2xx javoblar so‘rov muvaffaqiyatli qayta ishlanganligini bildiradi. Hozirgi
vaqtda barcha 2xx turdagi javoblardan faqat bittasi 200 OK aniqlangan.
Uning
qiymati u qaysi so‘rovga javob berishiga bog‘liq bo‘ladi:
-
INVITE so‘rovga 200 OK javob chaqiriladigan qurilma aloqa seansida
qatnashishga rozi ekanligini bildiradi. Javobning tanasida bu qurilmaning
funksional imkoniyatlari ko‘rsatiladi;
-
BYE so‘rovga 200 OK javob aloqa seansi tugaganligini bildiradi,
javob
tanasida hech qanday ma’lumot bo‘lmaydi;
-
CANCEL so‘rovga 200 OK javob qidirishni bekor qilinishini bildiradi, javob
tanasida hech qanday ma’lumot bo‘lmaydi;
-
REGISTER so‘rovga 200 OK javob ro‘yxatdan o‘tkazish muvaffaqiyatli
o‘tganligini bildiradi;
-
OPTION so‘rovga 200 OK javob qurilmaning funksional imkoniyatlari haqida
ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi, bu ma’lumotlar javobning tanasida
bo‘ladi.
-
Zxx
javoblar
chaqiruvchi
foydalanuvchi qurilmasini chaqiriladigan
foydalanuvchining yangi joylashish o‘rni haqida xabardor qiladi yoki yangi
Chaqiruv uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni tashiydi:
-
300 Multiple Choices javobda chaqiriladigan foydalanuvchini topish mumkin
bo‘lgan bir necha SIP-manzillar ko‘rsatiladi va
chaqiruvchi foydalanuvchi
uchun ulardan birini tanlash taklif qilinadi;
-
301 Moved Permanently javob chaqiriluvchi foydalanuvchi so‘rovda
ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha endi u erda emas va so‘rovlarni Contact
maydonida ko‘rsatilgan manzilga yuborish kerakligini bildiradi;
-
302 Moved Temporary javob foydalanuvchi vaqtincha (vaqt oralig‘i Expires
maydonda
ko‘rsatilishi mumkin) Contact maydonida ko‘rsatilgan
manzildaligini bildiradi.
-
4xx javoblar so‘rovda xatolik aniqlanganligini bildiradi. bunday javob
olinganidan keyin foydalanuvchi o‘sha so‘rovni
uni modifikatsiyalamasdan
uzatmasligi kerak:
-
400 Bad Request javob undagi sintaksik xatoliklar mavjudligi tufayli so‘rov
tushunarsiz ekanligini bildiradi;
-
401 Unauthorized javob so‘rov foydalanuvchini autentifikatsiyalash
protsedurasining o‘tkazilishini talab qiladi. Turli autentifikatsiyalash
variantlari mavjud va javobda bu holda ulardan qaysi birining ishlatilganligi
ko‘rsatilishi mumkin;
-
403 Forbidden javob server so‘rovni tushungan, lekin unga xizmat ko‘rsatishni
rad etganligini bildiradi. Takroriy so‘rovni yuborish kerak emas. Sabablar turli
xil bo‘lishi mumkin, masalan, bu manzil so‘rovlariga xizmat ko‘rsatilmaydi va
h.k.;
-
485 Ambiguous javob so‘rovdagi manzil chaqiriladigan
foydalanuvchini
aniqlamasligini bildiradi;
-
486 Busy Nere javob chaqiriluvchi foydalanuvchi hozirgi momentda bu manzil
bo‘yicha kiruvchi chaqiruvni qabul qila olmasligini bildiradi. Javob
foydalanuvchi bilan boshqa manzil bo‘yicha bog‘lanish imkoniyatini inkor
qilmaydi, misol uchun, nutq pochta qutisida xabar qoldirish mumkin.
-
5xx javoblar so‘rov serverning rad etishi tufayli qayta ishlanishi mumkin
emasligini xabar qiladi:
-
500 Server Internal Error javob server ichki xatolik tufayli so‘rovga
xizmat
ko‘rsatish imkoniyatiga ega emasligini bildiradi. Mijoz bir qancha vaqtdan
keyin so‘rovni takroran yuborishga urinishi mumkin;
-
501 Not lmplemented javob severda bu so‘rovga xizmat ko‘rsatish uchun zarur
bo‘lgan funksiyalar ishlatilmasligini bildiradi. Javob, masalan, server so‘rov
turini taniy olmaydigan hollarda uzatiladi.
-
502 Bad Gateway javob shlyuz yoki proksi-server sifatida ishlaydigan server u
so‘rovni yuborgan serverdan noto‘g‘ri javobni olganligi haqida xabardor qiladi;
-
503 Service Unavailable javob server o‘ta yuklanish yoki texnik xizmat
ko‘rsatilishini o‘tkazilishi tufayli bu momentda chaqiruvga xizmat ko‘rsata
olmasligini bildiradi.
-
6XX javoblar chaqiriladigan foydalanuvchi bilan bog‘lanishni o‘rnatish
mumkin emasligi haqida xabardor qiladi:
-
600 Busy Everywhere javob chaqiriladigan foydalanuvchi band va hozirgi
momentda undagi manzillardan hech biri bo‘yicha
chaqiruvni qabul qila
olmasligi haqida xabar qiladi. Javob foydalanuvchini chaqiruv uchun to‘g‘ri
keladigan vaqtni ko‘rsatishi mumkin;
-
600 Decline javob chaqiriladigan foydalanuvchi kiruvchi chaqiruvni qabul qila
olmaydi yoki qabul qilishni xohlamayotganligini bildiradi. Javobda
foydalanuvchini chaqiruv uchun to‘g‘ri keladigan vaqt ko‘rsatilishi mumkin
-
600 Does Not Exist Anywhere javob chaqiriladigan foydalanuvchi mavjud
emasligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: