МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ 49 xalqaro natijalari ancha past. Bu davlatlar ham bu xalqaro baholashda qatnashib o’zining
ta’lim tizimini o’zgartirmasdan natijalarga erishmoqda.
2018 yilgi tadqiqotlarda 79 ta davlatdan 600 ming o‘quvchi ishtirok etgan bo‘lib, reyting
bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Xitoy va Singapur egallagan bo‘lsa, Kosovo, Dominikan
Respublikasi va Filippin mamlakatlari oxirgi qatorlardan joy olgan. Mazkur tadqiqotda
“OECD (Organisation for Economic Cooperation and Dovelopment) Iqtisodiy hamkorlik
va taraqqiyot tashkiloti”ga a’zo mamlakatlarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha eng yaxshi
natijalarni Finlyandiya, Kanada, Estoniya va Irlandiya mamlakatlari o‘quvchilari qayd
etishgan. Bu yilgi tadqiqotlarda PISAda o‘qish savodxonligini baholash vositalari keskin
o‘zgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018 yilda bir oz yomonlashgan. Shuningdek,
o‘quvchilarning test sinovlarini baholash uchun yangi baholash formati (kompyuter
platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki o‘quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif
etildi: ko‘p o‘lchovli matnlar, ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini
aniqlash kerak bo‘lgan matnlar. Kelgusida PISA tadqiqotlarinnovatsion domen baholashlari
ijodiy fikrlashni (PISA 2022) va raqamli dunyoda o‘rganishni (PISA 2025) maqsad qilib
olagan.
Bundan kelib chiqib raqamli dunyoda o‘rganishni (PISA 2025) mamlakatimizda
amalga oshirish ishlarini o’rganish kerak. Pandemiya davrida raqamli dunyoda o’rganishga
bo’lgan ehtiyoj barcha davlatlarni e’tiborini ta’limga qaratgani PISA 2025 (raqamli
dunyoda o’rganish) uchun asosiy vaziyatlardan biri bo’ldi. Masalan, koronavirus ilk bora
qayd etilgan Xitoyda 17 fevral kuni o‘quvchilar uchun bepul o‘quv materiallari bilan
ta’minlaydigan «Milliy bulutli platforma» ishga tushirildi. 7000 ta server va 90 terabayt
hajmdagi ma’lumotlarni o‘tkazish qobiliyatiga ega platforma 50 million o‘quvchiga bir
vaqtning o‘zida xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Fransiyada «Mening sinfim
uyda» raqamli platformasi yaratildi. Bunda kompyuter, planshet yoki mobil telefonidan
foydalangan holda o‘quvchilar to‘rt haftalik masofaviy kurslarda ta’lim olish hamda
o‘zlashtirishiga oid shaxsiy ma’lumotlarini to‘plab borish imkoniyati yaratildi. Pandemiya
ta’sirida O‘zbekistonda ham 16 martdan boshlab barcha turdagi davlat va nodavlat ta’lim
muassasalari yopildi. 30 martdan boshlab 3ta telekanal orqali 6 milliondan ortiq o‘quvchi
uchun onlayn darslarni 3ta tilda (o‘zbek, rus va qoraqalpoq) efirga uzatish yo‘lga qo‘yildi.
Teledarslarni tasvirga olishda imkoniyati cheklangan, ya’ni kar va zaif eshituvchi bolalarga
ham tushunarli bo‘lishi uchun surdopedagog hamda surdotarjimonlar tomonidan sinxron
tarjima qilinmoqda. [2] O‘quvchilar va ota-onalar uchun dars jadvali, uyga vazifalar hamda
olgan baholarni ko‘rish imkonini beruvchi kundalik.com tizimi joriy etildi.
Mamlakatamizning raqamli dunyoda o’rganish imkoniyatlari umumta’lim makatablari
uchun tashkil qilingan kundalik.com tizimida faoliyat olib borishda yetarlicha tayyorgarlik
va tajribalar o’rganilganligi hozirda aniqlanmagan. Masalan, Meksikadagi boy oilalardagi
15 yoshli o‘quvchilarning 94 foizida uylarida internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bor
bo‘lsa, kam ta’minlangan oilalarning faqatgina 29 foizi bunday imkoniyatga ega. Bizda
bunday ko’rsatkichlarga aniqlik kiritilmagan. kundalik.com tizimida o’quvchining har
bir fandan qanday baho olganligi ota-onalarning ham nazoratida bo’lishi, bu tizimning
imkoniyatlari va samarasi naqadar ulkan. Lekin bir savol tug’iladiki hamma ota-onalar ham
bu tizimga tayyormikin.
Umumta’lim maktablarimizda bu kabi raqamlashlashtishning imkoniyatlari va
o’qituvchilarni raqamlashga moslashishi keng ko’lamli bo’lmoqda. Raqamlashlashtirishda
dars jarayonlarini olib boorish bilan birgalikda raqamli dunyoda o’rganish (Learning in
the digital world) ishlari ham olib borolmoqda. Masalan, Toshkent shahridagi 133- va
250-maktablarda raqamli ta’limni joriy etish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshirildi. Ushbu