35-§ Megasporogenez va urug‘chi gametofit
Gulning tugunchasida bir yoki juda kо‘p miqdorda urug murtak
(megasporangiy) taraqqiy etadi, uning ichida urug‘chi gametofit
(murtak xaltasi) rivojlanadi.
Yopiq urug‘li о‘simliklarda urug‘murtakning rivojlanish jarayonini
chet el olimlaridan Braun, Malpigi, Rozanov, Meyer va boshqalar
о‘rganishgan. Murtak xaltasining rivojlanish jarayonini S. G.
Navashin (1894, 1899) batafsil о‘rgangan.
Urug‘murtak yosh urug‘chi barglarining chetlarida kichkina
dо‘mboqchalar shaklida hosil bо‘ladi va hujayraning mitoz bо‘linishi
natijasida tez о‘sadi. Keyinchalik uning yuqori tomonidan
urug‘murtakning markaziy qismi nutsellus, pastki qismidan urug‘band
rivojlanadi. Nutsellus hujayralari parenxima tо‘qimalariga о‘xshash
bо‘lib, uning hujayralarida oziq moddalaridan: polisaxarid, lipid,
oqsil, aminokislota, nuklein kislota, geteroauksin, vitamin, mineral
tuzlar uchraydi. Nusellusning yon devorlaridan dо‘mboqchalar о‘sib,
qoplag‘ich tо‘qima – intigument (lot. intigumentum – qoplama)ga
aylanadi. Yopiqurug‘li о‘simliklarda bir yoki ikkita intigument
taraqqiy etadi. Ularning shu xususiyatiga qarab urug‘murtak bir yoki
ikki qoplag‘ichli guruhga ajratiladi.
Intigument pastdan yuqoriga qarab о‘sib nutsellusni о‘rab oladi,
lekin uchi birlashmasdan ochiq qoladi, bunga chang yо‘li, yoki
272
mikropile deyiladi. Mikropile urug‘murtak va embrion xaltasi bilan
tutashgan. Yopiqurug‘li о‘simliklarning ba’zi oilalarida intigument
birlashib bitta qoplag‘ichga aylanadi. Urug‘murtakning tagi,
urug‘band (funikulus) bilan tutashgan, uning osti xalaza deb ataladi.
Yopiqurug‘li о‘simliklarda tuguncha ichidagi urug‘murtakning shakli
besh xil (147-rasmlar) bо‘ladi.
1. Ortotrop yoki tо‘g‘ri urug‘murtak. Bu xildagi urug‘murtak
torondoshlar, qalampirdoshlar, kuchalaguldoshlar oilasiga xos belgi
bо‘lib, nutsellus urug‘ bandining davomidir.
2. Anatrop yoki teskari urug‘murtak. Urug‘murtakning notekis
о‘sishi vaqtida uning uchi va uchidagi teshikcha (urug‘ yо‘li) teskari
(ostki) tomonga aylangan bо‘ladi. Bu xildagi urug‘murtak
yopiqurug‘li о‘simliklarda eng kо‘p uchraydi.
3. Gemitrop yoki yarim qayrilgan urug‘murtak. Nutsellus bilan
intigument о‘sish davrida platsentaga nisbatan 90° qayrilgan
(sigirquyruqdoshlar, primuladoshlarda uchraydi).
4. Kampilotrop yoki bir tomonlama qayrilgan urug‘murtak. Bunday
urug‘murtakda nusellus bilan intigumentlarning bir tomoni bukilgan
bо‘lib, chang yо‘li xalaza yoniga borib qoladi. Bu xildagi urug‘murtak
kapalakdoshlar, dukkakdoshlar, butguldoshlar va boshqa oilalarda
uchraydi.
5.Amfitrop yoki egma urug‘murtak. Bunda nusellus bukilib
taqasimon shaklga kiradi (kapalakdoshlarni ayrim vakillarida
uchraydi).
Evolyutsiya jarayonida yopiqurug‘li о‘simliklar nusellusining qalin
devorlari yupqalashib boradi. Tojbarglari birlashmagan о‘simliklarda
urug‘murtak krassinuselyat (lot. kraus. – qalin), tojbarglari birlashgan
о‘simliklarda esa tenuinuselyat (lot. tyeniuis – yupqa) rivojlangan.
Tenuinuselyat urug‘murtakning ichki intigument hujayralaridan
tapetum taraqqiy etadi. Tapetum sitoplazmasi uglevodlar, oqsillar,
vitaminlarga boy. Bu moddalar amilaza, proteaza fermentlari
yordamida parchalangandan sо‘ng о‘tkazuvchi tо‘qima orqali
murtakka о‘tib oziq bо‘ladi.
Yopiqurug‘li о‘simliklar urug‘murtagining xalaza ustidagi
hujayralari takomillashib gipostaza (yunon. xipostazis – tirgak, ayri)
deb ataladigan tо‘qimaga aylanadi. Bu tо‘qimalarning xususiyati
haligacha aniq emas. Ba’zilar gipostaza embrion xaltasining
urug‘murtak tomon о‘smasligiga ta’sir etadi deyishsa, boshqa birovlar
273
gipostaza embrion xaltasining fermentlar yoki bо‘lmasa oziq
moddalar bilan ta’minlashda faol ishtirok etadi, deb taxmin qiladilar.
Ba’zi yopiqurug‘li о‘simlik vakillarida urug‘band yoki
intigumentlardan obturator deb ataladigan maxsus tо‘qima hosil
bо‘ladi va chang naychasining о‘sib embrion xaltasiga yetishiga
sababchi bо‘ladi. Bu tо‘qima urug‘murtak rivojlanishining dastlabki
davrida paydo bо‘lib, urug‘lanish sodir bо‘lgandan sо‘ng yemiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |