimo harakatlanib turadi.
Yadro - hujayraning eng muhim tarkibiy qismi. U hu-
jayralar bo‘linishida katta rol o‘ynaydi.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar, bakteriyalaming yadrosi shakllan-
magan, nning moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylash-
gan bo‘ladi. Yadro irsiy belgilaming yangi avlodga o‘tishida
muhim ahamiyatga ega.
Plastidalar - hujayraning asosiy tirik qismlaridan
biri. Zamburug‘ lar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo6tlarda
plastidalar bo‘lmaydi. Plastidalar uch xil bo‘ ladi: leyko-
plastlar (rangsiz), xromoplastlar (zarg‘ aldoq, qizg‘ ish),
xloroplastlar (yashil). Xloroplastlar yashil xlorofill pig-
mentiga ega plastidalar bo‘ lib, ularda fotosintez jarayo-
ni boradi. Xromoplastlarda qizil, sariq rangli pigmentlar
bo‘ ladi. Xromoplastlar gul va mevalarga rang beradi.
Leykoplastlar rangsiz plastidalardir. Ularda zaxira mod-
dalar saqlanadi.
Yakuol - sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan
to‘ lgan bo‘ shliq. U turli shaklda bo‘ ladi. Hujayra shirasi
tarkibida 70-95% suv va unda erigan ko‘pgina mineral va
oqsil, moy, shakar kabi organik moddalar bocladi. Bu shira
tarkibiga ko‘ ra mevalaming ta’mi shirin, nordon va ach-
chiq bo‘ ladi.
hiijayralarining mikroskop
Hujayra qismlari
ostida ko‘rinishi
i n
____
Hujayralaming xilma-xilligini ko‘rish uchun
0
‘ simlik-
laming turli organlaridan preparat tayyorlash kerak.
Misol uchun piyozning shaffof yupqa pardasidan pre
parat tayyorlash ancha oson. Buning uchun uning etli qo-
big‘ idan yupqa shaffof pardasi ajratib olinadi va buyum
oynasidagi tomchi suvga qo‘yiladi. Uning hujayralari shak-
lining cho‘ziqligi, zichroq joylashganligi va plastidalaming
rangsizligi bilan boshqa o‘ simlik hujayralaridan farq qiladi
(10-rasm).
Hujayralar o‘ lchami jihatidan ham bir-biridan farq qilishi
endi sizga ma’lum.
Ko‘pchilik o‘ simliklaming hujayrasi juda kichkina
bo‘ladi. Lekin yiriklari ham bor. Masalan, chigit yuzasidagi
tola (tuk) bitta hujayradan iborat bo‘lib, uzunligi 3-4 sm ga
yetadi (11-rasm).
Shunday qilib, har xil turga tegishli o‘ simliklar hujayrasi
o‘ziga xos shaklda bo‘lishiga ishonch hosil qildik. Hatto bir
tup o‘ simlikning turli organlaridagi hujayralar ham har xil -
cho‘ziq, yumaloq, ko‘p qirrali va boshqa shakllarda bo‘lishi
mumkin. Hujayralar shakliga va bajaradigan vazifasiga qa-
rab xilma-xil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |