4-ma’ruza. Tadqiqotlarning nazariy va empirik usullari reja: 1



Download 292,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.07.2022
Hajmi292,57 Kb.
#815311
  1   2   3


4-MA’RUZA. TADQIQOTLARNING NAZARIY VA EMPIRIK USULLARI
Reja: 
1.
Ilmiy tadqiqotlarda empirik usullar. Kuzatish, taqqoslash, o‘lchash, tajriba, 
so‘rov, anketalash, testlar, suhbat, intervyulash, sotsiometrik usullar. 
2.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotning analitik usullarini shakllari. Tasnifiy tahlil, 
munosabatlar tahlili, kazual (tasodifiy) tahlil, tarkibiy tizimli tahlil. 
3.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotning sintezi shakllari. Induktiv va deduktiv 
usullar, modellashtirish, formallashtirish, qiyosiy-tarixiy, matematik usullar 
Empirik uslublar
empirik ma’lumotni yig‘ish vositasi va empirik bilimlarni 
yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Empirik materiallar va bilimlarning ko‘pligi 
quyidagilarga bog‘liq: birinchi navbatda, tadqiqotchini o‘rab turgan empirik 
muhitga, u faqat bir-biridan farqli turli xildagi yagona hodisalar bilan shug‘ullanadi, 
ularni tushunish empirik bilimning dastlabki materialini tashkil qiladi. Ya’ni, ilmiy 
tadqiqot ob’ekti turli hodisalar yoki hodisalar to‘plamlari bo‘lishi mumkin. 
Ikkinchidan, turli-tumanlik, yuqorida aytib o‘tilganidek, tadqiqot ob’ektining turli 
tadqiqotchilar uchun turli xil bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq. Tadqiqot predmeti 
bilan ham xuddi shunday: o‘rganilayotgan hodisa (empirik ob’ekt) tadqiqotchi 
uchun faqatgina o‘zining alohida tomonlari va xususiyatlarining to‘plami sifatida 
ochiladi, bu esa u yoki bu tadqiqotchiga tadqiqot predmeti sifatida u yoki bu hodisani 
tanlashga imkon beradi. Bu yana bir bor ob’ektning bir xil bo‘lishiga qaramasdan, 
empirik bilimning tarkibining turlicha bo‘lishini ko‘rsatadi. Uchinchidan, ko‘pgina 
olim-pedagoglar empirik usullarni yaratishda ijodiy yondashish va tasavvur etish 
zarurligini ta’kidlaydilar, bu ham xilma-xillikka olib keladi. 
SHunday qilib, empirik materiallarning xilma-xilligi, tadqiqot uchun 
ajratilgan empirik tomonlarining xilma-xilligi va tadqiqot usulini yaratishning 
xilma-xilligi - bularning barchasi empirik usullar bilan olingan natijalarning xilma-
xilligini keltirib chiqaradi. 
Empirik usullarga: kuzatuv, taqqoslash, o‘lchash, tajriba, so‘rov, anketalash, 
testlar, suhbat, itervьyulash, sotsiometrik usullar kiradi. 
Kuzatuv
insonning sezgi organlari va uning moddiy faoliyatiga asoslanadigan 
faol bilish jarayonidir. Bu, odatda, boshqa empirik uslublar tarkibidagi 
elementlardan biri sifatida ishtirok etadigan eng oddiy usuldir. 
Kundalik hayotda va ilm-fanda kuzatuvlar sub’ektlarning irodasi, his-
tuyg‘ulari va xohishlariga bog‘liq bo‘lmagan natijalarga olib kelishi kerak. 
Keyinchalik nazariy va amaliy harakatlarning asosi bo‘lish uchun ushbu kuzatishlar 
bizga real mavjud narsalar va hodisalarning ob’ektiv xususiyatlari va munosabatlari 
to‘g‘risida ma’lumot berishi kerak. 
Samarali bilish usuli bo‘lish uchun kuzatuv bir qator talablarni qondirishi 
lozim, ularning eng asosiylari quyidagilar: 1) rejalilik, 2) maqsadga muvofiqlik, 3) 
faollik, 4) tizimlilik. 
Kuzatuv bilim vositasi sifatida borliq haqidagi birlamchi ma’lumotni 
jamlovchi empirik fikrlar shaklida beradi. 
Taqqoslash
- bilishning eng keng tarqalgan usullaridan biridir. "Har bir narsa 
taqqoslashda bilinadi" degan fikr bejiz emas. Taqqoslash bizga mavjud narsalar va 


hodisalarning o‘xshashligi va farqini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslash 
natijasida, ikkita yoki bir nechta ob’ektga xos bo‘lgan umumiylik aniqlanadi. 
Ma’lumki, hodisalardagi umumiylikni, takrorlanishlarni aniqlash qonuniyatlar va 
qonunlarni bilish yo‘lidagi bir qadamdir. 
Taqqoslash samarali bo‘lishi uchun, u ikki asosiy talabni qondirishi kerak. 
Birinchi talab: taqqoslanishi kerak bo‘lgan hodisalar o‘rtasida ma’lum bir ob’ektiv 
umumiylik mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchi talab: ob’ektlarni bilish uchun ularni 
taqqoslash eng muhim, ahamiyatli jihatlariga ko‘ra (aniq bir bilish vazifasi bo‘yicha) 
amalga oshirilishi kerak. 
Taqqoslash yordamida ob’ekt haqida ma’lumot ikki xil usulda olinishi 
mumkin. Birinchidan, bu taqqoslashning bevosita natijasi sifatida ko‘rsatilishi 
mumkin. Ikkinchidan, ko‘pincha birlamchi ma’lumotlarni olish taqqoslashning 
asosiy maqsadi bo‘lmaydi, uning maqsadi dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash 
natijasida ikkilamchi yoki xosilaviy ma’lumotni olishdir. Bunday qayta ishlashning 
eng keng tarqalgan va eng muhim yo‘li - bu o‘xshashlik bo‘yicha xulosa qilishdir. 

Download 292,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish