14
2-BOB. 6-SINF MATEMATIKA KURSIDA MUSBAT VA MANFIY
SONLARNING BERILISHI
2.1 Musbat va manfiy sonlar ustida amallar
Ushbu mavzu ustida ishlashda o’qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar
quyidagilardan iborat.
1) o'quvchilarni qo'shish va ayirish, ko'paytirish va bo'lish
amallarining mazmuni
bilan tanishishtirish.
2) Hisoblash usullaridan o'quvchilarning ongli foydalanishlarini ta'minlash
a) Sonni qismlari bo'yicha (bittalab yoki guruhlab) qo'shish va ayirish usuli;
b) Yig'indining o’rin almashtirish xossasidan foydalanib qo'shish usull;
d) Sonlarni ayirishda qo’shishning tegishli holini bilishdan yoki yig’indi va
qo'shilovchilardan biri bo'yicha ikkinchi qo'shiluvchini topish malakasidan
foydalaniladigan holda yig'indi bilan qo'shiluvchilar orasidagi bog'lanishlarni
bilganlikka asoslangan ayirish usuli;
3) Qo'shish va ayirish, ko'paytirish va bo'lish ko'nikma
malakalarini shakllantirish
(yod olishga yetkazish) 100 ichida qo'shish va ayirishni o'rganish ishini oʻzaro
bogʻlangan bir necha bosqichga bo'lish mumkin. O'quvchilarda og'zaki va yozma
hisoblash ko'nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy
yo'nalishlaridan biridir. Arifmetik amallami o'rganishdan oldin bolalar ongiga uning
ma'nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil
amaliy ishlarni bajarish
asosida o'tkaziladi.
Arifmetik amallarni o'rganishda oldin o'quvchilar ongiga uning ma'nosini,
mazmunini yetkazish kerak. Bu ish predmetlarning har xil toʻplamlari bilan amaliy
ishlar bajarish asosida o'tkaziladi. O'quvchilami qo'shish va ayirish amallarining
ma'nosi bilan tanishtirish ikki toʻplam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan
to'plamdan uning qismlarini ajratish kabljamaliy munosabatlar orqali amalga
oshiriladi. Qo'shish amalt sonlari ko'paytirish amallari uchun asos bo'lib
xizmat
qiladi. Ko'paytirish uning komponentlari bilan natijalari orasidagi bog'lanishlarni
o'rganish o'z navbatida bo'lish amalini o'rganish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Arifmetik amallarni o'rganishdagi masalalardan biri og'zaki va yozma hisoblash
15
usullarini ongli o'zlashtirish, hisoblash malaka va ko'nikmalarin! shakllantirish bilan
bog'liqdir. Og'zaki hisoblashlarning asosiy ko'nikmalari 1- va 2-sinflarda
shakllanadi. Og'zaki hisoblash usullart ham, yozma hisoblash usullari ham amallar
xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan
natijalari orsidagi bog'lanishiami bilganlikka asoslanadi. Ammo ogʻzakl va yozma
hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
a) Bir xil ishorali sonlarni qoʻshish uchun ularning modullarini qoʻshib, soʻngra,
yigʻindi oldiga qoʻshiluvchilarning ishorasi qoʻyiladi.
Masalan
1) -4+(-7)=-11
2) +8+(+9)=+17
Odatda + ishora qoʻyilimaydi va ikkinchi misol 8+9=17 kabi yoziladi.
3) -45+(-38)=-83
b) Har xil ishorali sonlarni qoʻshish uchun ularning moduli kattasidan moduli
kichigini ayirib, ayirma oldiga moduli kattasini ishorasini qoʻyiladi.
Masalan
1) -4+(+7)=+3=3
Bu misol bunday yozilishi mumkin: -4+7=3
2) -7+5=-2
3) 57+(-45)=12
4) 32+(-70)=-38
2. Butun sonlarni ayirish qoidasi:
Butun sonlarni ayirish uchun kamayuvchiga "ayriluvchiga qarama-qarshi" sonni
qoʻshish kerak.
Masalan
1) -9-(-6)=-9+6=-3
2) -12-5=-12+(-5)=-17
3) 21-34=21+(-34)=-13
4) 31-(-10)=31+10=41
Do'stlaringiz bilan baham: