o’chirish,yaratiladigan hujjatlar saqlanadigan manzilni o’zgartirish tugmalari ham
shu yerda joylashgan.Oxirgi User profiles bo’limida esa tegishli foydalanuvchiga
doir imkoniyatlarni o’zgartirish, yangi foydalanuvchi yaratish, tarmoq bilan ishlash
uchun foydalanuvchi ko’rinish sohalarini aniqlash,monitorni tarmoq uchun moslash
kabi amallar uchun maxsus tugmalar(masalan:Concurrent License Monitor …)
joylashgan.Barcha sozlashlar bajarilgandan so’ng oynaning chap pastki qismidagi
Show this Wizard Next Time tanlagichi orqali dasturning keyingi yuklanishida bu
oyna ko’rinish yoki korinmasligini tanlash mumkin.Endi OK tugmasini bossak
quyidagi ochiladi.
1.2.3-chizma.Winedt 6 asosiy oynasi
Bu oyna Winedt 6 ning bosh oynasidir.Bu oyna Wiindows oynalari bilan
deyarli bir xil, ya’ni menyular bo’limi, uskunalar paneli, ishchi soha, holat satridan
iborat.Oyna chap tomonida joylashgan panel esa hujjatda ishlatilagan maxsus
bog’lanishlarni va boshqa xususiyatlarni ko’rsatish va o’zgartirish
uchun xizmat
qiladi.
Winedtning menyular qatori quyidagi bo’limlardan tashkil topgan.
Ular bo’limga qarab turli vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi.Menyu
bo’limlari Latexda ishlashni avtomatlashtirish bilan birga bir qator imkoniyatlar
beradi.Masalan dastur istalgan qismi natijasini oldindan ko’rish,kerakli qismni
tahrirlash va h.k.
Uskunalar paneli ishni tez va sifatli bajarish uchun mo’ljallangan
bir necha
uskunalardan iborat.
Bunda uskuna piktogramma(rasmcha)siga qarab yoki sichqonchani shu
piktogramma ustiga keltirib , piktogramma haqidagi
izoh orqali nima vazifani
bajarishini aniqlash mumkin.Ko’pchilik uskunlar paneli bilan ishlashini hisobga
olsak , bu qism oynaning eng asosiy qismlaridan ekanligini ko’rishimiz mumkin.Bu
panelning imkoniyatlaridan yana biri bu Latex asosiy buyruqlar ro’yhati va har bir
belgining ASCII kodlash sistemasidagi va O’n oltilik sanoq sistemasidagi kodini
ko’ratishidir.Bu
jadvallarni
va piktogrammalar orqali uskunlar paneliga
qo’shish mumkin.Latex asosiy buyruqlar ro’yhati quyidagicha:
Bu qism ham kerakli bo’limlarga ajratilgan bo’lib kerakli bo’limni tanlash
orqali tegishli buyruqni kiritish mumkin.Bunda sichqoncha chap tugmasini kerakli
piktogramma ustida bir marta bosish orqali piktogrammada ko’rsatilgan holatni aks
ettiruvchi buyruq ishchi sohadagi kursor turgan joyga yoziladi.
Belgilar kodlari jadvali esa quyidagicha:
Bu panel asosan Latexning maxsus belgilarini
kiritishda va klaviaturada
bo’lmagan boshqa belgilarni kiritishda, shuningdek Latexning belgilar kodlari bilan
ishlaydigan buyruqlarida foydalaniladi.
Keyingi qism ishchi soha bo’lib unda hujjat matni yoziladi.Menyular va
uskunlar panelidagi barcha amallar shu yerda o’z aksini topadi.Uning umumiy
ko’rinishi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: