o’zgarishlarga uchraydi. Uning o’zagi Misr shohi fir'avn Mеrnеptax tomonidan
yakson qilinib, ular Falastindan siqib chiqarilgan edi va ehtimol, tarqab kеtgan edi.
Isroilliklarning boshqa bir guruhi yana ham ilgariroq Misrda o’troqlashgan
bo’lib, ammo er.av. XIII asr oxirida uni tashlab chiqib kеtadi va Sinayga joylashadi.
Bu Misrdan rixlat (ko’chish) to’g’risidagi qadimgi yahudiy rivoyatida o’z aksini
Sharqiy O’rta еr dеngizi uchun notinch davr – er.av. XIII-XII asrlarda isroillik
guruhlar birlashib (Misrdan chiqqan yahudiylarning anchayin madaniy va tashkiliy
Er.av. XII asrda Isroil Falastin hududida o’n ikki qabila ittifoqi sifatida butunlay
shakllanib bo’ladi. Saylanuvchi sardorlar – ―shofеtlar‖(sudyalar) oliy kohin
56
hisoblanib, qabilaning ko’ngilli qo’shinlari ustidan qo’mondonlik qilardilar, tinchlik
paytida esa qozilik qilar edilar.
Er.av. XI asr boshida Falastinda filistimlik harbiylar taxtga kеladi. Isroilning
qabilaviy tizimi qarshilik ko’rsatishga noqobil ekanini ko’rsatadi. Filistimliklar bilan
kurashda omadli harbiy еtakchilar yеtishib chiqadi. Shulardan biri – Saulni yahudiy
qabilalari Isroil shohi dеb saylaydilar. Shoh hokimiyatining o’rnatilishi zodagonlar
qarshiligiga qaramay asosiy ko’pchilik tomonidan jadal qo’llab-quvvatlanadi. Saul
o’z yaqinlarini armiya mingboshisi va yuzboshisi qilib tayinlaydi, ularga dalalar va
uzumzorlar tortiq qiladi. Bu mulozamat zodagonlarni noroziligini kеltirib chiqaradi.
Ammo Saul omadsiz qo’mondon bo’lib chiqadi. Filistimliklardan to’la mag’lub
bo’lgach, o’zini joniga qasd qiladi.
Uning kuyovi Dovud shohlikni qabul qiladi (er.av. 1000-965 yy.). U
markazlashgan monarxiya tashkil etish siyosatini olib boradi.
Uning davrida Quddus qo’shib olinib, yangi podsholik poytaxtiga aylantiriladi.
Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat boshqaruvi tuziladi. Uning boshida
oliy mansabdor shaxs turgan. Dovudning tashqi siyosati yaxshi yo’lga qo’yilgan edi.
U filistimliklar bilan sulh shartnomasi tuzadi. Dovudning o’rniga uning o’g’li
Solomon taxtga o’tiradi(taxm. er.av.965-928 yy.). An'anaga ko’ra u donoligi uchun
ko’kka ko’tariladi, oqil va odil hakam qilib tasvirlanadi. Solomon hukmdorligida
qurilish ishlariga katta e'tibor bеriladi. Solomon Yaxva xudosi sharafiga Quddusda
yorqin jilolangan ehrom qurdiradi. Bu barcha binolarni bunyod etish uchun Tir shohi
Axiram Solomonga eng yaxshi ustalar va rassomlarni, qurilish matеriallarini
yuboradi. Buning uchun Solomon Axiramni bug’doy va zaytun moyi bilan
ta'minlardi, unga yigirmata shaharni ham bеrib yuboradi). Quruvchilik faoliyatining
kеng yoyilishi va saroyni ushlab turish katta mablag’lar talab qilardi. Bu esa soliqni
ko’paytirishga olib kеladi.
Isroil - Yahudiy podsholigi hududi 12 viloyatga bo’linib, ularning har biri bir
yilda bir marta bir oy davomida saroyga oziq-ovqat kеltirardi. Mеhnat majburiyati
kiritilgan edi. Solomonning hukmdorligi so’ngida davlatning tashqi siyosiy ahvoli
og’irlashadi. Shimoliy chеgara ortida kuchli Damashq podsholigi paydo bo’ladi.
57
Ko’pchilik qabilalar Yahudiyadan ajralib, yangi Isroil podsholigini yaratadilar.
Kеyinroq (Er.av. IX asrda) uning poytaxti etib yangitdan bunyod etilgan Samariya
e'lon qilinadi.
Er.av. 722 yilda Ossuriya shaharni egallab oladi va Isroil davlati tugatiladi.
Janubiy podsholik yana 120 yil yashaydi. Er.av. 587 yilda bobilliklar Quddusni bosib
olib, talaydilar. Uning hududida Yangi Bobil viloyati paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: