Dengiz suvini chuchuklashtirish uchun katta mablag‘
sarflayaptilar. Men esa barmog‘ingni dengizga botirishing
yetarli bo‘lishini ularga aytdim.
171.
Biz toshbag‘irlik bilan bosayotgan bu tuproq naqadar buyuk.
Oxir-oqibat, oq bo‘lgan farzandini bag‘riga bosgan onaga
o‘xshab, bizni muloyimlik bilan quchoqlaydi!
Onamning quchog‘idan boshqa barcha yaxshi ko‘rgan
boshpanalarim teshik xotiramdan to‘kildi.
Mol yog‘i, shakar, guruch va o‘simlik yog‘i narxlari o‘sishda
davom etyapti.
Bu yerda narxi tushadigan yagona narsa faqat insondir.