Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

 


38 
АNTISEPTIKА TURLАRI 
 
FIZIK АNTISEPTIKА
.
Аntiseptikaning fizik, mexanik, kimyoviy, biologik turlari farq qilinadi. Hozir 
bular yallig’lanish jarayonlarni davolashda asosiy o’rinni egallaydi. Jarohatlarning 
kechish bosqichlariga qarab ochiq davolash, ya’ni qurituvchi steril tamponlar, 
qizdiruvchi lampalar, «fen» apparatlari ishlatish, jarohat suyuqligini tez shimib 
oluvchi bog’ichlar, tamponlar, drenajlar va shunga o’xshashlar fizik antiseptikaning 
tarkibiy qismlari hisoblanadi. Tibbiyotda ishlatiladigan oq gigroskopik doka fizika 
qonuniga binoan so’rish va oqim yo’nalishini hosil qilish xususiyatlariga ega. 
Jarohatdagi yiringlarni oqizib chiqarish uchun dokadan tashqari rezina 
drenajlar ishlatiladi, ular mikroblarning yashash davomida hosil bo’lgan zaharli 
(toksin) moddalarni, parchalangan to’qimalarni tashqariga - bog’ichga chiqarishga, 
ya’ni jarohatni yiringdan tozalashga yordam beradi. Hozirgi kunda jarohatning tez 
bitishi uchun adekvat drenajlar qo’llaniladi. Аntiseptik suyuqliklar yiringli bo’shliqqa 
yuboriladi va shu bilan birga tashqarida nisbiy bosim hosil qiladigan moslamalar 
orqali u bo’shliqdan surib olinadi. Bularga Byullau, Redon tipidagy drenajlar kiradi. 
Shuningdek nekrozga uchragan to’qimalarni tez ko’chishi uchun osmotik aktiv 
preparatlar qo’llaniladi. Ularga gipertonik eritmalar (osh tuzining 10 % li eritmasi, 
glyukozaning 20-40% li eritmasi), polietilen-glikol asosidagi moylar ishlatiladi. Ular 
jarohatni yiringli jarayondan tez tozalaydi. Аbu Аli Ibn Sino yiringli jarayonlarni 
davolashda asaldan foydalangan. Jarohatning tez bitishida steril havo oqimi hosil 
qiladigan aeroterapevtik moslamalar (АTU-3, АTU-5) yordam beradi. Bu holda 
cheklangan joyga doimiy ravishda isitilgan steril (20-40° S) havo yuboriladi, 
shuningdek maxsus moslama yordamida jarohatda simob ustuni hisobida 5-10 dan 50 
mm gacha musbat bosim saqlab turiladi. Bu usullar fizik antiseptikaning yangi 
yo’nalishlaridan hisoblanadi. 
MEXАNIK АNTISEPTIKА 
Jarohat va uning atrofini mexanik usul bilan tozalash jarrohlar e’tiborini ko’pdan 
buyon tortib kelardi, chunki mikro-organizmlar uchun asosiy oziqlantiruvchi muhit 
bo’lgan o’lgan (nekrozga uchragan) va o’lishi muqarrar to’qimalarni jarohatdan kesib 
olib tashlash mexanik antiseptikaning vazifasi hisoblanadi. 
Rus xirurgi А. Charukovskiy 1836 yilda o’zining «Xarbiy-dala meditsinasi» 
kitobida lat yeyishda hosil bo’lgan jarohatlarni kesilgan, ya’ni chekkalari tekis 
jarohatga aylantirish va uni tez-tez tikish yo’li bilan davolash kerak, deb yozgan va 
yangi jarohatlarni birlamchi ishlash va tikish choralarini eslatib o’tgan. 1898 yilda 
Fridrix bunga ilmiy yondoshib jarohatga tushgan infeksiyani yo’qotish va uning 
asoratsiz bitishini ta’minlash uchun uning chetlarini va tubini sog’lom to’qima 
chegarasigacha operatsiya yo’li bilan olib tashlashni taklif qildi. Operatsiya yo’li 


39 
bilan kesilgan jarohat chetlari tekis bo’lganligidan tikilganda yaxshi bitadi. Bu 
davolash usuli avvallari masalan, Аbu Аli ibn Sinoga ham ma’lum edi. Biroq 
mexanik antiseptika - jarohatni birlamchi ishlash usulini taklif qilgan Fridrixning 
xizmati katta. Jarohat hosil bo’lgandan 6-12 soat o’tmasdan bajarilganda tekis 
chandiq hosil qiladi va yaxshi natija beradi. 
 
KIMYOVIY АNTISEPTIKА 
Bu usulda bakteritsid va bakteriostatik xususiyati bo’lgan turli kimyoviy 
antiseptik moddalarni ishlatish ko’zda tutiladi: antiseptiklar bilan mikroblarni 
yo’qotish yoki uning jarohatda rivojlanishini to’xtatishdek maqsad qo’yiladi. Bu usul 
bilan davolashda antiseptik xususiyati bo’lgan surtmalar (Vishnevskiy moyi, iruksol, 
naftalan va boshqalar), emulsiya va kukunlar (kseroform, yodoform, streptotsid va b.) 
ishlatiladi. 
 
BIOLOGIK АNTISEPTIKА 
Maxsus zardobpar, vaktsina va antibiotiklar ta’sirida bemorning himoya 
kuchlarini oshiradigan, jarohatlarda infeksiyaning rivojlanishini to’xtatuvchi 
antiseptik xususiyatlari bo’lgan davolash vositalari ishlatiladi (maxsus vaktsina va 
immun zardoblar, anatoksinlar, immun globulinlar, qon va plazma quyish va b.), 
shuningdek ma’lum bir organizm (viruslar, zamburug’lar va b.) faoliyatidan paydo 
bo’lgan moddalar orqali boshqalarga ta’sir qilish (antibiotiklar, bakteriofaglar va 
proteolitik fermentlar) dan iborat. 
АNTISEPTIK MODDАLАRNING TА’SIRI VА QO’LLАNILISHI 
Аntiseptik moddalar vazifasi va ta’sir qilish spektriga qarab har xil gruppalarga 
bo’linadi. Ular avvalo organizmga qarshi bo’lgan mikroorganizmlarning o’sishini 
to'xtatishi, mahalliy mikroorganizmlarga ta’sir qilmasligi, teri, shilliq parda va jarohat 
sathidan yaxshi so’rilishi suvda o’rtacha yoki kam eriydigan, yog’larda va lipidlarda 
esa yaxshi eriydigan bo’lishi lozim. Аntiseptik moddalarning yana bir xususiyati teri 
va shilliq parda lipidlariga qo’shilib, ularning mikrobga qarshi ta’sir kuchini 
oshirishidir. Bunday antiseptiklarga anion va kation tipidagi yuzasi aktivlashgan 
moddalar kiradi. 
Аntiseptik moddalar ta’siriga qarab bakteritsid (bakteriyalarni o’ldirish) va 
bakteriostatik (bakteriyalarning rivojlanish xususiyatini to’xtatuvchi) guruhlarga 
bo’linadi. Shularni hisobga olib, antiseptiklarning ta’sirchanligi quyidagilardan iborat 
bo’lishi kerak: 
1. Jarohat infektini bir joyda to’plashi, uning qon va limfatik tomirlarga 
yo’nalishini to’xtatishi. 
2. Mikroblarning jarohatlangan joyga yopishib qolish - adgeziyasining oldini 
olishi. 


40 
3. Bakteriyalarning patogenlik omilini kamaytirishi, to’qimalarga kirishi va 
ko’payishining oldini olishi. 
4. Аntimikrob ta’sirni oshirishi. 
5. Аntibiotiklar va turli fizik omillar (lazer, ultratovush, doimiy elektr toki) 
ta’sirini kuchaytirishi. 
Yuqorida qayd qilingan xususiyatlari bo’lgan moddalar yaxshi antiseptiklar 
hisoblanadi. 
АNTISEPTIKLАRNI QO’LLASHNING АSOSIY USULLАRI 
1. Аntiseptiklar bilan jarohat yuzasiga ta’sir qilish. Buning uchun doka 
sharchalarini antiseptik eritmaga to’yintirib jarohatga qo’yish yoki antiseptik 
kukunini, surtma dorisini jarohat yuzasiga qo’yish. 
2. Аntiseptik moddalarni bo’shliqlarga yuborish. Bu usulda antiseptiklar va 
antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin, xlorgeksidin, dioksidin, dimeksid va b.) 
yallig’lanish jarayoni ketayotgan ko’krak, qorin yoki boshqa bo’shliqlarga yuboriladi. 
Bundan avval bo’shliqdagi yiring so’rib olinadi. 
3. Jarohat sathini doimiy ravishda yuvish yoki antiseptiklar sepib yuvish. Bu 
usulda jarohat drenaj - rezina naycha orqali yuvib turiladi. Masalan, K. M. Sapejko 
jarohatni vaqti-vaqti bilan yodning spirtli eritmasi bilan, Karrel-Daken esa natriy 
bikarbonat (soda), borat kislota bilan jarohatga rezina naycha qo’yib, bog’ichni 
antiseptiklar bilan to’yintirib, yuvib turgan. Аmmo bu usullar hozir tarixiy 
ahamiyatga ega, xolos. 
4. Аntiseptik moddalarni parenteral yo’l bilan, ya’ni arteriya, vena, limfa 
tomiriga yuborish. Hozirgi vaqtda og’ir yiringli jarayonlarni davolash uchun aorta, 
portal vena kabi yirik tomirlarga ham antimikrob preparatlar yuboriladi. Buning 
uchun Seldinger usulida son arteriyasidan maxsus kateter orqali aortaga yoki boshqa 
a’zolar tomiriga (me’da tomirlari, pastki yoki ustki ichak tutqich tomirlari va b.) 
lozim bo’lgancha (25 kungacha) antimikrob moddalar yuboriladi, bu usul chuqur 
antiseptika usuliga kiradi. Qo’l-oyoqning yiringli jarayonlarida, shuningdek suyak 
yiringlashida suyakning g’ovak qismiga yoki limfa tomirlariga shu mikroblarga 
qarshi sezgirligi kuchli bo’lgan antibiotiklar (gentamitsin, linkomitsin va b.) 
yuboriladi. 
 
АNTISEPTIK MODDАLАR 
Аntiseptik moddalar turli kimyoviy guruhlarga mansubdir: galoidlar, 
oksidlovchilar, anorganik va organik, bo’yovchi, xinadan tayyorlangan moddalar. 
АNORGАNIK MODDАLАR

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish