Qalqonsimon bez oldidagi bezchalar.
Q alqonsim on bez oldidagi
bezchalar ikki juft bo'lib, har birining vazni taxminan 0,lg. Qalqonsimon
bez oldidagi bezchalarning gormoni paratireoidin deb ataladi. U lar
yetarlicha ishlamaganda jigardagi glikogen yo'qoladi. Qalqonsimon bez
oldidagi bezchalarning giperfunksiyasida qonda kalsiy miqdori ortib,
fosfor kamayib ketadi. Paratireoidin gormon bilan D vitamin ta ’sirida
bir-biriga o'xshashlik bor. Raxit kasalligida D vitamin yetishmasligi
tufayli suyaklarda va qonda kalsiy kamayib ketadi. Agar D vitamin
iste’mol qilinsa, suyaklanish qayta tiklanadi. Raxitda paratireoidin,
aksincha, kalsiyning kam ayishini k u ch ay tira d i va suyaklanishni
kechiktiradi. Bu bezchalar olib tashlansa, tetoniya degan og'ir kasallik
kelib chiqadi. Tetoniyada o'ziga xos talvasa tutadi va boshqa o'zgarishlar
paydo bo'ladi. Normal sharoitda 100 ml qonda 9-12 mg kalsiy bo'ladi.
Qalqonsimon bez oldidagi bezlar olib tashlanganda esa plazmada kalsiy
miqdori juda kamayib ketadi va 100 ml qonda 5-7 mg ga tushib qoladi.
Talvasa tutganda qonga kalsiy yuborilsa talvasa to'xtaydi, lekin bir
necha vaqtdan keyin qondagi kalsiy yana kamayib, qaytadan talvasa
tutadi.
Buyrak usti bezlari
Buyrak usti bezlari bir ju ft bo 'lib , buyraklarning ustki qismida
joylashgan, vazni 10-14 g. Bu bez ikki qavatdan - po'stloq va mag'iz
qavatlardan tuzilgan bo'lib, po'stloq qavati mezodermadan, mag'iz qavati
ektodermadan hosil bo'lgan. Yangi tug'ilgan bolada bezning vazni 6-8
g, 1-5 yoshda 5,6 g, 10 yoshda 6,5 g, 11-15 yoshda 8,5 g, 16-20 yoshda
13,2 g bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolada po'stloq qavati mag'iz qavatiga
nisbatan yaxshi rivojlangan bo'ladi.
Buyrak usti bezining po'stloq qavati kimyoviy tuzilishi jihatidan jinsiy
gormonlarga o'xshaydi, bu bezlarda kortikosteroid gormonlar ishlab
chiqariladi. Bu gormonlar 40 dan ortiq bo'lib, uglevodlar, mineral tuzlar,
oqsillar almashinuvini kuchaytiradi, m uskullarning ish qobiliyatini
159
www.ziyouz.com kutubxonasi
oshiradi va boshqa funksiyalarga ta ’sir etadi. Mag'iz qismida adrenalin
gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon yurak qisqarishini tezlashtiradi,
teri, ichki a ’zolar, muskullarni ta ’minlovchi qon tomirlarni toraytiradi,
ichak harakatlarini sekinlashtiradi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi.
Buyrak usti bezi simpatik nerv tolalari bilan ta ’minlangan.
Buyrak usti bezining po'stloq qismidan 3 ta asosiy gormon: moddalar
almashinuviga ta ’sir etuvchi glyukokortikoid gormonlar, mineral tuzlar
almashinuvini boshqaruvchi mineralokortikoidlar, erkak va ayol jinsiy
gormonlarining bir turi androgenlar va estrogenlar ishlab chiqariladi.
M ag 'iz qav atn ing m uhim gorm oni adrenalin. Bu gorm on qon
ay la n ish in i, m u sk u llar q isq arish in i te z la sh tira d i, n afas o lishni
kuchaytiradi, bronxlarni kengaytiradi, jigarda glikogen parchalanishini
jadallashtiradi, muskullar charchashini kamaytiradi va hokazo. Buyrak
usti bezlari surunkali yetishmovchiligining keskin turida Addison yoki
bronza kasalligi rivojlanadi. Bu kasallikda teri qoplamlari bronza tusiga
kiradi.
Turli xil gormonlarning bir m e’yorda hosil boiishida izdan chiqadigan
hollar bo'ladi, ya’ni bir xil gormonlar kam ishlanib chiqishi hisobiga
boshqa gorm onlar k o 'p ishlanib chiqadi. Bolalar bunday kasallikka
duchor boiganda, o'sish va jinsiy rivojlanish jarayonlariga keskin ta ’sir
ko'rsatishi mumkin. Kasallik moddalar almashinuvining izdan chiqishiga
ham olib keladi, bola semirib ketadi (yog4 bosadi). Kasallik manzarasi
gormonlar biosintezi qay darajada buzilganiga ham b o g iiq bo'ladi.
M asalan , qiz bola o rg an izm id a b u y rak usti bezlari p o 4s tlo g 'i
gorm onlarining biologik sintezi o 'zg arish i o q ib atid a erkak jinsiy
gomionlari - androgenlar ko'p ishlab chiqarilganda (ular bir oz miqdorda
sogiom ayol organizmida ham hosil bo'ladi), unda erkaklarga xos b a’zi
alom atlar paydo b o 'lad i (ovozi d o 'rillaydi, soqol-m o'ylovi o'sadi,
erkaklarda ko'riladigan ikkilamchi jinsiy belgilar ham paydo bo'lishi
mumkin).
Adreno-genital sindrom deb ataladigan bu kasallik ko'pincha tug'm a
bo'ladi. Bunda n o to 'g 'ri ishlayotgan buyrak usti bezlari homiladorlik
davrining 3-4-oyidayoq zo 'r berib gormon ishlab chiqara boshlaydi.
M a’lumki, gormonlar homilaning o'sishi hamda rivojlanishiga katta ta ’sir
ko'rsatadi va ortiqcha miqdordagi androgenlar ta ’sirida jinsiy sistema
n o to 'g 'ri shakllanadi. Adreno-genital sindrom qiz bolalarda va o 'g 'il
bolalarda har xil o'tadi.
160
www.ziyouz.com kutubxonasi
Androgenlar qiz bolaning shakllanayotgan organizmiga shu qadar
kuchli ta ’sir ko'rsatishi mumkinki, u bola tug'ilganda yanglishib o'g'il
deb o 'y la s h a d i. B unday h o lla rd a k o 'p in c h a h a tto yan g lish ib
germ ofroditizm , y a ’ni ikki jin slilik (xunasa) diagnozi q o 'y ilad i.
Androgenlar ta ’sirida bunday bolalar tez o'sadi, qiz bolalar tanasining
proporsiyalari erkaklar tanasining proporsiyalariga yaqin bo'ladi.
O 'g'il bolalarda qonga androgenlar ortiqcha tushganda ular tez o'sadi
va balog'atga erta yetadi. Biroq 11-12 yoshga borib, bolalar o'smay
qo'yadi va oqibat-natijada pakana bo'lib qolishi mumkin. Ba’zan buyrak
usti bezlarni po'stlog'ida gormonlar hosil bo'lishi buzilganda turg'un
gipertoniya paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |