1 мавзу: Ҳужжатларни классификациялаш ҳақида умумий тушунча


XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini klassifikatsiyalashning



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/116
Sana18.07.2022
Hajmi1,76 Mb.
#818843
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116
Bog'liq
Б.Ганиева. AKK VA F

XIX asrning birinchi yarmida matbuot asarlarini klassifikatsiyalashning 
rivojlanishi
XVIII asrning so‘nggi yillari va XIX asrning boshlarida frantsuz burjua 
revolyutsiyasi g‘oyalari ta’sirida Frantsiyada yangi printsiplarga asoslangan 
kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyalari tuzishga intilish yuzaga keldi. Usha 
davrdagi har xil loyihalarda ilohiyotni oldingi o‘rinnlardan biriga qo‘yishdan 
keskin voz kechish g‘oyasi namoyon bo‘ladi. Ba’zi mualliflar uchun shunday 
tartib o‘rnatishga urindilarki, bu tartib insoniyat tarixidagi bilim olish izchilligiga, 
olam va tabiat haqidagi bilimlardan inson hamda jamiyat haqidagi bilimlar tomon 
boradigan izchillikda o‘rganishga mos bo‘lishi lozim edi; boshqa mualliflar 
fanlarning har xil ehtiyojlar: moddiy va ma’aviy ehtiyojlar ta’sirida vujudga kelish 
izchilligini to‘g‘riroq izchillik deb hisoblar edilar. Yosha davrdagi ko‘pdan-ko‘p 
klassifikatsiya loyihalari uchun asos qilib olingan g‘oyalarning progressiv 
xarakterida bo‘lganligiga qaramay, ularda asosiy e’tibor fanlarni klassifikatsiya 
qilishga qaratilgan hamda kutubxona klassifikatsiyasi tuzilishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan masalalar yetarlicha hisobga olinmagan edi. Fransiyada reaktsiya 
boshlanganligi va reaktsiya bilan birga cherkov ta’sirining kuchayishi munosabati 
bilan bu sxemalar amalda qo‘llanilmadi.
8
Garchi titul varag`ida 1742 yil deb ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, taxminan 1742—1744 yillarda bosilgan. Bu katalogning 
keyinchalik rus tilida nashr etilgan bir қismi (nashr etilgan yili ko‘rsatilmagan) «Камерный каталог» degan nom 
bilan mashhur.
9
I. B a k m e y s t e r, “Опыт о Библиотеке и Кабинете редкостей и истории натуральной Санкт-
Питербургской императорской Академии наук”; bu asar Fanlar akademiyasining ichki kutubxonachisi Iogann 
Bakmester tomonidan frantsuz tilida nashr etilgan, rus tiliga esa Vasiliy Kostigov tarjima qilgan. Spb., 1799.


58 
G‘arbiy Yevropa kutubxonalarida «Fransuz sistemasi» ning eng keyiigi va 
ideologik jihatdan juda reaktsion variantlaridan biri — J. Sh. Bryune
(1810 yil) 
klassifikatsiyasi keng yoyildi.
Bryune fransuz revolyutsiyasidan keyin boshlagan reaktsiya yangiliklarini 
aks ettirib kutubxona klassifikatsiyasining ilmiy bilim rivojiga bog‘liqligini qat’iy 
suratda rad etadi va kutubxona klassifikatsiyasiga kitoblarni joylashtirish uchun 
qulay bo‘lgan amaliy sxema deb qaraydi. U revolyutsiya davridagi sistemalarning 
mualliflarini «ilohiy kitoblarni» mensimaslikda ayblab, ilohiyot detallashtirilgan 
sinfni yana birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bryune sistemasida ijtimoiy fan bo‘limlari 
tartibsiz joylashtirilgan bo‘lib, ularning o‘zaro aloqasini anglab olish mumkin 
emas. Yurisprudentsiya bo‘limi ijtimoiy fanlar kompleksidan chiqarib tashlanib, 
ilohiyot 
bo‘limiga 
yaqinlashtirilgan 
edi. 
Bryune
sistemasi Yevropada XIX asrning 
birinchi 
choragida 
hukmronlik 
qilgan 
reaktsion 
g‘oyaga hamohang edi. Bu 
sistemaning ta’siri juda katta bo‘ldi va keyingi 
davrlardagi ko‘p sistemalarning strukturasida 
jumladan Parijdagi Milliy kutubxona va 
Londondagi Britaniya muzeyi kutubxonasi 
hozirga qadar qo‘llanayotgan sxemalarda aks 
etdi.
Nemis universitet kutubxonalari XIX asrning birinchi yarmida «fakul’tet 
sistemasi»ning har xil variantlaridan ularni yanada detallashtirilgan holda 
foydalanganlar. 50-yillarda A. Shleyermaxerning puxta ishlab chiqilgan 
bibliografik klassifikatsiyasi munosib ravishda shuhrat qozondi; unda «fakul’tet 
sistema»larining asosiy bo‘limlari sxemaning oxiridan joy olgan bo‘lib, ulardan 
oldin esa umumiy bo‘lim, adabiyot va san’at, tarix, matematika va tabiatshunoslik 
bo‘limlari joylashtirilgan edi; bundan tashqari, o`nta iqtisodiy va texnika 
fanlarining katta bo‘limi ham kiritilgan edi. 


59 
XIX 
asrning 
birinchi 
yarmida 
rus 
kutubxona 
va 
bibliografik 
klassifikatsiyalari juda taraqqiy etdi. Naturalist olim Pavel Grigorevich Demidov 
o‘z kutubxonasining katalogi
10
uchun ishlab chiqqan sxema eng dastlabki 
klassifikatsiyalardan biri bo‘lib, bu sxema Rossiya va Yevropadagi g‘oyat nodir 
nashrlarni o‘z ichiga olgan edi. Bu sxemaning tabiiyot fanlari va texnologiya 
bo‘limi kutubxonaning asosiy mundarijasiga muvofiq tarzda hammadan ko‘ra 
ko‘proq detallashtirilgan edi. Fanlarni bir-biridan umumiy tarzda chegaralashda 
Pavel Grigorevich Demidovning XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlaridagi 
progressiv frantsuz klassifikatsiyalarining birmuncha ta’sirida bo‘lganligi ko‘zga 
tashlanadi.
Pavel Grigorevich Demidov o‘zi qabul qilgan fanlar tartibini «bilish 
qobiliyatiga qarab» degan an’anaviy bo‘lim bilan asoslangan bo‘lishiga qaramay, 
u fanlarni Frensis Bekon klassifikatsiyasidagi an’anaviy ajratishdan chetga 
chiqqan.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish