yangi 2011 yil ostonasida turganligimiz haqida so‘z yuritib, o‘tgan davr mobaynida
hayotimiz, mamlakatimiz qiyofasi o‘zgarib borayotgani, yutuq va natijalar, bozor
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish
yo‘lida qanday sur’atlar bilan borayotganligimizni baholash lozimligi haqida to‘xtalib
o‘tdilar.
Oldimizda turgan uzoq muddatli strategik maqsadlar rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga
kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash
borasidagi sa’yi-harakatimizga bugungi nuqtai-nazardan baho berish.
O‘zbekiston 1991 yilda o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng “O‘zbek modeli” deb nom
olgan taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshgacha, ayollarni
esa 75 yoshgacha umr ko‘rayotgani haqida so‘z yuritiladi.
Toshkentda 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
Senatning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi.
Majlislar zalida Vazirlar Mahkamasi a’zolari, Respublika tashkilotlari, xalqaro tashkilot
rahbarlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari muxbirlari ishtirok etishdi.
Majlisni
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisi
Qonunchilik
palatasi
Spikeri
D.Toshmuhammedova boshqardi.
Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasida davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni hal etishda davlat
hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy
partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish,
fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik
tashabbuslariga doir masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
“Bugun biz tarixiy bir davrda − xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-
osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor, o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat,
fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz”. (Islom
Karimov. “Yuksak ma’naviyat −
yengilmas kuch”. T.: “Ma’naviyat”, 2008 yil.)
“Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan
islohotlar bugungi kunda o‘zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda
chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlash, samarali tashqi
savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasini barqoror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli
yutuqlar qo‘lga kiritildi” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Jahon moliyaviy
iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asari bo‘yicha
o‘quv qo‘llanma. “Iqtisodiyot” nashriyoti, 2009 yil, 5-b)
Do'stlaringiz bilan baham: |