Progesteron
17 ß-Estradiol
HO
OH
E stron
Estriol
14.4-rcism.
A yo llar jin s iy
gorm onlari
Eng faol estrogen — estradiol — asosan follikulalarda
sintezlanadi; qolgan ikki estrogen estradiolning hosilalari hisoblanadi,
ular buyrak usti bezlari va platsentada ham sintezlanadi. Barcha
estrogenlar 18 uglerod atomini tutadi. Tuxumdonlarda estrogenlar va
progesteronning sekretsiyasi siklik xarakterga ega, bunda menstrual
siklning 1-fazasida
asosan estrogenlar sintezlansa, 2-fazasida
ko‘proq progesteron sintez- lanadi. Zamonaviy tasawurlarga ko‘ra,
tuxumdonlarda estrogenlar sintezlanishi follikulalam ing teka
hujayralarida androgenlar (andros- tendion) sintezi bilan birga sodir
bo‘ ladi:
Androgenlar keyin granulyoza hujayralarida aromatizatsiya-
lanadi. Teka hujayralarida LG retseptorlari sintezlanadi. Granulyoza
hujayralarida esa FSG retseptorlari ishlab chiqariladi. LG teka
hujayralari retseptorlari bilan bog‘ langanida
xolesterolning yon
zanjirini uzuvchi fermentni faollashtiradi, natijada pregnenolon,
androstendion hosil boTadi. FSG granulyoza hujayralari retseptorlari
bilan bogTanganida aromataza ferment kompleksini faollashtiradi,
bu ferment kompleksi ta’sirida teka hujayralari tomonidan
sekretsiyalangan androgenlar estrogenlarga aylanadi. Aromataza
ferment kompleksi tarkibida sitoxrom P450-oksidaza bo'ladi, bu
kompleks ta’sirida androgenlaming arom atizatsiyalanishi 0 2 va
345
NADFH ishtirokida sodir boMadigan 3 gidroksillanish
reaksiyasini
o ‘z ichiga oladi.
Teka hujayralarining bevosita o‘zida estrogenlar kam miqdorda
sintezlanadi. Estrogenlaming katta qismi sariq tanada, fetoplatsentar
kom pleksda (hom iladorlik vaqtida), buyrak usti bezlari po'stloq
qism ida, y o g ‘ hujayralarida, jigar, teri vayuqori darajadagi aromataza
fao lligi aniqlangan boshqa to‘qimalarda androgenlaming periferik
arom atizatsiyalanishi yo ‘ li bilan ishlab chiqariladi.
G ranulyoza hujayralarida nisbatan faolligi pastroq estrogen —
estron sintezlanishi mumkin, estron qonga chiqqanida undan faolligi
yanada pastroq bo‘ lgan estriol hosil bo‘ Iadi. Jigarda 17p-estradiol
aromatik halqaning C2 uglerod atomi bo‘yicha gidroksillanishi va
olting‘g ‘rt yoki glyukuron kislotalari bilan
konyugatlar hosil qilishi
natijasida inaktivlanadi. Bu mahsulotlar o ‘t suyuqligi yoki siydik
bilan chiqarib yuboriladi.
Qondagi estrogenlaming 95% qismi oqsil bilan bogTangan
bo‘ ladi, estrogenlaming oqsil bilan bogTanmagan erkin qism igina
biologik faollikka ega bo‘ ladi.
B olalik davrida yetilm agan tuxumdonlar kam miqdorda gormon
ishlab chiqaradi va estrogenlaming qondagi miqdori past bo‘ladi.
Pubertat davrda gipotalamo-gipofizar
tizimning qondagi jin siy
gormonlarga sezgirligi pasayadi. Gonadotropin-rilizing gormonining
im pulsli sekretsiyasi LG va FSG sekretsiyasining sutkalik ritmini
o‘matadi. Har bir menstrual siklning boshida FSG va LG ta’sirida
birlamchi follikulalar rivojlanadi. LG teka hujayralariga ta’sir
qilib androgenlar sintezini stim ullaydi, FSG esa androgenlaming
arom atizatsiyasini kuchaytiradi, bu ikki gormonning ta’siri
tufayli
rivojlanayotgan follikul estrogenlami sekretsiya qiladi. Estrogenlar
o‘z navbatida teskari manfiy aloqa tufayli FSG sekretsiyasini
kam aytiradi. Tuxumdonlardan ajraladigan ingibin oqsili ham FSG
sekretsiyasini tormozlaydi (14.5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: