Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

Mustaqil ta‟lim 
Nasaf va Kesh mutafakkirlari Abu Turob Askar al-Xusayn an-Naxshabiy an-
Nasafiy asarlari tahlili. 
 
 
 Nazorat topshiriqlari 
1. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining maqsadi va vazifalari 
nimalardan iborat? 
2. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining predmeti haqida fikringiz. 
3. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani fan sifatida bir qancha asoslarga 
egaligini tushuntiring. 
4. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi 
qanday? 
“NASAFIYLARINING PEDAGOGIK QARASHLARI” FANINING 
NAZARIY ASOSLARI 


12 
 
Reja: 
1.VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Nasaf va Kesh hududlarida islom ta‟limoti
2. “Nasafiy va Keshiylar merosini o„rganish ilmiy markazi” ning faoliyati. 
3. “Qubbatul ilm va adab” da ta‟lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Oliy 
Majlisi 
Qonunchilik 
palatasining 
majlisida 
qilgan 
chiqishi 
davomida 
Qashqadaryoda XI-XII asrlarda yashab ijod qilgan alloma Abul Muin Nasafiy 
merosini har tomonlama keng o„rganishga chaqirdi. “Qarshi shahrida Nasafiy 
bobomizning yodgorligi bor (Abul Muin Nasafiy ziyoratgohi). Endi savol paydo 
bo„ladi, bobomizning ilmini yetarlicha o„rganganmizmi? Biror universitetda bir 
soat bo„lsa ham uning kitoblaridan dars o„tilganmi? Yo„q. Allomamiz bundan 
ming yil oldin aynan dinda to„g„ri yo„ldan adashganlar haqida kitoblar yozib 
ketgan. Bu 
kitoblarni biz o„qiganmizmi? Yo„q. Misrdagi katta-katta 
universitetlarda Nasafiyning kitoblari o„rganilar ekan”, - degandi ushbu yig„ilishda 
Shavkat Mirziyoyev.
Yutboshimiz ta‟kidlagan, o„rganilishi kerak bo„lgan Abul Muin Nasafiy hamda 
boshqa bir qator nasaflik allomalarning asarlarini o„qish, pedagogik g„oyalarini 
bugungi hayotga tadbiq qilishga e‟tibor qaratish masalalari mazkur qo„llanmada 
atroflicha bayon etilgan. Bu risola nasaflik tadqiqotchilar izlanishlarining ilk 
qadami va albatta zukko ajdodlarimizdan qolgan ma‟naviy-ma‟rifiy hamda ilmiy 


13 
meroslarni tadqiq etish yo„lida kelgusida yanada qat‟iy va barakali qadamlar 
tashlanadi.
Ushbu qo„llanma kishilik jamiyatining turli taraqqiyot bosqichlarida shaxs 
tarbiyasi masalalariga hissa qo„shgan nasaflik allomalarning tarbiya tizimi 
yo„lidagi ilg„or usullarini, qonun-qoidalarini, pedagogik faoliyatlarini, ma‟rifatga 
doir g„oyalarini va ularning rivojlanishini o„rganish borasidagi e‟tiborli manbadir.
Mustaqillik tufayli mamlakatimizning har bir go„shasida, jumladan, ko„hna 
Nasaf diyorida yashab o„tgan allomalar meroslarining qayta tiklanishiga, ularni 
to„liqroq o„rganishga muyassar bo„ldik. Tabiiyki, bugungi kunlarda bunday ilmiy-
ma‟rifiy meroslar yoshlar tarbiyasi yo„lida, xalqimiz ma‟naviyatini shakllantirishda 
muhim ilmiy-nazariy manba bo„lib xizmat qilmoqda. Nasaf zaminida yashagan 
xalqlarning ma‟rifiy-madaniy qarashlari, o„tmish davrlar allomalarining asarlari 
o„z davridan toki bugungi kunga qadar yuksak darajadagi mazmuni va ahamiyatini 
yo„qotmaganligi olimlarimiz tomonidan isbotlab berildi. 
Ma‟lumki, uzoq va boy tarixga ega bo„lgan Nasaf xalqi o„zining ta‟lim- 
tarbiyaga oid ulkan merosini yaratib, takomillashtirib, qadim Sharq hududlarida 
istiqomat qilishgan xalqlarning yuzlab avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, 
mehr-oqibatlilik, mehnatsevarlik, do„stlik, saxovatlilik, muruvvatlilik kabi 
umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Nasafiy allomalar yaratgan 
ma‟rifiy fikr sarchashmalarining rishtalari qadim-qadimlarga borib taqaladi. Bu esa 
Nasaf allomalari tarixan ta‟lim-tarbiya sohasida o„zining e‟tiborli o„rinlariga ega 
bo„lishganini isbotlaydi. 
Qo„llanma Nasafiy allomalar tarixiy tajribasidagi ma‟naviyat va ta‟lim-
tarbiyaga oid fikrlarni o„zlashtirish yo„lidagi zarur asoslardan biri bo„lib xizmat 
qiladi.
Nasaflik allomalarning boy ma‟naviy merosi teran tarixiy ildizlariga ega. 
Ta‟lim-tarbiya va ma‟rifatga doir ildizlar hamon e‟tiborli ahamiyatligicha 
qolmoqda. Bu yo„nalishdagi g„oyalarning falsafiy ildizi ancha chuqur mazmunga 
ega. Nasaflik allomalarning ilg„or fikrlari va g„oyalari turli ijtimoiy davrlardagi 
mafkuraviy qarashlar o„zgarishiga qaramasdan, zamonlar o„tgan sayin miqdor 


14 
ko„rsatkichlari oshib, sifat ko„rsatkichlari kengayib kelmoqda. Diniy-ma‟nafiy 
ildizlarning ham inson tarbiyasida o„rni beqiyos. Nasafiy allomalarning bunday 
g„oyalarida inson kamoloti va ma‟naviyati yuksalishiga e‟tibor qaratilgan. Ularda 
“Qur‟oni Karim” va shariat hukmlarida berilgan tartib-qoidalar asl mohiyatining 
tahlili va bayoni ifoda etilgan.
Nasafiy allomalarning merosi komil inson tarbiyasiga oid yig„ilgan 
tajribalardan iborat boy ma‟naviy xazinadir. Har bir o„quvchi, bo„lajak mutaxassis 
bundan oqilona foydalanmog„i zururdir.
O„zbekiston Respublikasining uzluksiz ta‟limi, davlat ta‟lim standartlari, oliy 
ta‟lim standarti (2008 yil), oliy ta‟lim yo„nalishlari va mutaxassisliklari 
klassifikatoriga kiritilgan “Boshlang„ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ishi”, 
“Pedagogika va psixologiya”, “Maktabgacha ta‟lim” kabi ta‟lim yo„nalishlari 
uchun o„quv fani sifatida va pedagogika sohasidagi oliy ta‟lim muassasalarining 
barcha ta‟lim yo„nalishlari uchun “Umumiy pedagogika va tarixi” fani uchun 
qo„shimcha qo„llanma sifatida, barcha oliy ta‟lim muassasalarida tanlov fani 
sifatida “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani o„qitilsa, talabalarning kasbiy-
pedagogik tayyorgarligi tizimida yetakchi o„rin egallaydi. 
Ushbu o„quv qo„llanma O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan (2008) uzluksiz ta‟lim davlat standarti 
umumkasbiy fanlar bloki bo„yicha qo„yilgan talablar asosida yozilgan. 
“Nasafiylarining pedagogik qarashlari” nomli tanlov fani namunaviy o„quv 
dasturiga muvofiq tayyorlandi. 
Qo„llanma Respublikamiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 24 
maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ„ib qilish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qarori, 2010 yil 7 
oktabrdagi 222-sonli “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obe‟ktlarini 
muhofaza qilish, asrash, targ„ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturi”da 
belgilangan 
vazifalarni 
amaliyotga 
tadbiqini 
yanada 
shakllantirishga 
ko„maklashadi. 


15 
Kishilik jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida inson 
kamolotining qonun-qoidalari, tartibi va vositalarini o„rganish, umumlashtirish 
davr talabi. O„z tarixini bilish har bir millat uchun farzdir. Chunki tarixni bilishga 
intilish inson aqli, farosatiga xos azaliy xususiyat. Shu sababdan pedagog o„z kasb 
faoliyatining kelib chiqishini, undagi ma‟naviy g„oyalarni, ma‟naviy merosni 
chuqur o„rgangandagina, bilimdon va mohir mutaxassis hisoblanadi. 
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani yosh avlodning tarbiyasiga doir 
kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy bosqichlaridagi ta‟lim-tarbiya tizimi, uning 
qonun-qoidalar, buyuk nasaf allomalari hamda pedagoglarning ta‟lim-tarbiya va 
maorif sohasidagi g„oyalari va ularning rivojlanishini o„rganadigan fandir. 
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani xalqimiz tarixidagi ma‟naviyat va 
ta‟lim-tarbiyaga doir fikrlani o„rganishga xizmat qiladi. Bunda asosiy e‟tibor 
Nasafiy ajdodlarimiz qoldirgan boy pedagogik meroslar va ularning milliy 
asoslarini o„rganishga qaratilgandir. Nasafiy allomalarning g„oyalari bo„lajak 
o„qituvchiga bilim beribgina qolmay, balki unda milliy iftixor va faxr hissini 
tarbiyalaydi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti aytganidek, «Xalqimizning 
tayanchi – ajdodlarimiz qoldirgan ma‟naviy merosining o„zi bir xazina. Bu 
xazinadan oqilona foydalanish lozim»_. Ma‟naviy istiqlol xazinasi – nasaflik 
ajdodlarimiz yaratgan milliy merosimizni chuqur o„rganib, uni butun dunyo ko„z 
oldida namoyon qila bilishimiz kerak. Hind mutafakkiri Robindranat Txokur 
aytganidek, «Har bir millat dunyo oldida o„z milliy mohiyatini namoyon etishga 
majburdir...» Millat o„zida nimaiki yaxshi narsa bo„lsa, uni umumbashariyat 
mulkiga aylantirmog„i lozim. Olijanob ruh millat boyligi hamdir. Uning mulki esa 
xususiy tor manfaatlarni yengib borib, butun dunyoni o„z ma‟naviy madaniyatida 
qatnashishga taklif eta bilishlikdadir. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bo„lajak mutaxassislarning jamiyatda o„z 
o„rini topa bilishiga keng imkoniyat yaratdi. Mustaqillik davrida har bir inson o„z 
tarixini chuqur bilgandagina o„zligini anglay oladi. Tariximizda juda ko„p ta‟lim-
tarbiya tizimlari mavjud bo„lganligi tufayli mutaxassis inson o„sha davrdagi 
g„oyalar va ta‟lim-tarbiya mazmunini tahlil qilib, uni ijodiy rivojlantirmog„i lozim. 


16 
Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va 
turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog„liqdir.
Yosh avlodni tarbiyalash va o„qitish nazariyasi bilan amaliyotining qanday 
taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib 
tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo„lmaydi. Bu ajdodlarimiz 
tomonidan isbot qilingan ilmiy-nazariy, falsafiy-tarbiyaviy haqiqatdir. 
Milliy davlatchiligimiz tarixiga oid haqiqatlarni oydinlashtirish, uzoq yillar 
tabarruk nomi va shoni pinhon tutilgan ulug„ ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy, 
ma‟naviy-ma‟rifiy merosini xalqqa qaytarish yo„lida qilinayotgan xayrli ishlar 
behad quvonchlidir. 
Xalqimizda yetti pushti, ajdodlarining istiqomat qilgan makonlari va faoliyati 
tarixidan xabardor insonlarga alohida ehtirom bilan munosabatda bo„linadi. 
Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o„zi tug„ilib voyaga yetgan 
qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi. Zero, bu tuyg„u 
insonning qadim bobokalonlari va eng muhimi, o„z Vataniga chuqur hurmati, 
e‟tiqodi ramzidir. Binobarin, payg„ambar alayhissalomning muborak hadislaridan 
birida “Qarindoshlik aloqasi bo„lgan nasablaringizni o„rganinglar, chunki silai 
rahm qarindoshlar orasida mehrni uyg„otadi va molingiz ko„payishiga sabab 
bo„ladi hamda sizni yaxshilik bilan eslaydilar”, – deya uqtiriladi._
Nasaf va Kesh allomalari tarixan ta‟lim-tarbiya sohasida o„ziga xos maktab 
yaratgan. Mustaqilligimizga erishgunimizga qadar biz ta‟lim-tarbiya sohasidagi 
yo„nalishlarimizda Yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va o„rgandik. Asosan 
yurtimiz mustaqilligidan keyin Sharq pedagogikasini o„rganishga e‟tibor qaratilib, 
ilm-fandagi bir qator hur fikrlar o„rganildi. Sharq pedagogikasi tarixiga nazar 
soladigan bo„lsak, aynan Nasaf va Kesh allomalarining pedagogik fikrlarini 
uchratmaymiz. Lekin qadimgi Nasaf va Kesh zaminida ham ko„plab allomalarimiz 
yashab ijod qilib o„tishgan bo„lib, ular qoldirgan purma‟no hikmatlar bugungi 
kundagi yosh avlod ta‟lim-tarbiyasida o„ta muhimligi hamda pedagogika 
nazariyasi va tarixi uchun ulkan manbaligi bilan ahamiyatlidir. Bizningcha, ham 
mahalliy kelib chiqishimizdan, ham pedagogika nazariyasi va tarixi manbaini 


17 
boyitish jihatidan ushbu fanni o„qitish zarurati mavjud deb o„ylaymiz. Ushbu fan 
o„sib kelayotgan yosh avlodning ma‟naviy shakllanishida hamda yoshlarning 
ta‟lim-tarbiya jarayonini to„g„ri tashkil qilishda dasturulamal bo„lib xizmat qiladi. 
O„zbek xalqi juda boy va murakkab tarixiy qadriyatlarga ega bo„lib, ular 
nafaqat hozirgi O„zbekiston hududi, balki butun Markaziy Osiyo tarixi bilan 
chambarchas bog„liqdir. 
Insoniyat bosib o„tgan tarixiy taraqqiyot tajribasidan bizga yaxshi ma‟lumki, 
qaysi davlat, qaysi millat o„z madaniy merosini e‟zozlagan bo„lsa, o„sha madaniy-
ma‟naviy boyliklarni yaratgan kishilarga hurmat-izzat ruhini shakllantirsa, o„sha 
davlatda, jamiyatda madaniy-ma‟naviy, siyosiy-iqtisodiy barqarorlik hukm surgan. 
Ajdodlar va avlodlar mehnatini qadrlamagan, millatning faxri, g„ururi bo„lgan 
buyuk allomalar sa‟y-harakatlari tufayli yaratilgan madaniy merosni unutgan 
mamlakat fuqarolari hech qachon ulug„likka erisha olmaydi.
Shuning uchun ham madaniy-ma‟naviy merosni ulug„lash, uni har tomonlama 
o„rganish har bir insonda, ayniqsa, jamiyatimiz kelajagi bo„lgan yoshlarda milliy 
ong, milliy g„ururni shakllantirishga hissa qo„shadi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda Sharq mutafakkirlari merosini o„rganish 
bo„yicha keng ko„lamli ishlar olib borilmoqda. O„zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 24 mayda “Qadimiy yozma manbalarni 
saqlash, tadqiq va targ„ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to„g„risida”gi Qarori qabul qilingandi. Bu sa‟y-harakat muqaddas zaminimizdan 
yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyatini chuqur 
tadqiq etish, xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo„lga 
qo„yish, bugungi murakkab davrda ma‟naviy merosimizdagi insonparvarlik 
g„oyalarining mohiyatini ochib berish hamda yosh avlodni yuksak ma‟naviyatli 
insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz. 
Shu o„rinda Prezidentimiz 2020 yil 24 yanvardagi Parlamentga taqdim etgan 
Murojaatnomasida hozirgi kunda O„zbekiston kitob fondlarida 100 mingdan ziyod 
qo„lyozma asarlar saqlanayotganini aytib o„tdi. Ammo bu nodir kitoblar hali to„liq 
o„rganilmagan, ular olimlar va o„z o„quvchilarini kutib turibdi. Davlatimiz rahbari 


18 
juda asosli ravishda uqtirganidek, ushbu noyob asarlarda bugungi davr o„rtaga 
qo„yayotgan juda ko„p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Zero, ulug„ 
ajdodlarimiz asarlaridagi islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur 
ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo„lida 
birlashishga da‟vat etadigan teran ma‟noli fikr va g„oyalar bugun ham o„z qimmati 
va ahamiyatini yo„qotgan emas. Afsuski, biz ana shunday noyob meros vorislari, 
shunday boylik egalari bo„laturib, ularni har tomonlama o„qish-o„rganish, 
xalqimiz, avvalo, unib-o„sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga 
yetkazish bo„yicha haligacha yetarli ish qilmadik. Holbuki, diniy jaholatga, zararli 
oqimlarga qarshi ma‟rifat bilan kurashish kerakligi haqida ko„p gapiriladi. 
Ma‟rifat, ma‟rifiy bilimlar, islom huquqi bo„yicha keng tushunchalar, avvalo, ota-
bobolarimiz bizga qoldirib ketgan mana shunday mo„tabar kitoblaridadir. Shu 
nuqtai nazardan, O„zbekiston hududida islom sivilizatsiyasi erishgan yutuqlar va 
bu boradagi boy ma‟naviy merosimizni tizimli asosda chuqur o„rganish va har 
tomonlama ilmiy-amaliy tahlil qilishni ta‟minlash maqsadida ushbu yo„nalishdagi 
ilmiy va diniy asarlarning yagona katalogini tuzish maqbul ish bo„lar edi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlis Senati va 
Qonunchilik palatasi a‟zolariga taqdim etgan Murojaatnomasida O„zbekistondagi 
Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi 
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom akademiyasi kabi ilmiy-ma‟rifiy 
muassasalar faoliyatini yo„lga qo„yish ishlari boshlanganini alohida qayd etgandi. 
Shular qatorida davlatimiz rahbari buyuk allomalarimizning yodgorlik majmualari 
qoshida hadisshunoslik, islom huquqshunosligi, tasavvuf, kalom va aqida ilmi kabi 
diniy-ma‟rifiy yo„nalishlarni o„rganish bo„yicha maxsus maktablar tashkil 
etilganiga e‟tibor qaratgani bejiz emas. Binobarin, bugungi kunda mamlakatimizda 
bir tomondan farzandlarimizni har tomonlama sog„lom va barkamol etib, xususan, 
diniy jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma‟rifat bilan kurashish ruhida 
tarbiyalashga, ikkinchi tomondan, ko„hna zaminimizda yashab o„tgan ulug„ 
allomalarimizning muqaddas qadamjolarini obod qilish va boy ma‟naviy merosini 
atroflicha o„qib-o„rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Birgina Qashqadaryo 


19 
viloyati misolida oladigan bo„lsak, davlatimiz rahbarining moturidiya maktabi 
namoyandasi Abu Muin Nasafiy ziyoratgohini rekonstruksiya qilishga doir 
tashabbusi 
bu 
fikrni 
yaqqol 
tasdiqlaydi. 
VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Nasaf va Kesh hududlarida islom ta‟limoti 
asoslari, g„oyalarini o„rganishga alohida e‟tibor qaratilgan. Buning natijasida 
vohada tug„ilib voyaga yetgan, shuningdek, Movarounnahr hamda islom ta‟limoti 
keng yoyilgan o„lkalardan ta‟lim olish, ilm o„rganish maqsadida kelgan shaxslar 
tomonidan “Qur‟oni Karim” tafsirlari, hadislar mohiyati va fiqh ilmining asoslari 
o„rganila boshlangan. Natijada ushbu hududlarda hadisshunoslik va fiqhshunoslik 
maktablari vujudga 
kelgan. Xususan, Abu Abdurahmon Mu‟az ibn Yoqub an-
Nasafiy IX asrda yashagan islom olimlaridan biri bo„lib, bu ulug„ zot 834 yili o„z 
mablag„i hisobidan Nasafda jome masjidi, so„fiylar uchun rabot va suv manbai 
qurdirgan. Ko„plab shogirdlar yetishtirgan, hadisshunoslik borasidagi izlanishlari 
bilan shuhrat topgan. E‟tibor berilsa, Nasafiy nisbasini olgan allomalarning bir 
qismi aynan Nasaf shahrida, boshqa birlari esa Nasafga yaqin joylashgan 
qishloqlarda tavallud topganiga amin bo„lish mumkin. Zotan, Qashqadaryoda 
ikkinchi jahon urushidan to bugungi kungacha 120 dan ziyod qadimgi va o„rta asr 
shaharlari, qishloq va qal‟alari tadqiq qilingani, ayniqsa, mustaqillik yillarida 
bunday ahamiyatli yumushlar keng ko„lamda olib borilib, Qarshi shahrining uchta 
qadimiy o„rni bo„lmish Yerqo„rg„on, Qal‟ai Zahhoki Moron va Shulluktepa, 
shuningdek, Ko„hna Fazli, Uzunqir, Sangirtepa kabi yodgorliklar o„rganilib, 
vohaning bir necha ming yillik tarixi qayta tiklangani buni yana bir bor ilmiy 
asosda isbotlab berdi. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda viloyat markazida 
“Nasafiy va Keshiylar merosini o„rganish ilmiy markazi” faoliyat yuritayotgani 
e‟tiborga loyiq. Bunday tashabbuslar, eng avvalo, yoshlarimizda el-yurtimiz 
tarixiga qiziqish uyg„otibgina qolmay, ayni chog„da ulug„ ajdodlarimizga nisbatan 
hurmat-ehtirom tuyg„ularini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan nihoyatda 
muhimdir. Yana bir muhim dalil – bugungi kunda Qarshi xattotlik maktabi 
vakillari, xususan, Muhammad an-Nasafiy, Muhammad Said Nasafiy, Iskandar 
Nasafiy, Mirzo Isomiddin Nasafiy, Mirzo Abdulqodir Nasafiy kabi mohir xattotlar 


20 
qo„li bilan bitilgan ko„plab asarlar dunyodagi turli davlatlarning qo„lyozma 
xazinalarida saqlanmoqda. Nasaflik nomdor me‟mor Ali Nasafiy chizgan tarh 
negizida 1370 – 1380 yillarda Shohi Zinda me‟moriy majmuasidagi maqbaralardan 
biri tiklangan bo„lsa, XV asr oxiri – XVI asr boshlarida yashagan hofiz va bastakor 
Mahmud Nasafiy muayyan muddat temuriylar saroyidagi san‟atkorlar guruhida 
xizmat qilgan. Xususan, “Isfahon”, “Husayniy”, “Iroq” maqomlarida bir necha 
“Naqsh”, “Amal” va “Savt” yaratgan ushbu bastakorning “Naqshi Mahmudiy” 
ohangi mashhur musiqiy asarlardan biri hisoblanadi. Chindan ham o„rta asrlarda 
Nasaf va Keshning nomdor farzandlari nafaqat shariat va fiqh, adabiyot va ilm-fan, 
musiqa, me‟morchilik va xattotlik sohalarida dovruq qozongan, ayni chog„da ular 
Amir Temur saltanatining tayanchi va suyanchi, Sohibqiron shonli qo„shinining 
o„zagini ham tashkil etgan. Bunga bir yaqqol misol keltiramiz.Tarixiy manbalarda 
yozilishicha, 1402 yilning 28 iyulida Anqara shahri yaqinidagi Chubuq vodiysida 
Amir Temur bilan usmonlilar sultoni Boyazid Yildirim askarlari o„rtasida kechgan 
va Sohibqiron g„alabasi bilan yakun topgan jangga guvoh bo„lganlar orasida 
Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III tomonidan Amir Temur huzuriga 
yo„llangan elchilar – Payo de Soto Mayor va Ernan Sanches de Palasuelos ham 
bo„lgan. Jangdan so„ng Turkiston amiri elchilarni qabul qilgan, ulardan ispanlar 
davlati va qirolning hol-ahvoli haqida surishtirgan, ziyofatlarga taklif etib, ko„p 
hadyalar bergan. Elchilarning qaytish payti kelganida Sohibqiron ikki davlat 
o„rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga qobiliyatli 
beklardan Muhammad Keshiyni ham maktub va sovg„alar bilan Kastiliyaga elchi 
qilib jo„natgan. Keshiy u yerga eson-omon yetib borib, maktub va sovg„alarni 
Qirol Don Enrike III ga topshirgan.
Shu o„rinda Amir Temur elchisining shaxsi haqida to„xtalib o„tish joiz. Uning 
nomi ba‟zi bir manbalarda “Muhammad qozi”, “Muhammad al-qozi”, keyingi, 
yangi tadqiqotlarda esa “Muhammad Keshiy”, “Muhammad al-Keshiy” tarzida 
keltirilgan. Ma‟lumki, Amir Temur Nasaf va Kesh olimlari, diniy va dunyoviy 
ilmlardan xabardor, xorijiy tillarni biladigan qobiliyatli shaxslarni o„z saroyiga 
ishga jalb etgan. Ular turli lavozimlar qatori elchilik vazifasini ham ado etishgan. 


21 
Masalan, Muhammad Keshiy Sohibqironning elchisi sifatida ma‟lum muddat 
Ispaniyada yashab kelgan bo„lsa, Mavlono Abdulloh Keshiy Amir Temur 
tomonidan Misr sultoni Farajga elchi qilib yuborilgan. “Kesh” so„zining “qoz”ga 
aylanib qolishi masalasini Yevropa tillarining o„ziga xos talaffuz talabi bilan ham 
izohlash o„rinlidir. Masalan, hatto Rui Gonsales de Klavixoning o„zi ham ba‟zan 
tarixiy atoqli nomlarni va joylar nomini turlicha ishlatgan. U To„xtamish nomini 
bir o„rinda Totamix, boshqa joyda Keramix, yana bir o„rinda Tetanis desa, Tabriz 
shahri nomini esa Toris, Turis, Tauris qabilida, turlicha shakllarda qo„llagan. Amir 
Temur odatda Yevropa mamlakatlariga masihiylik dini peshvolarini elchi qilib 
yuborgan. Fransisko, Fransisko Sadru, Sultoniya shahri arxiyepiskopi Ioann ana 
shunday vazifalarni ado etganlar. Misol uchun 1402 yilda Ioann Fransiya va 
Angliya 
qirollariga 
Sohibqironning 
xatlarini 
olib 
borgan. 
Musulmon 
diplomatlardan faqat Muhammad Keshiygina Yevropaga borishga muyassar 
bo„lgan. Bu ham uning qobiliyatidan, bir necha tillarni, ehtimol Yevropa tillaridan 
birini bilganligidan dalolat beradi. O„sha davrda Amir Temurning shuhrati butun 
Yevropaga tarqalgan. Shu sababli Muhammad Keshiy Kastiliya qiroli Don Enrike 
III huzurida katta hurmat-e‟tibor bilan kutib olingan. U qirol saroyidagi va yirik 
zodagonlar qasridagi qabullarda ishtirok etgan. Qirol unga Rui Gonsales de 
Klavixo boshchiligidagi o„z elchilarini qo„shib, hurmat-ehtirom bilan 
Samarqandga kuzatib qo„ygan. Shu tariqa 1403 yili ispan elchisi Klavixo bilan 
birga yurtga qaytgan Muhammad Keshiy uzoq va mashaqqatli yo„l bosib, 1404 
yilning avgust oyi oxirlarida Samarqandga yetib kelgan. Sohibqiron Kastiliya 
elchilarini o„sha yili 8 sentabr kuni Samarqand tashqarisidagi Dilkusho bog„ida 
qabul qilgan. Shu elchilar orasida Muhammad Keshiy ham bo„lgan deb guvohlik 
beradi tarixiy manbalar. “Ular bilan yana Temurbek tomonidan Ispaniyaga 
yuborilgan elchi ham bor bo„lib, uning ustidan u yerdagilar kulishar, chunki elchi 
kastilcha, ya‟ni ispancha kiyimlarni kiyib olgan edi”, – deb yozgan Klavixo. Bu 
ishonchli ma‟lumotlar, shubhasiz, olis tarixda Kesh ham Nasaf kabi yirik 
madaniyat markazlaridan biri bo„lganini ko„rsatadi. Sharafuddin Ali Yazdiy 
“Zafarnoma” asarida Kesh shahrilik uch nafar ulug„ muhaddis va imom Abu 


22 
Muhammad (Abdulloh ibn Abdulhamid ibn) Nasr (Ibn Humayd) al-Kashshiy, 
(Abu Muhammad) Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Doramiy as-Samarqandiy va 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (r.a.) nomlarini tilga olgan. 
Mashhur tarixchining fikricha, o„sha vaqtda diniy masalalar yechimini o„rganish 
uchun olam ahli Keshga yog„ilib kelavergani tufayli bu shahar “Qubbatul ilm va 
adab” degan nom bilan bashariyat nazariga tushgan. Turkiyadagi Sulaymoniya 
kutubxonasida yana bir keshlik alloma – Ahmad ibn Muso al-Keshiy qalamiga 
mansub “Majmu‟ ul-havodis va-n navozil” asari saqlanmoqda. Bu kitob 1155 yilda 
yozilgan 
bo„lib, 
hozirgi 
kunga 
qadar 
atroflicha 
o„rganilmagan. 
O„rta asrlarda Keshda Shamsiddin Kulol al-Keshiy, Hazrati Bashir, Mavlono 
Xojagiy Imkanagiy singari aziz avliyolar va mashhur tasavvuf shayxlari, Abd ibn 
Yahyo Kissiy (Keshiy), Abdulloh ibn Ali ibn Ahmad ibn Amiyrak Kissiy, 
Abdulloh ibn Hasan Kissiy, Abdurahmon ibn Muhammad Keshiy, Abu Ahmad Iso 
ibn Junayd an-Nahviy al-Adiyb al-Kissiy, Abu Ibrohim Ishoq ibn Ibrohim al-Bob 
al-Keshiy al-Samarqandiy, Abu Bakr Muhammad ibn Umar ibn Mansur Keshiy 
kabi qirqqa yaqin muhaddis va allomalar, Xo„ja Abulbaraka Firoqiy, Ayyub 
Shahrisabziy, Lozimiy Keshiy, Najmi Keshiy, Hakim Shahrisabziy kabi shoirlar, 
o„nlab mohir xattotlar yashab-ijod qilgan.
Qashqadaryo tuprog„idagi Xo„ja ibn al-Jarroh, Solmoni Pok, Xo„ja Shamsiddin 
Kulol, Hazrati Bashir, Hazrati Sulton, Sulton Mirhaydar, Langar ota kabi o„nlab 
ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarni xalq ixlos bilan tavof etadi. O„z navbatida, 
bu muborak yurt zaminida kamol topgan shunday ulug„ ajdodlarimizning tarixini, 
faoliyatini, ma‟naviyatimiz xazinasiga qo„shgan hissasini har tomonlama 
o„rganish, targ„ibu tashviq qilish har birimizning zimmamizga katta mas‟uliyat 
yuklaydi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish