KIRISH
Jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi ta’limning
rivojlanishiga va mazmunan takomillashib borishiga bog‘liq.
Ta’limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani
ta’lim muassasalarida ta’lim sifatining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, har
qanday texnologiya ta’limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta’lim
tamoyillariga asoslanadi. Ta’lim jarayonining faol sub’ektlari o‘qituvchi va
o‘quvchilar bo‘lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari shundan iboratki, ma’lum
mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi.
O‘qituvchining faol, samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan ta’lim
jarayonining metodik dars ishlanmasidan farqli ravishda, ta’limning pedagogik
texnologiyasi ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va
o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materialini
o‘zlashtirishga sharoit yaratadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov o‘quvchi tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib
shunday yozadi: “SHuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim
dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda xalqimizni ertangi kuni qanday
bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq,”
1
.
Tarbiya deganda avvalo, yosh avlodning kelajak hayotga tayyorlash
tushuniladi.
Tarbiya
shaxsni
maqsadga
muvofiq
shakllashtirish
uchun
uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va
sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Biz tarbiya jarayoni haqida to‘xtaladigan
bo‘lsak, bu tayyorlash, maxsus tashkil qilingan tarbiya faoliyatlari bilan amalga
oshiriladi. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, his-tuyg‘ulari
rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy aloqalarga xizmat
qiladigan xulqiy odatlarni hosil qilinadi.
Bugungi ta’limning rivoji o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodkor bo‘lishi,
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirib borishini taqozo
etmoqda.
1
И.А.Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: “Маънавият”. 2008. 61-бет.
SHunday
ekan,
ta’lim
jarayonida
yoshlar
ta’lim-tarbiyasi
bilan
shug‘ullanuvchi har bir murabbiy o‘quvchilarni barkamol inson qilib etishtirish
uchun ularning xalq insonparvarligi chashmalaridan, umumbashariy qadriyatlardan
bahramand bo‘lishlariga e’tibor berib, urf-odatlarimizni, milliy qadriyatlarimizni,
buyuk mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini yaxshi bilishi va ularni darslarga
tadbiq etishi lozim.
Bu qo‘llanmada ta’lim texnologiyalari, rivojlantiruvchi, muammoli ta’lim
texnologiyalari va ularning ona tili va adabiyot darslarda qo‘llanilishi haqida so‘z
yuritiladi.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning faoliyatini pedagogik jihatdan
to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir.
O‘qituvchi dars jarayonida pedagogik texnologiya asosida o‘quvchilarning
ongidagi ilg‘or kuchlarga tayanib, ijodiy kamolotiga yordam berish natijasida
darslarni tashkil etishlari lozim.
O‘qituvchi bilan o‘quvchi orasidagi munosabat erishilgan yutuqlardan
zavqlanish, o‘quv faoliyatiga mas’uliyatli yondashish hamda o‘zaro hamkorlikda
ijodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishga undashi kerak. Bu esa pedagogik ta’sirni tashkil
etish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro aloqa vositasi “ko‘prik”ni vujudga keltiradi.
Ma’lumki, pedagogik texnologiya- ta’lim jarayonida oldindan rejalashtirilgan
va to‘laligicha loyihalashtirilgan, muayyan vaqtga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni
ko‘proq ta’lim oluvchi shaxsiga qaratilgan, faollashtirilgan usullar va zamonaviy
ta’lim
vositalaridan
foydalangan
holda
o‘quv
maqsadiga
erishishni
kafolatlaydigan ta’lim berish jarayonidir.
Pedagogning jonli nutqi, shaxslarning o‘yinlari, jamoatchilik harakatlari
tarbiya vositasi vazifasini bajaradi. Ammo tegishli tarbiyaviy vazifalarni hal etish
uchun ularni albatta murabbiy pedagog ishining muayyan sistemasiga kiritish
kerak. Tarbiya natijasining samarali bo‘lishi tarbiyaviy jarayonni tashkil etish
usullari, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga va ularning
uyg‘unligini ta’minlashga bog‘liq.
Texnologiyalarni
qo‘llaganda,
o‘quvchi
bilimini
kuzatish,
ularning
o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy g‘oyalar bilan
taqqoslash, ularning rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash, mosini tanlash, turli
vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi
dialektikasini chuqur tahlil qilish ishlariga ahamiyat berishimiz kerak. Ta’lim
texnologiyalari quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:
1. Zamonaviy –an’anaviy o‘qitish elementlaridan foydalaniladigan
pedagogik texnologiyalar;
2. Pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar;
3. O‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik
texnologiyalar;
4. O‘quv jarayonini samarali boshqarishga asoslangan pedagogik
texnologiya;
6. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari;
7. Xususiy o‘quv predmetlariga tegishli texnologiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: