suyultirilgan eritmadan kontsentrlangan eritmaga o’tishi yuz beradi, har bir
modda o’zining kontsentratsiyasi kam bo’lgan tomonga o’ta boshlaydi. Ana
shunday moddalarning o’z-o’zidan o’tishiga, ya'ni ular kontsentratsiyasining
chayqatmasdan turib, suv qo’shilsa, diffuziya hodisasini kuzatish mumkin.
33
Avval keskin chegara kuzatiladi, lekin sekin-asta chegara yo’qola boshlaydi;
bir necha vaqtdan keyin erigan modda erituvchining butun hajmi bo’yicha bir
tekis taqsimlanadi va butun suyuqlik bir xil rangga ega bo’lib qoladi.
Ko’rib chiqilgan misolda erituvchi va eruvchi modda zarrachalari
qarama-qarshi yo’nalishda diffuziyalanadi. Bu jarayonni
ikki yoqlama diffuziya
deyiladi.
Agar ikki eritma orasiga erituvchi o’ta oladigan, lekin eruvchi modda o’ta
olmaydigan to’siq parda quyilsa, ahvol boshqacha bo’ladi. Bunday pardalar
yarim o’tkazgich pardalar deb ataladi, ular tabiatda ham uchraydi va sun'iy yo’l
bilan ham hosil qilinadi. Masalan, mis kuporosi eritmasi shimdirilgan g’ovak
sopol silindr kaliy geksasiano(II)-ferrat K
4
[Fe(CN)
6
] eritmasiga tushirilsa,
silindr g’ovaklariga mis geksasiano(II)-ferrat cho’kib qoladi. Shunday yo’l bilan
ishlangan silindr yarim o’tkazgich parda xossasiga ega bo’lib qoladi. Shunday
silindrga shakar eritmasi solib, suvga botirilsa, faqat suv molekulalarining
o’tishi hisobiga sopol idishdagi eritmaning hajmi ko’paya boshlaydi, undagi
qandning kontsentratsiyasi kamaya boshlaydi. Yarim o’tkazgich parda orqali
bo’ladigan bunday bir yoqlama diffuziya osmos deb ataladi.
Vant-Goff o’z nazariyasini qonun tarzida ta’rifladi: agar erigan modda
eritma temperaturasida gaz holatida bo’lib, eritma hajmiga baravar hajmni
egallasa, bu gazning bosimi eritmaning osmotik bosimiga teng bo’ladi.
Bu qonun eritmalarining osmotik bosimi, konsentratsiya va absolyut
temperaturagagina bog’liq bo’lib, eruvchi modda tabiatiga bog’liq emasligini
ko’rsatadi.
Turli eritmalarning osmotik bosimini o’lchash natijasida osmotik bosim
qiymati eritma kontsentratsiyasi va uning haroratiga bog’liq ekanligi, lekin
erigan modda va erituvchining tabiatiga bog’liq emasligi aniqlandi. 1886 yilda
golland olim Vant-Goff elektrolit bo’lmagan moddalarning uncha yuqori
bo’lmagan kontsentratsiyali eritmalarining osmotik bosimini kontsentratsiya va
haroratga bog’liqligini ifodolovchi tenglamani keltirib chiqardi (Vant-Goff
qonuni):
34
P=CRT;
P-eritmaning osmotik bosimi, kPa, C- eritmaning molyar kontsentratsiyasi,
mol/l, R - gazlarning universal doimiyligi, 8,314 J/mol, T- eritmaning absolyut
harorati (273+t
0
C).
Do'stlaringiz bilan baham: