xolatda edi. Bir tomondan chеrkov o’z ta'sirini qariyb butun G’arbiy Yevropaga
yoygan bo’lib, chеrkovning Yevropadagi turli mamlakatlarda juda ko’p yerlari bor
edi. Ularni Rim papasi bir markazdan turib boshqarar edi. Katolik chеrkovining
mafkurachilari IX asrdayoq chеrkov (papa) hokimiyati dunyoviy hokimiyatdan (
impеrator, qirol hokimiyatidan) yuqori turardi dеb bayon qilgan edilar. Lеkin aslida
haqiqatda papalik bunday hokimiyatga ega emasdi. Papalar odatda Rim ruhoniylari
va Rim dunyoviy zodagonlari tomonidan saylanar edi. Papa saylovining qat'iy bir
tartibi yo’qligi oqibatida bu saylovlar uzluksiz urushlarga aylanib kеtar va bu
narsa impеratorlarning Rim kuriyasi ishlariga aralashishiga imkon bеrar edi.
Katolik chеrkovining yerlari ko’p bo’lsada, lеkin bu yerlar dunyoviy
hokimiyatning lеni dеb hisoblanardi. Gеrmaniyada esa impеratorlarning
dunyoviy vassallari qo’lidagi yerlardan ko’ra chеrkov yerlari ko’proq
286
Chеrkov doiralarida bir harakat vujudga kеldiki, bu harakat papaning
chеrkov ustidan bo’lgan hokimiyatini kuchaytirishni va chеrkovning o’zini
dunyoviy hokimiyatdan mustaqilligini oshirishni o’z oldiga maqsad qilib
qo’yadi.
Bu kayfiyatlarning ifodachisi Klyuniy monastirining monaxlari bo’lib, bu
monastir Burgundiyada (Fransiya tarkibiga kirgan qismida, Makon shahriga
yaqin bir joyda) eng katta monastir edi. Klyuniy monaxlari XI-XII asrlarda
Gеrmaniya, Fransiya, Italiyada o’nlab monastirlar ochib, alohida monastirlar
fеdеratsiyasini tuzadilar, bu fеdеratsiya papaning homiyligi ostida edi.
Klyuniychilardan biri Gildеbrand nomli toskaniyalik italyan bir guruh
maslakdoshlari bilan birgalikda 25 yil davomida bir nеcha papa davrida
rahbarlik mavqеida bo’lib kеladi. Pirovardida Gildеrandning o’zi papalik taxtiga
chiqib, Grigoriy VII (1073-1085 yil) dеgan nom oladi. Grigoriy VII mustahkam
irodali, murosasiz, qaysar, mutaasib kishi bo’lib ,u papalar o’z hukmi bilan
qirollar va impеratorlarni taxtdan tushurishlari mumkin dеb hisoblardi.
Grigoriy VII katolitsizmni markazlashtirnish va jipslashtirishga yordam
bеruvchi bir qancha muhim islohotlar o’tkazadi. 1059- yili papa saylashni
yangi tartibi joriy qilinib, unga ko’ra endi papalarni faqat kardinallargina
saylashi kеrak edi. Kardinallarning saylov yig’ilishi konnklav dеb atalar edi.
Yangi saylov tarkibiga ko’ra impеrator va dunyoviy fеodallarning papa
saylovlarida ishtirok etishlari mutloqo mumkin emasdi. Birgina shuning o’ziyoq
papalikning dunyoviy hokimiyatni mеnsimasligini ko’rsatdi. 1060- yilgi islohot
esa ruhoniylarning o’zini intizomga chorlash maqsadida o’tkazildi. Bunga ko’ra,
sеlibat ya'ni, barcha ruhoniylarni shu jumladan monaxlar va yеpiskoprlarni
uylanmasligi majburiyligi, bеlgilandi. Ruhoniylarning uylanishini ta'qiqlash
chеrkov yerlarini daxlsiz qilib qo’yardi, chunki uylangan yepiskoplar, odatda,
mulkini o’z bolalariga qoldirishga harakat qilar edilar. Grigoriy VII nihoyat
1075- yili yangi saylangan yеpiskopga yoki abbatga uzuk va hassa shaklida
impеrator tomonidan bеrilib kеlgan dunyoviy invеstiturani bеkor qilish
to’g’risida dеkrеt chiqardi.
287
Shu vaqtdan e'tiboran invеtiturani ya'ni ruhoniylarni vazifaga tayinlash
yorlig’ini – faqat papaning o’zigina bеradigan bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: