Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana17.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#816365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
islom dinining orta osiyoga yoyilishi va uning mintaqa manaviyatiga tasiri

-
 
mustаqil O`zbеkistоndа din, diniy tаshkilоtlаr dаvlаtdаn аjrаtilgаn, dingа 
e‟tiqоd qilish yoki qilmаslik hаr bir kishining shахsiy ishi ekаnligi tаlаbаlаrgа 
tushuntirilаdi. Din mа‟nаviy mаdаniyatning tаrkibiy qismlаridаn biri sifаtidа uni 
siyosiylishtirishgа yo`l qo`ymаslik lоzimligini uqtirish kursning аsоsiy vа muhim 
vаzifаlаridаn biridir.
 
 


I.BOB. ISLOM DINING O’RTA OSIYOGA YOYILISHI VA UNING 
MINTAQA MA’NAVIYATIGA TA’SIRI 
 
1.1.
 
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. 
 
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E‟tiqod qiluvchilari soni 
jihatidan esa hristianlikdan keyin ikkinchi o‟rinda turadi. Hozirda Islom diniga 
e‟tiqod qiluvchilar soni qariyib 1 milliard 200 million kishini tashkil etadi. Yil 
sayin bu dinga e‟tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. 
Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya 
Arabistonida) paydo bo‟lgan. 
Islom- arabcha so‟z bo‟lib, mazmuni bo‟ysunish, itoat etish, o‟zini Olloh 
irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e‟tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- 
“Islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko‟pligi “musulmon” deb 
ataladi. Bu so‟z hozir o‟zbeklarda – musulmon, qirg‟iz va qozoqlarda – 
musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi. 
Umumiy tarzda, Islom – Olloh yagona degan e‟tiqod bilan unga 
bo‟ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan ihlos qilmoqlik va Olloh 
buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir. 
Islomning paydo bo‟lishi VI asr ohirgi – VII asr boshlarida Arabiston yarim 
orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma‟naviy hayot bilan bog‟liq holda 
ro‟y bergan. 
Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug‟larga bo‟linib ketgan bo‟lib, ular 
o‟rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‟y berib turadi. 
Ikkinchidan bu davrda Arabistonda ko‟p Hudolilik dinlari mavjud 
bo‟lgan.Asosan fetishizm – turli sanamlarga sig‟inish hukmronlik qiladi. Har bir 
qabilaning o‟z dini sanami bo‟lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni 
Arablar vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib turishgan. Uchinchidan bu davrda Arab 
qabilalari o‟rtasida Johiliya – bilimsizlik holati, jaholat hukmronlik qilardi. Y‟ani 
arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi.
Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e‟tiqodlari ham, xatti- harkatlari ham 
buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg‟usi yoqolgan edi. fohishalik bir kasbga 
aylangan edi. Ayollarga hayvonlardek muomala qilinardi. Go‟dak qizlarni 
tiriklayin ko‟mish odati kabi yomon illatlar bo‟lgan. 
Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, ahloqsizlik, 
zo‟ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o‟sha davrni haqli ravishda 
Johiliya davri deb atagan va undan qutilishning najot yo‟li kerak edi. 
Bunday holatlarga, ayniqsa bo‟linib ketgan Arab qabilalari o‟rtasidagi o‟zaro 
nizo va urushlarga barham berish uchun siyosiy,iqtisodiy, ma‟naviy jihatdan 
birlashgan yagona Arab davlatini vujudga keltirishni davr taqazo etmoqda edi. 
Bunga esa yagona Hudoga e‟tiqod qilish orqali erishish mumkin bo‟lar edi.
Bu davrda Islomning paydo bo‟lishi uchun g‟oyaviy muhit ham yetilib 
borayotgan edi. Chunonchi haniflar – chinakam e‟tiqod qiluvchilar, haqiqat 
izlovchilar diniy harakati bunga yaqqol misol bo‟la oladi. Haniflar Arab 
qabilalarini birlashitirish jarayonining g‟oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka 


hudoga ishonishini va ko‟p hudolikka e‟tiqod qilishdan voz kechishni targ‟ib 
qilardilar. Haniflar o‟z targ‟ibotlarida Arablarni og‟ir ahvoldan qutqarish uchun 
haloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida habar tarqatib, uni sabr bilan 
kutib turish lozimligini uqtirardilar. 
Shunday qilib bu davrda Arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni 
vujudga keltirish, yakka hudolikka o‟tishga hijoz arablari ma‟lum ma‟noda tayyor 
edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‟z faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan 
asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islom dinining asoschisi 
Muhammad (s.a.v.)dir. Muhammad (s.a.v.) har tomonlama barkamol inson 
bo‟lganlari u zotning shahsiy fazilatlari tufayli hijozliklarning harakati o‟ziga hos 
hususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch Islomning vujudga 
kelishini eng muhim tarihiy voqealaridan biriga aylantirildi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish