Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/53
Sana18.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#820082
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR

 O„N TO„RTINCHI HIKOYAT 
Sichqonlarni bo„g„ib o„ldirgani uchun mushukni lavozimdan chetlatishgani 
xususida 
To„ti hikoya qila boshlabdi.
 
-
Bir qalin o„rmonda bir yo„lbars yashar ekan. U qaribdi, sharti ketib, parti 
qolibdi, barcha tishlari tomir-pomiri bilan tutday to„kilibdi. Go„sht yegan 
vaqtlarida paylar uning tanglayiga yopishib qolar ekan. Shu o„rmonda sichqonlar 
ko„payib ketibdi. Tunda yo„lbars pinakka ketganida, sichqonlar yugurib kelar 
ekan-da, uning milklaridan paylarni tortqilab olisharkan, keyin ularni yeb qorin 
to„yg„azisharkan. Bundan yo„lbars bezovtalanib, uyg„onib ketarkan. Oxiri u 
boshqa hayvonlarga buyruq beribdi: 
-
Shunday qilinglarki, sichqonlar meni bezovta qilmasin va men tinch uxlay.
Shunda tulki panjalarini chalishtirib, ta‟zim qilibdi-da, bunday debdi: 
-
Olampanoh, fuqarolaringiz ichida mushuk bor, uni posbonlik lavozimiga 
tayinlab qo„ying, shunda tun bo„yi tinch yotib uxlaysiz. 


75 
Tulkining gapidan yo„lbars suyunib ketibdi. U mushukni chaqiribdi va 
posbonlik lavozimiga tayinlabdi. Mushuk jon-jahdi bilan xizmat qilishga tushib 
ketibdi. Unga ko„zlari tushishi hamon sichqonlar butalar orasiga kirib, g„oyib 
bo„lar ekan. Yo„lbars tunda mazza qilib uxlabdi, mushukning lavozimini yana 
ko„taribdi. 
Ammo,bu mushuk o„lguday ayyor ekan, u sichqonlarni faqat uzoqdan turib 
qo„rqitar ekan, ammo hech qachon ularni tutib yemas ekan. U bunday deb o„ylar 
ekan: ”Bu lavozimga men sichqonlar tufayli ega bo„ldim. Bordi-yu, men ularni 
yesam , yo„lbarsga keragim bo„lmay qoladi va meni ishdan haydaydi”. Shu tariqa u 
qattiq parhez qila boshlabdi, bitta ham sichqonni tutib yemabdi.
Ammo bir kuni xudo uning aqlini xiralashtiribdi. u yo„lbarsning oldiga yangi 
tug„ilgan mushukvachchasini olib kelibdi-da, odob bilan panjalarini qovushtirib 
debdi:
-
Bugun ish bilan bir joyga borishim kerak edi. Ijozat etsalar, men o„rnimga 
bu yerda bolamni qoldiray, ertaga ertalab tag„in o„zim hazratimning xizmatlarida 
hozir bo„lurmen. 
Uning so„zlari yo„lbarsga ma‟qul bo„libdi va mamnuniyat bilan mushukka 
ruxsat beribdi. Shunday qilib ona mushuk ish bilan ketibdi, bu yoqda 
mushukvachcha sichqonlarning qironini keltira boshlabdi, sichqon deganning 
qorasini ko„rdi deguncha shappa tutib olib jig„ildoniga uraveribdi, qorni 
to„ygandan keyin esa bo„g„ib tashlayveribdi. Xullas, bir kunning ichida bitta ham 
sichqon qolmabdi. Ertasiga ertalab ona mushuk qaytib kelibdi, qarasa barcha 
sichqonlar o„lib yotganmish. Shunda u o„zining boshiga urib qichqiribdi. 
-
Hoy yaramas! Nima qilib qo„yding? Nega barcha sichqonlarni bo„g„ib 
o„ldirding? Agar ular bo„lmaganida, men shunday obro„ga ega bo„larmidim?
-
Ketayotganingizda o„zingiz bunday qilma deb qulog„imga aytib qo„ysangiz 
bo„lmasmidi? – miyovlabdi mushukvachcha. 
Xullas, laqmalik qilib qo„yganidan ona mushuk qattiq pushaymon bo„libdi. 
O„rmonda bitta ham sichqon qolmabdi degan xabar yo„lbarsning qulog„iga 
yetib boribdi. Shunda u mushukni lavozimidan bo„shatib yuboribdi. 
To„ti hikoyasini shu yerda tugatibdi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish