Lokal raqamli kutubxona faoliyati
.
Yevropada bunday faoliyatning ikki turi mavjud: ulardan biri tarmoq orqali
barcha kutubxona xizmatlari turlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchisi kutubxonaning
raqamli faoliyatiga javobgardir. Bugungi kunda keltirib o‘tilgan ikkala tur ham
keng tarqalgan.
*Raqamli kutubxonalar bo‘yicha Yevropa konferensiyasi - European
Conference on Digital Library (ECDL) ilk bor 1996 yil tashkil etildi. Keyingi
yillarda mazkur konferensiya texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy masalalarga
bag‘ishlangan Yevropaning bosh forumiga aylandi. Bu ta’lim tizimini media va
axborot bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, Germaniya Fan va ta’lim vazirligi
tomonidan qo‘llab quvvatlandi. Asosiy e’tibor Fan va ta’lim vazirligi, Germaniya
205
tadqiqotlar instituti, individual nemis federal yerlari va boshqa ilmiy tadqiqot
institutlarini faoliyatini moliyalashtirishga bag‘ishlanadi.
Yevropada raqamli kutubxonalarning rivojlanish faoliyatini kuzatar ekanmiz,
raqamli kutubxonalar yaratish bo‘yicha ko‘pgina boshlang‘ich loyihalar dastlab
madaniy merosni saqlashga yo‘naltirilgani, keyingi bosqichlarda ijtimoiy
gumanitar, matematika va boshqa ko‘pgina sohalarga e’tibor qaratilgani, bularning
orasida, ayniqsa, tarixiy hujjatlarni raqamlashtirish muhim o‘rin tutgani haqida
xulosaga kelish mumkin.Shuningdek, raqamli kutubxonalarni rivojlanishi bilan
ko‘pgina jabhalar qamrab olina boshlagan. Kutubxonalarda mavjud qadimiy
kolleksiyalarni internet orqali foydalanishga taqdim etish orqali tadqiqotchilar,
keng ommani bahramand etish kabi maqsad ko‘zlangan.
Ko‘pgina raqamli kutubxonalar loyihasi Milliy kutubxonalarning milliy
tillardagi kolleksiyalariga bag‘ishlangan, bu albatta o‘z navbatida barcha tillar va
madaniy qadriyatlarni saqlanishiga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda boshqa til
va madaniy qadriyatlar vakillari uchun foydalanishga taqdim etish maqsadida,
umumiy tillarga o‘giriladigan sahifalarning mavjud bo‘lishiga e’tibor qaratilgan.
Bunda asosan, qadimda yaratilgan noyob kitoblar, qimmatbaho materiallarga
alohida e’tibor qaratilishi, raqamlashtirish ob’ekti bo‘lib: noyob kitoblar, qadimiy
qo‘lyozmalar tanlangani ahamiyatlidir. Masalan, jahonda atigi 4 dona nusxaga ega
bo‘lgan, 1450-yilda pergamentda Gutenberg tomonidan kitob nashr etish kashf
etilganda chop etilgan “Bibliya” originali ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va
“birinchi real kitob”ni his etish maqsadida, Gettingen davlati va universitet
kutubxonasi “Guttenberg” loyihasini 1999 – 2002 yillarda amalga oshirdi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida raqamlashtirish ishlari olib borilib,
Guttenbergning Bibliyasi Internet orqali kitobxonlarga taqdim etildi. Shuningdek,
Britaniya kutubxonasi tomonidan Bibliyaning ikkala nus’hasi ham raqamlashtirilib
taqdim etildi. Bu esa foydalanuvchilar uchun foydalanish hamda taqqoslash
imkoniyatini yaratdi.
Daniil Grinshteyn va Raqamli kutubxona Federatsiyasining (DLF) sobiq
direktori Syuzanna Ye.Torinlar tomonidan yozilgan “Raqamli kutubxona:
206
biografiyasi” kitobida raqamli kutubxona rivojlanishi 3 bosqichga bo‘linadi: yosh
raqamli kutubxona, o‘rta yoshdagi raqamli kutubxona va yetuk raqamli kutubxona.
Mazkur material AQShdagi DLF tashkiloti vakillarini so‘rovnomasi asosida
yaratilgan bo‘lsada, Yevropadagi raqamli kutubxonalar rivojlanishining analogik
rivojlanish bosqichlarini o‘tdi.
Kutubxonalarni raqamlashtirish bo‘yicha deyarli barcha loyihalar o‘tgan asr
oxirida yakunlandi. Bugungi kunda ham bu borada tadqiqotlar davom etmoqda,
shu kabi loyihalar qo‘llab-quvvatlanib, o‘z amaliy davomiga ega bo‘lmoqda.
Yevropada raqamli kutubxonalar kutubxonalarning axborot infrastrukturasiga
aylandi. O‘zaro bog‘liqligi, ko‘ptilliligi, multimedialiligi Yevropa raqamli
kutubxonalari faoliyatining tendensiyasiga aylandi.
Hozirda O‘zbekistonda raqamli kutubxonalar yaratish bo‘yicha bir qator
loyihalar bajarilyapti. Xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining
bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari doirasida elektron
kutubxonalar yaratish metodikasi tadqiq etilib, shoir va yozuvchilar, olim va
tadqiqotchilarning elektron kutubxonalarini yaratish, shuningdek, turli fan
sohalariga, jumladan, fizika, ximiya, axborot texnologiyalari, mashinasozlik,
adabiyotshunoslik, qishloq xo‘jaligi va h.k. sohalarga oid resurslarning to‘liq
matnli ma’lumot bazalarini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur
yaratilgan resurslarini “Ziyonet”, Elektron ta’lim tizimi va Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot resurslarida joylashtirilishi
hamda OTM yoki uning bo‘linmalari saytlari resurslarida joylashtirish ishlari
amalga oshirilmoqda.
Axborot-kutubxona
muassasalari oliy ta’lim muassasalari tarkibiy
tuzilmasining bir qismi hisoblanib, oliy ta’limning rivojlanish tendensiyalari bilan
hamnafas holda shakllanishi, rivojlanishi hamda zamonaviy ta’lim jarayonida
yetakchi o‘rinlardan birini egallashi lozim.
207
XULOSA
O‘zbekistonda Axborot-kutubxona markazlari, axborot resurs markazlari
kitobxonlar talabiga javob beradigan ilmiy, ommaviy va maxsus resurslari bilan
faoliyat olib bormoqda. Respublikamizdagi mavjud kutubxonalar keng doiradagi
kitobxonlarning talabiga javob beradigan resurslar: elektron nashrlar, kitoblar,
gazeta, jurnallar va boshqa nashriyot mahsulotlari bilan to‘ldirilib boriladi.
“Axborot-kutubxona faoliyati to’g‘risida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunining
2011 yil 13 aprеl kuni Rеspublika prеzidеnti I.A.Karimov tomonidan imzolanishi
kutubxonachilik ish faoliyatida katta voqеa bo‘ldi. Kutubxonachilik ishining tadbiq
etilishi va hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalari qonun orqali muvofiqlashtirildi.
Kutubxona fondini, mavjud resurslarni har tomonlama ochib berishda mazkur
hujjatlarning tartibga keltirilganligi, ya’ni fan sohalari bo‘yicha klassifikatsiya
qilinishi, bu jarayonning samarali tashkil etilishida ahamiyati beqiyosdir.
Kataloglarning vujudga kelishi, taraqqiyoti, rivojlanishi o‘ziga xos tarzda tarixiy
qonuniyatlar ta’siri ostida vujudga kelgan. Sharqda o‘ziga xos, G‘arbda o‘ziga xos
prinsiplar asosida rivojlangan, taraqqiy etgan. Har bir davrning kutubxonashunos
olimlari o‘z davrlariga hamnafas holda klassifikatsion sistemalarini yaratganlar. Bu
esa axborot-kutubxona fondlarini to’g’ri shakllantirish Axborot-kutubxona
muassasasi ish faoliyatini samarali tashkil etishga asos bo’lib hisoblangan.
208
Do'stlaringiz bilan baham: |