Glossariy
137
Afina – qadimgi davrdagi eng go’zal shahar, bu shahar oliy xudo Zеvsning qizi
Afina sharafiga qurilgan. Hozir ham zamonaviy Grеtsiya poytaxti hisoblanadi.
Fetlar - Afinaning kambag’al fuqarolari shunday atalgan.
Areopag – sudlar kеngashi shunday atalgan.
138
14-§. Pеloponnеs urushi. Afinaning mag‘lubiyati va uning sabablari
Yunoniston shahar-davlatlari o’rtasida er. av. 431-404-yillarda bo’lib o’tgan
urushlarni Peloponnes urushlari deyilib, uni Fukidid ―Tarix‖idan, Ksenofontning
―Gretsiya tarixi‖, Diodorning ―Tarixiy kutubxona’’ asarlari, Plutarx va Aristofan
ma'lumotlari orqali bilib olamiz.
Urushlar qadimgi Yunoniston quldorlik jamiyatida ichki ziddiyatlarning
jamlanishi va keskinlanishi natijasida kelib chiqqan ediki, bu ziddiyatlarga
viloyatlarning notekis rivojlanishi asos bo’lgan.
Yunonistonda 1-Afina dеngiz ittifoqi bilan bir qatorda Peloponnes ittifoqi ham
bor edi. U er. av. VI asrning ikkinchi yarmida tuzilgan bo’lib, unga Megara, Korinf,
Agros, Tirinf kabi shahar-davlatlar a'zo edilar. Bu ittifoqqa Sparta boshchilik qilgan.
O’tmishda 1-Afina ittifoqi bilan Peloponnes ittifoqi o’rtasida sulh shartnomasi ham
tuzilgan
edi.
Sulh
shartnomalarida
ittifoqchilarning
bir-birlariga
qo’shin
tortmasliklari, tinch-totuv yashashliklari ta'kidlangan.
Ammo keyingi voqealar 1-Afina ittifoqi bilan Peloponnes ittifoqi o’rtasida qator
ziddiyatlar va kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu ziddiyatlarning tagida u
yoki bu ittifoqning butun Yunonistonda hukmronlikni qo’lga kiritish masalasi
yotardi. Bu masala urushni keltirib chiqaradigan bosh omil edi. Urushning
boshlanishini tezlashtirgan birinchi mojaro, bahona qadimgi yunon dunyosining
g’arbiy chekkasidagi Epidami koloniyasi va Kerkira orolida yuz bergan edi. Bu joylar
Yunonistondan Janubiy Italiya va Sitsiliya oroliga boriladigan dеngiz yo’llaridagi
ikki muhim bekat edi. Shu ikki joydagi mojarolar tufayli Peloponnes ittifoqiga a'zo
bo’lgan Korinf bilan Afina o’rtasida ham nizo chiqqan. Urushni tezlashtirishga sabab
bo’lgan ikkinchi bahona Xalkidika yarim orolidagi Korinf koloniyasi Potideyada ham
yuz bergan. Bu yerda ham 1-Afina ittifoqi bilan Korinf o’rtasida mojaro chiqgan.
Megara shahar davlati Korinf tomonini olgan. Megara va Korinf Peloponnes
ittifoqining boshlig’i Spartani Afinaga qarshi urushga undagan. Shundan keyin
uchinchi mojaro ham yuz bergan. Afina xalq yig’ini 1-Afina ittifoqi a'zolarining
Afinaga qarashli barcha buxtalarida Megara savdo-sotiq kemalarining to’xtashlarini
139
taqiqlagan. Shu tariqa Afina bilan Megara o’rtasida keskinlik kuchaygan. Endi
urushning boshlanishi muqarrar edi.
Er. av. 431-yilda Korinf va Megaraning tezlashi bilan Sparta Afinaga qarshi
urush harakatlarini boshlab yuborgan. Urushga Sparta podshosi Arxidam II
boshchilik qilgan. Shuning uchun bu urush Arxidam urushi ham deyiladi. Bu
Peloponnes urushining birinchi bosqichi bo’lib, urush er. av. 431 yildan 421-
yilgacha davom etgan.
431-yilda Sparta qo’shinlari Attikaga bostirib kirganlar va dehqon xo’jaliklarini
vayron qilib, dehqonlarni talaganlar. Natijada ularning o’zlari oziq-ovqat masalasida
og’ir ahvolga tushib qolganlar. Afinaliklarni qat'iy jangga torta olmagan spartaliklar
Peloponnesga qaytishga majbur bo’lganlar. Er. av. 430-yilda spartaliklar Attikaga
yana hujum qilganlar. Shu yili Afinada vabo tarqalib, ko’p odam qirilib ketgan.
Urushda har ikki tomon ham jiddiy g’alabaga erisha olmagan. Xalq va aksariyat
dehqonlar Afina boshiga tushgan kulfatlarning aybdori Perikl deb hisoblangan. Xalq
yig’ini er. av. 430-yili uni hokimiyatdan chetlashtirgan. Ammo bir yildan keyin uni
oqlab, qaytadan birinchi strateg qilib saylaganlar. Qartayib qolgan Perikl ko’p o’tmay
yuqumli kasallikdan vafot etgan. Uning vafotidan keyin hokimiyat tepasiga Kleon
saylangan. Shu davrda 1-Afina ittifoqi a'zolari orasida Afinaga qarshi guruhlarning
harakati kuchaygan. Bu guruhlarga Sparta yordam berib turgan.
Er. av. 429-yilni hisobga olmaganda, spartaliklar har yili Attikaga hujum qilib
turganlar. Ular bog’-rog’larni, uzumzorlarni va boshqa ekinzorlarni kesib, qirqib,
vayron qilib tashlaganlar.
Er. av. 428-yilda Lesbos orolidagi Mitilena shahrida Afinaga qarshi qo’zg’olon
ko’tarilgan. Afinaliklar Mitilenadagi qo’zg’olonni shavqatsizlik bilan bostirganlar.
Ayni paytda 100 triyerdan iborat Afina kemalari Peloponnes sohillariga yuborilgan.
Ular Spartadan Lesbosga yordam uchun yuborilishi mumkin bo’lgan harbiy
kemalarning yo’llarini to’sib turishlari kerak edi. Spartaliklarning Beotiya, Attika va
boshqa joylarda olib borgan janglari yaxshi natija bermagan.
Er. av. 421-yilda Afina bilan Sparta o’rtasida 50 yilga mo’ljallangan sulh
tuzilgan. Bu sulhning tashabbuskori Nikiy bo’lganligi uchun u Nikiy sulhi nomini
140
olgan. Sulh shartlariga ko’ra, tomonlarning qo’shinlari ishg’ol qilgan yerlarini bir
vaqtda bo’shatib chiqishlari lozim edi. Agar Spartalik ilotlar qo’zg’olon ko’tarsalar,
afinaliklar spartaliklarga yordamga borishlari kerak edi. Ammo sulh shartlari to’la
bajarilmagan. Afinaliklar Meseniya pilosida, spartaliklar esa, Frakiyadagi
Amfiopolda qolganlar. Spartaning ittifoqchilari Korinf, Megara va Fiva Nikiy sulhini
tan olmagan. Nikiy sulhi bilan Peloponnes urushining birinchi bosqichi tugagan.
Er. av. 415-404-yillar Peloponnes urushining ikkinchi bosqichi hisoblanadi.
Urushning bu bosqichida afinaliklarning Sitsiliyada muvaffaqiyat qozonsalar, bu
Spartani mag’lubiyatga olib kelishi va Afinani ulug’ Yunonistonning etakchisi qilib
qo’yishi mumkin edi.
Er. av. 415-yilda afinaliklar 260 ga yaqin harbiy va yuk kemasini, 32 ming
kishidan iborat qo’shinlarini Sitsiliyaga jo’natishga tayyorlab qo’yganlar. Afina floti
Alkiad, Nikiy va Lamaxlar rahbarligida Sitsiliyaga jo’nab ketgan.
Afina qo’shinining qo’mondonlaridan biri Alkiad xoinlik qilib, spartaliklar
tomoniga qochib o’tgan. U spartaliklarga afinaliklarning barcha sirlarini aytib,
Attikaga muntazam qo’shin yuborib, uni vayron qilish kerak degan taklif kiritgan.
Alkiad qochganidan keyin Afina flotiga Nikiy, Demosfen va Lamaxlar boshchilik
qilganlar. Nikiy urushning to’xtashiga umid bog’lab, urush harakatlarini paysalga
solgan. Bu bilan sitsiliyaliklarga mudofaaga tayyorgarlik ko’rishlari uchun katta
imkoniyat yaratib bergan. Ayni paytda Sitsiliyadagi yunonlar ham afinaliklarga
dushmanlik munosabatida bo’lganlar.
Er. av. 404 yili ochlikdan madori qurigan afinaliklar spartaliklarga taslim
bo’lganlar. Afinani Sparta qo’shinlari egallaganlar, uni Pirey bilan bog’lagan devorlar
qulatilgan. Afina arxesi tarqatilgan, u Spartaga qaram davlatga aylantirilgan.
Oligarxlar Kritiy va Feramen boshchiligida o’ttizlar tiraniyasini tuzib, hokimiyatni
o’z qo’llariga olganlar. Kritiy va boshqalar o’zlariga yoqmagan kishilarni jazolab,
quvg’in ostiga olganlar, aholini talaganlar. Feramen unga norozilik bildirganida uni
qatl etganlar.
Sobiq demokrat Frasibul Beotiyaga qochib bekingan. U afinalik qochoqlardan
otryad tuzib, chegaradagi Filani egallagan. Frasibul Pireyga yaqinlashar ekan, uning
141
tarafdorlari ko’payib boradi. Bir necha janglardan so’ng oligarxlar va spartaliklar
mag’lubiyatga uchraganlar. Kritiy ham o’ldirilgan.
Er. av. 403-yili Afinada demokratiya qayta tiklangan. Ammo Afina Peloponnes
ittifoqiga a'zo bo’lib qolgan. Shunday qilib, to’xtab-to’xtab 27 yil davom etgan
Peloponnes urushi Spartaning g’alabasi bilan tugagan. Bu urush butun yunon
olamiga, xususan Afinaning iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotiga va harbiy qudratiga
juda katta salbiy ta'sir ko’rsatgan. Bu hol Yunonistonning butunlay zaiflashishiga olib
kelgan.
Peloponnes urushi er. av. V asrdayoq yuzaga kela boshlagan jarayonni
tezlashtirib, xo’jalik tarmoqlarida ishlatilayotgan qullar sonini ko’payishiga olib
keldi. Ularning mehnatidan foydalanish hunarmandlar, yuk tashuvchilar va
batraklarning ahvoliga halokatli ta'sir ko’rsatib, ularni qashshoqlashtirib, o’zining
doimiy ishidan mahrum qildi. Ishlab chiqarish ishiga qullarning ishi deb qarash ana
shu davrdan kеng rasm bo’ldi, buning natijasida esa halol mehnat qilib pul topishga
bo’lgan rag’bat susaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |