Tilxat namunalari
I-ilova
TILXAT
Men, 0 ‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining
Xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri Bahodir Olimov, Toshkent milliy
cholg‘u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Er
kin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umu
miy bahosi 6813500 (olti million sakkiz yuz o‘n uch ming besh
yuz) so‘m bo‘lgan 30 (o‘ttiz) dona rubobni qabul qilib oldim.
(imzo)
B. Olimov
____________________________________ 2018-yil 21-fevral
2-ilova
TILXAT
Men, Toshkent savdo markazi Xo‘jalik mollari bo‘limining
mudiri Anvar Mamatovich Sobirov, fuqaro Rahim Karimovich Ra-
himovdan bahosi 3122000 (uch million bir yuz yigirma ikki ming)
so‘m bolgan «Biryusa-б» markali sovutkichni boshqa markali
sovutkichga almashtirib berish uchun qabul qilib old;in.
(imzo)
A. Sobirov
________ 2018-yil 20-may
3-ilova
TILXAT
Men, Boysun tumanidagi «Fayz Ramz» fermer xo‘jaligi rah
bari Karim Salimovich Rahimov, fermer xo‘jaligi g‘aznachisi Dil-
bar Salimovadan xo‘jalik a’zolarining iyun oyiga tegishli 7164500
(yetti million bir yuz oltmish to‘rt ming besh yuz) so‘m miqdorida-
gi ish haqini tarqatish uchun oldim.
(imzo)
K. Rahimov
____________________________________ 2019-yil 16-sentyabr
B a’zan tilxatda guvohlar ismi, otaismi, familiyalari ham
ko*rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o ‘z imzolari bilan
hujjatni tasdiqlashlari kerak.
311
Ma 'lumot-axborot hujjatlari
TU SH U N T IR ISH XATI
Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning
ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rah-
bariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) y o ‘llanuvchi
hujjatdir.
Yuqoridagi ta ’rifdan k o‘rinadiki, tushuntirish xati xuddi
m a’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki va tashqi xusu-
siyatga ega. Keyingi holatda, y a’ni tushuntirish xati yuqori
tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat
(rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida b o ‘lib, mazkur
hujjatni umuman yoki uning b a’zi o ‘rinlarini qisman izohlab,
tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek,
muassasada bo‘lib o ‘tgan voqea-hodisaga, rahbam ing b a ’zi
xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlaming bajarilmay qoli-
shiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tu
shuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qara-
may, u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rah
bar tomonidan imzolanadi.
Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari,
asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, fermer x o‘jaligi a’zosi, ta-
laba) tomonidan, ba’zan b o‘linmalar rahbarlari tomonidan
muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayoni
da xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan b a’zi xatti-harakat-
lar (masalan, ish yoki o ‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja
yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoi-
dalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ulaming sabablari
izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan
imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yozi-
312
Tushuntirish xati
ladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari, odatda, mansabdor (rahbar)
shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim
haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli inti-
zomiy jazo chorasi qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa,
qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o ‘tashi mumkin.
Umuman, tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan
iborat boMadi:
1. Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxs
ning to ‘liq nomi.
2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning
to‘liq nomi.
3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati).
4. Hujjat matni (mazmuni).
5. Imzo.
6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).
Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar
nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida
rasmiylashtiriladi va ulaming to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida
aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodim
ning to ‘liq nomi deyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan)
b o ‘linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, otaismining bosh
harflari va familiyasi nazarda tutiladi.
Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan tushuntirish
xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarining
joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish xatining
muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qarat-
qich kelishigida rasmiylashtirilgani m a’qul.
4-9-ilovalarda shaxsiy xususiyatdagi tushuntirish xatlari-
ga bir necha namunalar berildi. Muassasa nomidan yoziladi
gan tushuntirish xatlari boshqa asosiy hujjatlarga bog‘liqligi
sababli ularga oid namunalar berilmadi.
313
Ma lumot-axborot hujjatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |