EK ning bajaradigan asosiy funktsiyalari
- Hujjatlarga bibliografik ishlov berishning me’yoriy talablari asosida hujjatlarni
kataloglashtiradi;
- Foydalanuvchilarni kutubxona fondiga kelib tushayotgan yangi nashrlar haqidagi
axborotlar bilan ta’minlaydi;
- Foydalanuvchilarni kutubxona fondida saqlanayotgan hujjatlar haqidagi
biblografik ma’lumotlar (tavsif sarlavhasi, mavzular bo‘yicha chiqish
ma’lumotlari, ochqich so‘zlar, inventar nomeri va boshqa ma’lumotlar) bilan
ta’minlaydi;
190
- Hujjatning kutubxonadagi yo‘li haqidagi ma’lumotlar: uning fondga kelib
tushishidan boshlab ishlov berish, kitobxonlarning undan foydalanishlari va
hujjatni fonddan chiqarib tashlashgacha bo‘lgan ma’lumotlar haqida axborot
beradi;
- Internet xalqaro tarmog‘i, korporativ tarmoqlari va lokal tarmoqlaridan
foydalangan holda kutubxona ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlaydi;
- Axborotlarni ishonchli saqlashni ta’minlaydi: elektron resurslarning rezerv
nusxalari, ishchi va sug‘urta arxivlarini;
- Kutubxona axborot resurslari himoyasini ta’minlaydi, mualliflik xuquqini va
intelektual mulk xuquqini himoya qiladi, axborotlarni yo‘q bo‘lishini va
buzilishining oldini oladi;
- Foydalanuvchilarning mustaqil ravishda qidiruv o‘tkazishlariga (axborotlar
fazosida navigatsiya xizmatlari ko‘rsatish va o‘zining do‘stona interfeysi orqali)
yordam beradi.
Elektron katalog tarkibi
Kutubxonaning elektron katalogi, yagona katalog sifatida yoki hujjatlarning
ko‘rinishlariga qarab tuzilgan bir necha ma’lumotlar bazalari; «Kitoblar»,
«Dissertatsiyalar», «Davriy nashrlar», «Normativ hujjatlar» asosida tashkil
qilinishi mumkin.
Elektron katalogdan foydalanish va yuritish texnologiyasi
Kutubxonaning elektron katalogini yaratish va undan foydalanish quyidagi asosiy
tamoyillariga asoslanadi:
- EK tizimida foydalanilayotgan texnika vositalari va dasturiy taminotning ochik
harakterdaligi;
- Mamlakatimizdagi va chet ellardagi nashrlarning bibliografik tasvirlarni bir
marotaba kataloglashtirish va ulardan ko‘p marotaba foydalanish;
- Tizim ichki formatida standart kommunikativ formatlarda foydalanish va
bibliografik ma’lumotlarni import-eksport qilishga mo‘ljallangan konventorning
mavjudligi;
191
- EK tizimiga telekirish internet tarmog‘i, http va Z39.50 protokollari yordamida
bajariladi;
- Bibliografik ma’lumotlar bazasida axborotlar qidirish quyidagi belgilar: muallif
(yoki mualliflar), sarlavha, predmet rubrikasi, UDK va BBK indeksi, ochqich
so‘zlar, seriya nomi, nashr etilgan joy, nashr vaqti, hujjatning saqlanayotgan joyi
va boshqa bir qator belgilar asosda bajarilishi mumkin.
Elektron katalog bilan ishlash o‘z ichiga, kataloglashtirishning asosiy texnologik
jarayonlarini:
- Hujjatlarni kataloglashtirish;
- Ko‘p aspektli bibliografik qidiruv, chiqish formalarini (formulyar, kartochka,
ko‘rsatkich va boshqalarni) shakllantirishni oladi;
- Foydalanuvchi, elektron katalogdan olinayotgan natijalarni kompyuter ekranida
ko‘rishi, printerda bosib chiqarishi va disketga yozib olishi mumkin.
192
Do'stlaringiz bilan baham: |