113 – rasm. О‘simliklarni kо‘paytirishning klonal (
in vitro
) usuli:
1 – о‘simlikdan eksplant ajratish, 2
–
in vitro
kulturasiga о‘simlikni ekish, 3 –
in
vitro
sharoitida kо‘paytirish, 4 –
in vitro
sharoitida saqlash, 5 –
in vitro
sharoitida
ildiz hosil qilish, 6 – о‘simliklarni steril bо‘lmagan sharoitga moslashtirish,
7 – о‘simliklarni dala sharoitiga о‘tkazish, 8 – о‘simliklarni issiq xona sharoitiga
о‘tkazish.
1
2
3
4
5
6
7
8
219
kelmoqdalar. Bunday usullar noyob va yо‘qolib borayotgan о‘simlik
turlarini saqlab qolishda ijobiy natija bermoqda (113-rasm).
27-§ О‘simliklarning sporalar yordamida kо‘payishi, jinsiy
jarayonlar: jinsiy va jinssiz siklning gallanishi
Jinssiz kо‘payish tuban va yuksak sporali о‘simliklar (suvо‘tlar,
zamburug‘lar, moxlar va paporotniklar)ning hayotida uchraydi. Jinssiz
kо‘payish maxsus hujayra spora yoki zoospora yordamida sodir
bо‘ladi.
Spora va zoospora ona hujayra ichida mitoz yoki meyoz –
reduksion (lot. rye – yangitdan: produksio – mahsulot) yо‘l bilan
bо‘linadi. Shuning uchun spora va zoosporalar doimo gaploid (yunon.
xaplos – oddiy), ya’ni toq sonli xromosomaga ega bо‘ladi. Mitoz yо‘li
bilan hosil bо‘lgan sporalarni mitospora deb ataladi. Spora, sporangiy
(yunon. angeon – nay) maxsus xaltacha ichida hosil bо‘ladi.
Sporangiy birhujayrali va kо‘phujayrali bо‘lishi mumkin. Birhujayrali
sporangiy tuban о‘simliklarda, kо‘p hujayrali sporangiy yuksak
sporali о‘simliklarda uchraydi. Yosh sporangiy ichida bitga hujayra
(tо‘qima) meyoz yо‘l bilan bо‘linib, sporalar hosil qiladi. Sporalar
yetilgandan keyin sporangiy devori yirtiladi va undan otilib chiqqan
yengil, juda ham mayda sporalar shamol vositasida tarqaladi. Nam
yerga tushgan spora о‘sib yangi individga aylanadi. Sporalar ba’zi
suvо‘tlar (qizil suvо‘tlar), zamburug‘lar, yuksak о‘simliklardan:
yо‘sunlar,
qirqquloqsimonlar
(paparotniksimonlar)
va
qirqbо‘g‘imsimonlarda uchraydi. Spora yordamida kо‘payish
xususiyatiga ega bо‘lgan о‘simliklar sporali о‘simliklar deb ataladi.
Suv sharoitida о‘suvchi tuban о‘simliklarning sporalari xivchinli
zoospora deb ataladi. Zoosporalarning ustida qattiq pо‘st bо‘lmaydi. U
qarakatchan, uning harakati (1–2–4) ba’zan kо‘p sonli xivchinlar
yordamida sodir bо‘ladi va zoosporangiy deb ataladigan maxsus
hujayra ichida yetiladi (114-rasm).
Zoosporalar yetilgandan sо‘ng zoosporangiy devori bо‘rtib, yirtiladi
va zoosporalar suvga chiqib, suzib biror narsaga о‘rnashib,
xivchinlarini tashlab о‘sadi va yangi individga aylanadi.
220
Do'stlaringiz bilan baham: |