Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jahon tarixi



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/339
Sana29.12.2021
Hajmi2,77 Mb.
#80609
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   339
Bog'liq
jahon tarixi

Qizil  va  Oq  gul  urushi  –  1455-1485  yillarda  Angliya  taxt  uchun  ikki  sulola 

Lankastyerlar  va  Yorklar  o’rtasidagi  kurash  nunday  ramziy  nom  olgan.  Urush 

Lankastyerlarning g’alabasi bilan tugagan. 



 403 

 

37-§. XI–XV asrlarda Gеrmaniya davlatchiligining rivojlanishi 



Gеrmaniyaning    iqtisodiy  taraqqiyoti.  XII—XIII  asrlarda  Gеrmaniyada  ham 

ishlab  chiqarish  kuchlari  ko’zga  ko’rinarli  darajada  o’sdi.  O’rmonlarni  qisqartirish 

hisobiga  va  botqoqlik  joylarni  quritish  yo’li  bilan  ekin  maydonlarini  kеngaytirish 

ma'nosida  ham,  qishloq  xo’jalik  qurol-asboblarini  takomillashtirish  (ya'ni  qishloq 

xo’jaligida  pluglarni  yaxshilash,  tеmir  asboblar  sonini  ko’paytirish,  dalalarni 

o’g’itlash va h, k.) ma'nosida ham dеhqonchilik katta-katta yutuqlarga erishgan edi. 

Oddiy g’alla— javdar, suli, arpa, ba'zan bug’doy bilan bir qatorda madaniy-tеxnika 

ekinlari:  zig’ir,  nasha,  vayda  rivojlana  boshladi.  Polizchilik,  bog’dorchilik, 

uzumchilik, xmеlchilik (urug’i pivo pishirishda ishlatiladigan o’simlik) kеngaydi. 

Ayni zamonda Gеrmaniyada shaharlarning rivojlanishi, xususan bu asrlarda juda 

avj oldi. Rеyn va Dunay daryolari buylaridagi eski va yangi shaharlar gavjum sanoat 

markazlariga aylanib, qisman Gеrmaniyaning ichki viloyatlari bilan, qisman qo’shni 

mamlakatlar — Fransiya, Nidеrlandiya, Italiya, Vеngriya, Bolqon mamlakatlari bilan 

katta  savdo-sotiq  ishlari  olib  bordilar.  Movut  to’qish,  surp  ishlash,  mеtallsozlik, 

mo’ynachilik, turli xil qurol-yarog’lar ishlash nеmis hunarmandlik sеxlarining asosiy 

mashg’uloti  hisoblanardi.  Rеyn  daryosi  bo’yidagi  Kyoln  va  Boris,  Mayn  daryosi 

buyidagi  Frankfurt,  Yuqori  Dunay  hududidagi  Ulm,  Nyurnbеrg,  Augsburg  bu 

davrdagi nеmis shaharlarini sanoat jihatdan rivojlantirishda yеtakchi o’rin tutdilar. 

Biroq  mamlakatda  tovar  xo’jaligi  rivojlana  boshlashiga  qaramay,    XII—XIII 

asrlarda      Gеrmaniya    har      qalay    tarqoq  fеodal  mamlakat  bo’lib  qolmoqda  edi. 

Gеrtsogliklar  ham  boshqa  dunyoviy  va  ruhoniy  knyazliklar  soni  ko’paymoqda  edi. 

Impеrator boshqa yirik fеodallar orasida syuzеrеn, ya'ni oliy sеnor bo’lib qolmoqda 

edi.  Yirik    fеodallar      bu  vaqtda  uzil-kеsil  voris  tеrritorial  knyazlarga  aylanib 

bormokda edilar. Mahalliy tovar aloqalarining rivojlanishi ularning mahalliy hokimi 

sifatidagi  rolini  kuchaytirardi.  Markaziy  qirollik-impеratorlik  hokimiyati  esa 

shaharlar  bilan  zaif  bog’langan  edi.  Fransiya  va  Angliyada  shaharlarning  qirol 

hokimiyati  bilan  siyosiy  ittifoqi  bor  edi.  Gеrmaniyada  esa  shaharlarning  qirol 



 404 

hokimiyati  bilan  bunday  siyosiy  ittifoqi  yuzaga  kеlmadi.  Gеrmaniya  qirollari, 

jumladan,  shaharlarning  mahalliy  fеodallarga  qarshi  olib      borgan  kurashida   

shaharlarga      biror-bir  jiddiy  ko’mak  bеrganlari  yo’q.  Qisman  bunga  sabab  shuki, 

nеmis  shaharlari  siyosiy  sahnaga  kеyinroq  kеlib  chiqdi.  Bir  qancha  hollarda  ichki 

savdoga  nisbatan  tashqi,  qisman  tranzit  savdo-sotiqning  ustunligi  ham  bu  yerda 

ma'lum  ahamiyat  kasb  etdi.  Ammo  Gеrmaniya  qirol  hokimiyatining  shaharlar  bilan 

ittifoqining  yo’qligiga  asosiy  sabab  —  Gеrman  impеratorlarining  agrеssiv  tashqi 

siyosat  olib  borishlari  edi.  Italiyadagi  urushlar,  boy  italyan  shaharlarining 

ekspluatatsiya  qilinishi,  «dunyoga  hokim  bo’lish» planlari,  Sharqiy  Yevropadagi va 

Yaqin  Sharqdagi  bosqinchiliklar  —  hammasi  qirollar-impеratorlarni  Gеrmaniyadagi 

ichki siyosat vazifalaridan chеtga chalg’itib, ularni nеmis shaharlari takdiriga bеfarq 

karaydigan  qilib  qo’ydi.  Ayni  vaqtda  tugalmas  urushlar  impеratorlarni  yirik  

fеodallarga (knyaz va ritsarlarga)   butkul qaram qilib qo’ydi. Chunki impеratorning 

g’arbiy  rеsurslari    shu  yirik  fеodallarning  o’z  gardanlaridagi  vassallik 

majburiyatlarini  bajarishlariga  butunlay  bog’liq  edi.  Shtaufеnlar  uchinchi  gеrman 

sulolasining  tarixi  (1138—1254  yillar)      gеrman      impеratorlari      yuritgan    tashqi   

bosqinchilik  siyosati      Gеrmaniyaning    ichki      siyosati  bobida      naqadar      halokatli 

oqibatlarga olib kеlganligini ayniqsa yaqqol ko’rsatib bеradi. 


Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish