МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
21
Huquqiy tarbiyalash va unda huquqiy madaniyatni rivojlantirish murakkab hamda
davomiylik xususiyatiga ega jarayon hisoblansa-da, o‘quvchilik yillari bu jarayon
uchun poydevor qo‘yadi. Maktablarda “Tarbiya”, “Ma’naviyat asoslari”, “O‘zbekiston
tarixi”, “Konstitutsiyaviy huquq asoslari”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, shuningdek, ta’lim
muassasasining yo‘nalishiga ko‘ra bir qator mutaxassislik fanlari o‘quvchilarda huquqiy
madaniyat va huquqiy ongni rivojlantirishda katta imkoniyatlarga ega. Binobarin, bu fanlarni
o‘qitishda o‘quvchilar barkamol shaxs qiyofasida aks etuvchi ma’naviy-axloqiy sifatlar,
uning jismoniy layoqati hamda ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki haqidagi
ma’lumotlar bilan tanishadilar, xarakterlariga xos xususiyatlarni tanqidiy baholaydilar va
salbiy xulq-atvorlarini yo‘qotishga harakat qiladilar.
Aytish joizki, bu fanlarni o’qitishda o’quvchilar barkamol shaxs qiyofasida aks
etuvchi ma’naviy-axloqiy sifatlar, uning jismoniy layoqati hamda ijtimoiy munosabatlar
jarayonidagi ishtiroki haqidagi malumotlar bilan tanishadi, xarakterlariga xos xususiyatlarni
tanqidiy baholaydi va salbiy hulq atvorlarini yo’qotishga harakat qiladi.
Huquqiy bilimga ega bo’lgan insonda huquqiy madaniyat shakllangan bo’ladi. Shu
sababli maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirish muhim masalalardan biri
hisoblanadi. Boshlang’ich maktablarda shu vazifani ilk huquqiy tushunchalarni ularning
ongiga singdirishdan boshlash maqsadga muvofiq. Huquqiy ta’lim-tarbiyaning asosiy
maqsadi har bir o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy biimlarni
belgilangan davlat ta’lim standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini
berishdan iborat.
Jamiyatning asosini tashkil etishda aqlan teran, axloqan pok, sog’lom, iymon etiqodli,
o’z xaq huquqinilarini, burch va ma`suliyatlarini chuqur anglovchi yoshlarni voyaga
еtkazish, o’quvchilarning huquqiy immunitetini rivojlantirish muhim omil hisoblanadi.
Yosh avlodning huquqiy immunitetini rivojlantirish, huquqiy tarbiyasini shakllantirishda
dolzarb masala shuki: mamlakatda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish,
huquqiy jamiyat asoslarini rivojlantirishdir.
Huquqiy madaniyati yuqori darajada bo’lgan shaxs “…jamiyatga beruvchi foydalari
va jamiyatdan oluvchi manfaalari nisbatini teran anglovchi hamda o’z amaliyotida bu
nisbatda muvozanat buzmaligiga qat’iy rioya etuvchi sub`yektdir”. “Huquq” va “huquqiy”
tushunchalar negizida qanday axloqiy ma’naviy –axloqiy sifatlar mavjud bo’lishi to’g’risida
o’quvchilarda yеtalicha tushunchalar mavjud emas. Huquqiy jamiyat O’zbekistonning
haqiqiy adolatli, inson kelajagini ta’minlovchi inqirozli vaziyatlardan chiqishning haqiqiy
vositasidir. Ongli ravishda ong orqali o’quvchi borliqni aks ettirib, axloqiy qadryatlarni ham
ong yordamida idrok etadi. Axloqiy qadryatlar ong maxsuli bo’lib, huquqiy hulqi va faoliyati
mazmuniga aylanadi. O’quvchining bilim olishiga qiziqishini oshirish, o’quv bilim faolligini
oshishini o’qitishning innovatsion ta’lim texnologiyalariga asoslanishini mustaxkamlaydi.
O’quvchilarda axloqiy yondashuv madaniyatini rivojlantirishda ijtimoiy muxitning ta`sirini
ham hisobga olish kutilgan natijaga erishish imkonini beradi. O’quvchilarning fuqaro
sifatida shakllanishiga bevosita ta`sir ko’rsatadigan omillar qatoriga: ijtimoiy muxitda ro’y
bergan holatlar, ularning yo’nalishi, mazmun mohiyati, jamiyatda muxim o’rin egallagan
ma’naviy axloqiy fikrlar ta`sir ko’rsatadi. Huquq fanlarini o’qitishda umumiy o’rta ta’lim
maktablarida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
O’quvchining huquqiy immunitetini, ularning ijtimoiy munosabatga kirishish tuyg’ulari,
ijtimoiy munosabatlar sub`yekti sifatida shakllanishi va rivojlanishi, muloqotning barcha
sohalarida moslashish va induviduallashtirish jarayolarini uyg’unlashtirish asosida
takomillashtirishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |