Kutubxonashunoslik


“Dialektikaning inkorni inkor



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

“Dialektikaning inkorni inkor
qonuni”
ga muvofiq obyektiv 
voqelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonida eskining yangi 
tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq eskilik butunligicha inkor 
qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. Rivojlanish burama 
shaklda, ma’lum nisbiy takrorlanishlar asosida, oddiydan murakkabga, 
pastdan yuqoriga qarab boradi. 
Dunyoda hech bir sohada o‘zining ilgarigi yashash shakllarini inkor 
etmaydigan rivojlanish sodir bo‘lishi mumkin emas. Har bir jarayon 
inkor qilish jihatiga ega. Ichki ziddiyatlar tufayli taraqqiyot jarayoni 
ertami - kechmi eski narsaning yemirilishiga va yangi narsaning vujudga 
kelishiga olib keladi. Bu yangi narsa eskining o‘rnini egallab, undagi 


40 
ijobiy narsalarni saqlab qolgan holda yanada yuksakroq, ilg‘or holatni 
ifodalaydi. Shunday qilib, taraqqiyot bir-birini almashtirib turadigan 
bosqichlardan iborat bo‘lib, bir bosqich ikkinchi bosqich tomonidan, 
ikkinchisi esa uchinchisi tomonidan inkor etiladi. 
Kutubxonashunoslikning tarixi, hozirgi holati va istiqbolini, 
mashhur faylasuf V.F.Gegel tomonidan yaratilgan rivojlanish uchligi: - 
tezis - antitezis (qarshitezis) - sintez qonun asosida ko‘rishimiz mumkin. 
Zamonaviy kutubxonashunoslik fanimiz - bu taxminan 1917 yildan 1990 
yillargacha bo‘lgan kutubxonashunoslikning antitezisidir. Ertami, 
kechmi u sintez bosqichi bilan almashadi va axborot - kutubxona 
faoliyatida chuqur o‘zgarishlarga olib keladi. Kelgusidagi rivojlanish 
bosqichlari hozirgi g‘oyalarni inkor qilish asosida yangi g‘oyalarni 
yaratadi. Lekin bu g‘oyalar, yangi sifat o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, dialektika qonunlari kutubxonashunoslikning nafaqat 
tarixi, hozirgi holati va istiqbolini tushuntirib beribgina qolmasdan, uni 
yanada ratsional rivojlantirishga undaydi. 
Metodologik nuqtai nazardan kutubxonashunoslik uchun falsafiy 
kategoriyalar, ham muhim ahamiyatga ega. Falsafiy kategoriyalari - 
obyektiv dunyo eng umumiy qonunlar taraqqiyotining in’ikosidir. 
Barcha falsafiy kategoriyalar obyektiv dunyo qonunlari in’ikosi bo‘lgani 
uchun obyektiv mazmunga egadir; 
Falsafiy kategoriyalar eng umumiy tushunchalar sifatida inson fikri 
shakllari bo‘lib, shu taxlitda ular mantiqiy mazmunga ham egadirlar. 
Kategoriyalarning mazmuni deganda, inson tafakkurining narsa va 
hodisalar mohiyatiga kirib borishi, uning chuqurlashuv darajasi ko‘zda 
tutiladi.
Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishda muhim metodologik vazifani 
bajaradi. Obyektiv dunyo hodisalarining eng umumiy qonunlari 
harakatini o‘rganib, bir tomondan, narsalarning mohiyatini chuqurroq va 
to‘laroq bilishga yordam beradi, ikkinchi tomondan, obyektiv dunyodagi 
narsa va hodisalar haqida yangi bilimlar olishga va to‘plashga sabab 
bo‘ladi.
Shuningdek, ular tashqi olamdagi narsa va hodisalarni to‘g‘ri aks 
ettirganliklari hamda ularni o‘zaro bog‘liq va rivojlanishda deb 
bilganliklari uchun bilish harakatining eng umumiy usuli vazifasini 
bajaradi. 
Falsafiy kategoriyalar faqat mavjud narsalar haqidagina emas, balki 
kelajakda mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalar haqida ham axborot 
beradi. Shu asosda ular yangi bilimlarni egallash manbai bo‘lib xizmat 


41 
qiladi. Bularning hammasi dialektik materializm kategoriyalari 
o‘zlarining gneseologik tabiatiga ko‘ra bevosita amaliyotga aylanishi 
mumkinligini isbot qiladi; 
Falsafiy kategoriyalarining shakllanishi va rivojlanishi asosida inson 
moddiy, hissiy faoliyatining yig‘indisi bo‘lgan amaliyot yotadi. Bu erda 
inson nazariy va amaliy faoliyatining birligi yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Ba’zi bir 
falsafiy kategoriyalarga
to‘xtalib o‘tamiz: 
Yakkalik 
- alohida sifat va miqdor aniqligiga ega bo‘lgan narsa, 
hodisa va jarayondir. 
Umumiylik 
- deganda obyektiv reallikning barcha narsa yoki 
hodisalardagi obyektiv mavjud bo‘lgan xossalar va belgilarning majmui, 
ular o‘rtasidagi aloqa munosabatlarning o‘xshashligi tushuniladi; 
Xususiylik
- shunday narsa yoki hodisalar guruhidirki, ular ma’noda 
umumiy bo‘lsa-da, lekin undan ham umumiyroq ma’noda boshqa bir 
guruhga kiradi va bu guruhda u alohidalik u yakkalikdir, butunning 
qismidir.
Mohiyat 
- hodisaning ichida yashiringan moddiy olamning turli-
tuman hodisalarida yuz beradigan chuqur nisbiy barqaror aloqalarni 
ifodalaydigan voqelikning ichki tomonidir. 
Hodisa
- mohiyatning u yoki bu holda uchratilishini ifodalovchi 
obyektiv voqelikning o‘zgaruvchan, harakat xususiyatlariga, belgilariga 
boy bo‘lgan tomonidir. Narsalarning mohiyatiga singib borish narsa va 
hodisalar rivojlanishining qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi. 
Qonuniyat
- yakka qonunlar majmuasidan iborat bo‘lib, voqelikdagi 
narsa va hodisalar jarayonlarining umumiy rivojlanish yo‘nalishlarini 
belgilaydi. Shuning uchun ham tabiat va jamiyat taraqqiyoti 
qonuniyatlarini bilish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, 
qonunlarni 
bilish 
kishilarning 
maqsadga 
muvofiq 
faoliyatining asosidir, u hozirda ro‘y berayotgan voqealarni chuqurroq 
tushunishga va ularning kelajakdagi rivojlanishi yo‘nalishlarini oldindan 
ko‘ra bilishga yordam beradi. 
Mazmun 
- muayyan narsa va hodisalarni tavsiflovchi ichki 
elementlar va o‘zgarishlarning majmuidan iborat.
Shakl
esa mazmunni ifodalash usuli, tashkil etuvchisidir. Masalan, 
atomning mazmuni shuni tashkil etgan - elementar zarrachalar va 
ularning harakatidan, atomning shakli esa bu elementar zarrachalarning 
joylashish tartibi va tuzilmasidan iborat. 
Element (tarkibiy qism)
- bu o‘zaro aloqada bo‘ladigan bir butun 
tizimni tashkil etuvchi narsa va hodisalarning tarkibiy qismi. Narsaning 


42 
tuzilish, butunni tashkil qilgan elementlarning bog‘lanish usuli, qonuni, 
doirasidagi munosabatlar tizimidir. Tuzilish tushunchasi tizimning 
turg‘unligini, turli tashqi va ichki jarayonlarga nisbatan buzilmasligidir. 
Kutubxonashunoslikning 
xususiy 
metodologiyasi 
kutubxo-
nashunoslikning o‘z tamoyillari va axborot-kutubxona faoliyatini tashkil 
etish va faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlarini qayd etib o‘tadi. 
Kutubxonashunoslik tamoyillariga:
Bilimni, axborotni hamma uchun erkinligi;
Foydalanuvchilar qiziqishini ustunligi;
Axborot-kutubxona faoliyatini tizimliligi;
Axborot-kutubxona 
faoliyatida 
markazlashtirish 
va 
nomarkazlashtirishni birgalikda olib borilishi;
Axborot-kutubxona 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish 
va 
kooperatsiyalash;
Axborot-kutubxona faoliyatini davlat-jamoatchilik xarakteri;
Axborot-kutubxona tizimlarini shakllantirish qonuniyatlari; 
Axborot-kutubxona faoliyatini tizimli rivojlantirishning obyektiv 
xarakteri; 
Axborot-kutubxona muassasalarini birgalikdagi faoliyati - ularni 
shakllantirish va rivojlantirishning asosi sifatida;
Axborot-kutubxona tizimlarining dinamikligi va boshqalar.
Kutubxonashunoslikda 
muhim 
o‘rinni tushunchalar-terminlar 
egallaydi. Lekin kutubxonashunoslikning "Tushunchalar apparati" 
hozirga qadar to‘liq ishlab chiqilmagan, ba’zi qo‘llanilayotgan 
tushunchalarda aniqlik, mazmun, har doim ham tadqiqotchilar 
tomonidan bir xilda qo‘llanilmaydi. Masalan, “o‘qishga rahbarlik qilish” 
tushunchasi “muloqot” tushunchasi bilan, “g‘oyalashtirish”- “milliy 
g‘oya” bilan, “kitob-kitobxon-kutubxonachi”, “chop etilgan axborot-
foydalanuvchi - kutubxonachi” deb talqin etilmoqda.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish