Rasmlarni qo‘yish.Word 2007 dasturida ihtiyoriy hujjatga rasm qo„yish
mumkin. Buning uchun “Вставка” bandining “Иллюстрация” guruhidagi
“Рисунок” tugmasini bosing. Ochilgan “Вставка рисунка” oynasida kerakli grafik
faylni ko„rsating. Rasm hujjatga qo„yiladi. Uning atrofida burchak markerlari va
burilish markerlari joylashadi, tasmada esa “Работа с рисунками” kontekst asbobi
hosil bo„ladi.
CLIP ART kolleksiyas va kliplar qo’yishi.Kliplarni tanlash - bu Word matn
muharriridagi standart rasmlar to„plami. Klip qo„yish uchun “Вставка” bandining
“Иллюстрация” guruhidagi “Клип” tugmasidan foydalanish mumkin. Natijada,
sizni qiziqtiruvchi rasmlarni izlash uchun mo„ljallangan “Клип” masalalar sohasi
tasvirlanadi. “Искать” maydonida tayanch so„zlar kiriting, “Просматривать”
ro„yxatidan kolleksiyani tanlang va “Искать обьекты” ro„yxatidan rasmlar turini
ko„rsating.
24
Hamma parametrlarni o„rnatib, “Начать” tugmasini bosing. Dastur rasmlarni
tasvirlaydi. Topilgan rasmlardan birini qo„yish uchun sichqoncha tugmasini unda
bosish kerak.
Rasmlar menyusini ochib, siz bir qancha amallarni bajarishingiz mumkin.
Masalan, “Копировать” bandi rasmlarni almashish buferiga nusxalaydi. Kliplar
kolleksiyasidan rasmni olib tashlash uchun “Удалить из организатора клипов”
bandini tanlang. “Копировать в коллекцию” bandi yordamida rasmni boshqa
kolleksiyaga nusxalash mumkin.
Word Art obyektlar va ularni qo’yishi.Word Art obyektlari - bu tayyor
shablonlar asosida yaratilgan chiroyli rasmiylashtirilgan matn. Word Art obyektlarini
qo„yish uchun “Вставка” bandining “Текст” guruhidagi “Word Art” tugmasini
bosing. Galereyadan yoqqan shaklni tanlang va “Изменение текста Word Art”
oynasida o„zingizning matningizni kiriting, keyin OK tugmasini bosing. Hujjatga
yaratilgan Word Art obyekti qo„shiladi. Siz uning o„lchamini o„zgartirishingiz, ekran
bo„yicha almashtirishingiz – umuman, uning ustida hamma amallarni bajarishingiz,
ixtiyoriy grafik primitiv kabi mumkin.
Izoh: Word Art obyekti ajratilganda dastur oynasida “Работа с объектами
Word Art” kontekst asbobi hosil bo„ladi. Matnni tahrir qilish uchun, obyektning
kontekst menyusini chaqiring va unda “Изменить текст” bandini tanlang. Word Art
obyektini olib tashlash uchun, uni belgilang va “Delete” tugmasini bosing.
Adabiyotlar
1. Н. Баловсяк. Видеосамоучитель Office 2007. Питер, 2008. 320 стр.
2. А. Днепров. Видеосамоучитель Word 2007. Питер, 2008. 240 стр.
3. M.R.Musayeva, M.S.Pozilov, F.S.Islamova. Microsoft Office WORD 2007da
qadam ba qadam.O„quv qo„llanma, Toshkent 2010.