212
2.65-rasm ma’muriy-maishiy binosini hajmiy – rejalashtirish echimlariga doir
misollar.
Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan maishiy xonalarni ham shu yo‘sinda qurilish
me’yorlari va qoidalari QMQ asosida loyihalanadi. Ma’muriy-maishiy binolarni
ko‘pincha sinchli turda loyihalanib, jamoat binolarida ishlatiladigan konstruktiv
elementlardan quriladi. Ular ikkinchi sinfga to‘g‘ri keluvchi
bino turiga mos keladi
(2.65-rasm).
- yopma - o‘rama ashyolar (ruberoid, karton, qog‘oz, shisha asosli o‘rama
ashyolar), asbotsement ashyolardan qilingan to‘lqinsimon yoki tekis listlar,
metalladan ishlangan yupqa tunukalar;
- tekislovchi qatlam, ya’ni o‘zidan pastda joylashgan qatlam ustini tekislovchi
asfalt yoki sement – qum qorishmasi suvalgan qatlam;
- issiq va sovuqdan himoyalovchi qatlam sochma yoki plita ko‘rinishida
bo‘lib, ko‘pik beton, keramzibeton, mineral g‘ovak va hakozolardan iborat bo‘ladi;
- bug‘dan himoyalovchi qatlam – karton qog‘oz (pergamin), ruberoid yoki
bitum mastikasidan qilinadi;
- o‘zidan yuqorida joylashgan tom yopmasi elementlarini ko‘taruvchi
temirbeton nastillar (2.34-rasm) kabi elementlar kiradi.
Tom yopmalari og‘ir ekspluatatsiya sharoitlari, ya’ni ishlatish davomida har xil
atmosfera ta’siri ostida bo‘lganligi uchun ham uning mustahkamligi,
uzoq vaqt
ishlatishi ko‘pincha chegaralanib qoladi. SHuning uchun ham tom yopmasi
ashyolarini va konstruksiyasini tanlashda qurilish me’yor va qoidalariga (QMQ)
qat’iy amal qilinishi talab etiladi.
Tom yopmasi ashyosi engil, uzoq vaqt ekspluatatsiya qilinishiga mo‘ljallangan,
o‘rnatilishi va ta’mirlanishi oson, deformatsiyalanish talablariga
213
javob beruvchi, o‘tga chidamli bo‘lishi va o‘rnatilgada tom nishobini
kamaytirishga olib keluvchi bo‘lishi kerak.
Keyingi paytda qurilishda yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan
profillangan po‘lat nastillar (qalinligi 1mm bo‘lgan ruxlangan tnukalar oralariga
50mm qalinlikda penoplast yoki penopolistriol qo‘yilib ishlangan) keng ko‘lamda
qo‘llanilmoqda. Bunday nastillarning balandligi 80mm, eni 600mm
uzunligi esa
12mgacha bo‘ladi.
Bunday nastillarni qo‘llash natijasida temirbeton nastillarni qo‘llashdagiga
nisbatan mehnattalablik 25-40% ga kamayadi (2.31-rasm).
YOpmalarni yirik elementlardan (plastmassa asosida hosil qilingan panellardir)
tayyorlash samarali hisoblanadi. Bular asbotsementli va alyuminiy-plastmassali
panellardir. Misol uchun shamollatiladigan tomlarni (qurishda) o‘rnatishda
ishlatiladigan asbopenoplastli panellarni o‘lchamlari 165x6,0m: balandligi 300mm
bo‘ladi. Ularni zavodlarda 4 ta bo‘ylama asbotsement shvellerlari, uchta ko‘ndalang
asbotsement diafragmalarni va ikkita qalinligi 10mm silliq listlarni hamda qalinligi
50-100mm bo‘lgan izolyaziya ashyolarini birgalikda yig‘ib hosil qilinadi (2.32-rasm).
Sanoatda chiqarilayotgan mahsulot turlarining ko‘rinishi 250 tagacha bo‘lgan
ishlab chiqarish tarmoqlari va guruhlarini tashkil etadi. SHuning uchun ham sanoat
binolarining turlari va ko‘rinishlari juda katta diapozonga ega bo‘ladi.
Bunday ishlab chiqarish binolarini rejalashlarni ikki turga ya’ni alohida yoki
yoppasiga joylashuvchi sanoat binolari kabilarga ajratiladi.
Birinchi turdagi binolar ko‘proq kichik quvvatga ega bo‘lgan
korxonalarda
uchraydi. Bunda kamchilik sifatida, katta maydondagi qurilish, muxandislik va
transport tarmoqlarining uzayib ketishi, obodonlashtirish
ishlari hajmining oshib
ketishi, ishlab chiqarishda ketma-ketlik usulini qo‘llab bo‘lmaslik kabilarni keltirish
mumkin.
Hozirgi zamon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, Ishlab chiqarishni bir turdagi va
boshqa turdagi hamda boshqa hil texnologik jarayonlarini bitta binoda yig‘ish
maqsadga muvofiqdir.
Binolarni
blokirovkasi
texnologik
dastgohlarni
ko‘p variantlarda
o‘rnashtirishga imkon berib, korxona maydonini 30-40% kamaytirishga olib keladi,
tashqi devor parametrlarini 50% qisqartiradi, bino tannarxini 15-20%
kamaytiradi,
muxandislik transport tarmoqlarini va korxona xududini obodonlashtirish ishlarini
birmuncha qisqartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: