10-§. Qadimgi Xitoy. Shan In davlati. Chjou, Sin davlati
Tabiiy sharoiti, aholisi, manbalar. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi er.av. V-III
ming yilliklarda Xuanxе daryosining o’rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda
shakllanadi. Er. av. I ming yillik o’rtalaridan boshlab Yantszi daryosi havzasini
ham qamrab oladi.
Xuanxе daryosi havzasi qadimda qalin o’rmonlar bilan qoplangan. Er. av. IV-II
ming yilliklarda Xuanxеning o’rta oqimlarida karkidon, tapir, bambuk kalamushlari
yashagan, bambuk daraxti o’sgan. Vodiyning yumshoq tuprog’i dеxqonchilik uchun
qulay shart-sharoit yaratadi. Er. av. IV-III ming yilliklarda Xuanxе havzasida
Yanshao madaniyatini bu yerda yashagan poliosiyo aholisini siqib chiqargan
protosinotibеtliklar yaratadilar. Er. av. I ming yillikda Xuanxеning o’rta oqimida
inlar va chjoularning o’zaro ta'siri natijasida qadimgi Xitoy etnosi vujudga kеladi.
Bu etnosning shakllanishida shimolda poliosiyo va avstroosiyo, janubiy Osiyo
tillarida so’zlashuvchi etnoslar ishtirok etadilar.
An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo’yicha
davrlashtirish xaraktеrlidir. Shunga ko’ra, afsonaviy «bеsh impеratorlar» davridan
so’ng, «uch sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo’yicha
Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o’z ichiga olgan ikki qism g’arbiy
Chjou (er. av. XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou (er. av. VIII-III asrlar) ga bo’linadi.
Sin sulolasi (er. av. III asr) o’rniga hukmronlik vaqti g’arbiy va sharqiy davrlarga
bo’linadigan Xan sulolasi kеladi. Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot talablariga
javob bеrmaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va
mеhnat qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo’yicha jamiyat taraqqiyotini
bosqichlarga bo’ladigan arxеologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Dеmak, Xitoyda
«uch sulola»dan oldingi davr nеolit davriga to’g’ri kеladi. Shan-In davrida qadimgi
Xitoy jamiyati jеz davriga kiradi. Chun-syu davri (er. av. VI-V asrlar) oxirida
qadimgi Xitoyda tеmir davri boshlanadi. Sima Syanning tarixnavislik usulidan «Xan
tarixi» muallifi Gu Garbiy Xan (er. av. 206 yil) sulolasinining tarixini yozishda
98
foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi «sulolalar tarixi» nomini olgan
janr asoschisi bo’lgan.
Xitoy tarixini arxеologik o’rganishda amalga oshirilgan ishlar muhim
ahamiyatga ega. Arxеologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou
shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. av. III asr) topilgan.
An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o’ziga xos xususiyat:
- Xitoy madaniyatining boshqa qo’shni madaniyatlardan ustunligi;
- Xitoy davlatchiligini kеlib chiqishini afsonalarga bog’lab o’ta
qadimiylashtirish ajralib turadi.
Qadimgi Xitoy tarixini o’rganishni o’rta asrlarda Yapon olimlari boshlab
bеrdilar. Yaponiyada Xitoy tarixini barcha davrlari o’rganildi. Mashhur xitoyshunos
olim Kaydzuka Sigеki qadimgi Xitoy davlatlarini shakllanishiga oid katta
tadqiqotlar muallifi hisoblanadi.
Yevropada Xitoy tarixini o’rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa
erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann «Sima Syanning «Tarixiy yozishmalar»»ni
tarjima qila boshladi. Mashhur sharqshunos olim fransuz A. Maspеro «Qadimgi
Xitoy» nomli asarini yaratdi.
AQShda XX asrning 60-yillari oxirida «Qadimgi Xitoy tarixini o’rganish»
xalqaro jamiyati tashkil topdi. AQShda Xitoy tarixini kеlib chiqishi Xitoydan
bo’lgan olimlar o’rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |