To‘garak chuvalchanglar tiði:
10-§.
odam askaridasi
To‘garak chuvalchanglar tanasi ko‘ndalang kesimi to‘garak shakl-
da, tana shakli iðsimon, ichki organlari tana boshlig‘ida joylashgan.
Dengiz, chuchuk suv va tuproqda hayot kechiradi; odam, hayvon
va o‘simliklarda parazitlik qiladi. Bu tiðga odam askaridasi misol
bo‘ladi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Odam askaridasi ingichka
ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalash-
gan duksimon shaklda. Urg‘ochisining uzunligi 20–40 sm, erkagi
15–25 sm bo‘ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o‘xshash
egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po‘st –
kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmagan, uning
elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga
chiqib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |