Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/293
Sana18.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#823289
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   293
Bog'liq
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

64-ilova
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek 
tumani Ma’muriy sudiga
Toshkent shahri Buyuk Ipak 
yo‘li shohko‘chasi 61-uy
51-xonadonda yashovchi Sobir 
Sodiqovich Emazarovdan
ARIZA
2010-yil 24-iyun kuni Elektronika ilmiy-tadqiqot instituti 
cadrlar bo‘limi tomonidan mening nomimga mehnat daftarchasi 
berilgan bo‘lib, uning «Familiyasi» degan qatorida «Enazarov» 
deb yozilgan edi, holbuki, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomam va 
pasportimda «Ernazarov» yozilgan.
Men Bekobodda ishlagan davrimda zavod kadrlar bo‘limi 
boshlig‘i mehnat daftarchamga tegishli tuzatish kiritib, uni imzo 
va muhr bilan tasdiqlagan edi. Lekin tuman ijtimoiy ta’minot 
bo‘limiga nafaqa tayinlash haqida iltimos bilan murojaat etganim- 
da, mehnat daftarchasidagi tuzatish faqat uni bergan tashkilot to­
monidan qilinishi mumkinligini tushuntirishdi.
Men ushbu masala bo‘yicha Elektronika ITI kadrlar bo‘limiga 
murojaat qilib, tegishli o‘zgartirish kiritishni so‘radim.
Bu iltimosim qondirilmadi - menga faqat mehnat daftarchasi- 
ning dublikati (qayta tiklangan nusxasi)ni berishdi.
Mehnat daftarchasining menga tegishliligini aniqlash nafaqa 
tayinlash haqida iltimos qilish uchun zarur bo‘lib qoldi. Menga 
2017-yil 12-dekabrda berilgan mehnat daftarchasiga qistirma 
varaq to‘g‘ri, pasportga muvofiq to‘ldirilgan.
Bayon qilinganlar asosida va amaldagi qonunchilik hujjat- 
lariga muvofiq, 2010-yil 24-iyunda Sobir Sodiqovich Enazarov 
nomiga berilgan mehnat daftarchasini, menga, Sobir Sodiqovich 
Emazarovga tegishliligini aniqlab berishingizni so‘rayman.
Sud majlisiga guvoh sifatida Toshkent shahri Yashnobod 
ko‘chasi 105-uyda yashovchi Tohir Soliyevich Mo‘minovni va 
Bekobod shahar Qurilish ko‘chasidagi Botir Hasanovich Po‘la- 
tovni chaqirishni so‘rayman.
214


Ariza
Ilova: 1. Mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasi.
2. Elektronika ITI ma’lumotnomalari.
3. 42000 so‘mlik davlat boji markalari.
(imzo)
S. Emazarov 
______________________________________ 2018-yil 9-yanvar
Uy-joy m ulkdorlari sh irk atiga yo‘llanadigan ari- 
zalar muayyan qolip (andaza) asosida yoki erkin bayon 
usulida yoziladi. Bunday arizalarda fuqarolar o‘zlari yashab 
turgan kvartiralarining isitish tizimi, issiq va sovuq suvdan 
foydalanish bilan bog‘liq masalalar, maishiy xizmatlarga doir 
muammolar yuzasidan va boshqalar haqida iltimos qiladilar. 
Bular oddiy, sodda ariza turlaridan bo‘lgani uchun ulaming 
shakli va turlariga namunalar berilmadi.
Arizalaming so‘nggi turlaridan biri hisob-kitob arizasidir. 
Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‘lash haqidagi 
yozma yoki og‘zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan 
ishlami bajargan ayrim ishchi (xizmatchi)lar tomonidan 
muassasa rahbari nomiga yoziladi.
Bajarilgan ishga to'lanadigan pul miqdori kam bo4Isa, 
arizaning ostiga bajarilgan ishlami qabul qilib oluvchi 
mansabdor shaxs, masalan, xo‘jalik mudiri belgilangan ish 
bajarilganliga haqida yozib qo‘yadi. Agar toManadigan pul 
miqdori katta bo‘lsa, bajarilgan ish maxsus komissiya tomo­
nidan qabul qilinib, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Har ikkala 
holatda ham hisob-kitob arizasining yuqori chap tomoniga 
muassasa rahbari imzo qo‘yib, hisob boMimiga bajarilgan 
ishlarga (qancha) haq to‘lash haqida ko‘rsatma beradi, hisob 
bo‘limi ana shu hujjatlar asosida haq to 4 laydi.
Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda yoziladi, lekin 
ularda quyidagi zaruriy qismlar bo4lishi kerak:
1. Muassasa hamda ariza yo‘llanayotgan mansabdor
shaxsning nomi.
2. Arizachi haqida m a’lumotlar (manzili, pasport 
raqamlari, kim tomonidan va qachon berilgani; ismi, otaismi
215


Ма

lumot-axborot hujjatlari
va familiyasi; zarur hollarda tug‘ilgan yili va soliqlar bo ‘yicha 
imtiyozi borligi ko‘rsatiladi).
3. Hujjat nomi (hisob-kitob arizasi).
4. Ariza matni.
5. Ariza berilgan sana.
6. Arizachining shaxsiy imzosi.
Shuningdek, 
xalq 
qabulxonalari, 
boshqa 
virtual 
qabulxonalarga elektron shaklda ham arizalar y o‘llanishi 
mumkin. Bunday arizalar ham yuqoridagidek zaruriy 
qismlardan iborat bo‘ladi. Faqat ariza beruvchining shaxsiy 
imzosi o ‘m ida elektron raqamli imzo yoki QR kod qo‘yiladi.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish