Qushlarning
mavsumiy
45-§.
hodisalarga moslashishi
Hayot tarzining yil fasllariga qarab o‘zgarishiga binoan qushlarni
o‘troq, ko‘chib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga bo‘lish mumkin.
O‘troq qushlar. Yil davomida bir joyda yashaydigan chittak, mu-
sicha, ko‘k kaptar, kaklik, so‘fito‘rg‘ay, qirg‘ovul, chumchuq, mayna
o‘troq qushlar
deyiladi. Ayrim qushlar yozda biroz oziq g‘amlay-
di. Chittaklar yoz oxirida urug‘ va hasharotlarni daraxt po‘stlog‘i
yoriqlariga va shoxlardagi lishayniklar orasiga yashirib qo‘yadi. Oziq
taqchil bo‘ladigan qish yoki erta bahorda ana shu oziqni topib
yeydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |